kutubxona xizmati ko‘rsatishning sifati haqidagi ma’lumotlami bilish  bilan




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

kutubxona
xizmati ko‘rsatishning sifati haqidagi ma’lumotlami bilish 
bilan
o‘sha davr kishilarining qiziqishlari, intilishlari, hayot 
darajasi
haqida m a’lumotga ega bo‘lamiz. Eramizdan awalgi asrlarda
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


kutubxonalaming sopol taxtachalarda bitilgan qo‘lyozma boyliklari 
Ossuriya-Bobil madaniyatini tushunishga yo‘l ochib berdi. Boshqa 
topilmalar kabi Mesopotamiyaning qadimgi madaniyati tarixini, 
uning yozuvi, saroy, cherkov va boshqa kutubxonalari sirlarini 
ochishga yordam qildi. Ular sababli bizgacha yetib kelgan juda ko‘p 
turk, fors, arab tillaridagi qo‘lyozma kitoblar, tarixiy shaxslar 
haqidagi adabiy manbalar jonli guvohligida 0 ‘rta Osiyoning qadimgi 
sulolaviy kitob fondlari, masjid va madrasalarning kutubxonalari, 
shaxsiy kitob to‘plamlari bo‘lganligidan xabardor bo‘lamiz.
Somoniylar, xorazmshohlar, qoraxoniylar va m o‘g‘illarning 
0 ‘rta Osiyoga bostirib kirgan davrida saljuqiylar davlatidagi juda 
boy kitob xazinalari, Shahrisabz, Samarqand va Hirotdagi Temur 
va temuriylar kutubxonasi, Buxoroda shayboniylar va ashtar- 
xoniylar kutubxonasi, Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklari kutub­
xonalari musulmon olamiga mashhur bolganligini bilib olamiz.
Yozma axborot manbalari bo‘lgan kitob, gazeta, jurnal va 
boshqalarjamiyattaraqqiyotini, ma’naviy, ijtimoiy-maishiy talab- 
ehtiyojlarini to ‘la qondirishga qaratilgan va butun insoniyat 
taraqqiyoti davomida shu vazifani ham bajarib kelgan. Yozma 
hujjatlar kishilarning o‘zaro fikr almashuv imkoniyatlarini 
kengaytirgan bo‘lsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzay- 
tirish vositasi hisoblangan. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi 
kutubxonalar ham jamiyatning eng zaruriy ehtiyojlari asosida 
vujudga keldi va turli davrlarda turlicha shaklda rivojlanib keldi. 
Buning sababi, ma’lumotlarni qayd qilish, uzatish vositasi sifa- 
tida ijtimoiy talabga javob beradigan yozuvning paydo boMishi 
bilan o‘z-o‘zidan tabiiy holda ana shu yozuvlarni saqlay oladigan 
muassasalarni vujudga keltirishga ehtiyoj paydo bo‘lgan edi. Shu 
tufayli ham kutubxonalar awal-boshdanoq jamiyatning mo‘tadil 
mavjudligini ta’minlaydigan ajralmas qismi hisoblangan.
Kutubxona
kitoblar va kishi 1 ik jamiyati tarixi yig‘indisi bo‘lgani 
uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha 
ilmlar, turli fan sohalari bo'yicha shaklidan, xilidan, turidan, 
tilidan qat i nazar, adabiyotlar to‘plangan. Kutubxonalar zul- 
matga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol bo‘lgan, kishilar 
qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, 
oqibat urug lariru singdirgan. U insoniyat butun borlig‘ining buyuk
8
www.ziyouz.com kutubxonasi


hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat 
sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, o‘z navbatida, 
kutubxonalar shu maqsadda hammabop bo‘lishi kerak.
Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy 
madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos bo‘lib, 
kutubxonalar, kitob fondi, ulami tashkil etish va boshqarishning, 
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning muhim omШga aylanib qoldi.
Qadimgi davrlardagi Shumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi 
yozuvlardan Misrdagi papirus o‘rama kitoblarigacha, o‘rta asrdagi 
masjid va madrasalardagi taxchil qo‘lyozmalardan to dastlabki 
maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha bo‘lgan hamma davrda 
lcutubxonalar ko‘plab tarixiy o ‘zgarish]arni boshidan kechirdi va 
o‘sha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har 
bir jamiyatning g‘oyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxona- 
laming rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga ta’sir etdi. Shu tufayli, 
kutubxonalarning jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari 
shunga qarab o‘zgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar 
jamiyat ma’naviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib 
qolmoqda. Zero, ma’naviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa 
turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir 
bosqichida ko‘rish mumkin.
Shuning uchun kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy 
sharoitda namoyon bo‘ladi. Kutubxonachilik ishi hech qachon 
makonda va zamondan tashqarida mustaqil rivojlana olmaydi, jamiyat 
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Kutubxonalar 
ijtimoiy hodisa sifatida o‘zi ishlab turgan ijtimoiy muhit doirasiga 
bog‘liq ravishda shakllanishi buyuk haqiqatdir. Jamiyat kutubxo- 
naning vasiysi bo‘lgani uchun ham kutubxonalar jamiyat oldida 
o‘z faoliyatiga javobgardir va uning ehtiyojiga javob berishi shart, 
ya’ni jamiyat a’zolarining axborotga bo'lgan talabini to‘la va sifatli 
qondirishi axloqiy, ma’naviy, ijtimoiy qoidalar darajasiga ко‘tarildi. 
1892—1972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxona- 
shunos olim Sh.R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh 
qoidasi hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bular:
• kitoblar o‘qish uchun xizmat qiladi;
• har bir kitobning o‘z kitobxoni bo‘lsin;
• har bir kitobxonning o ‘z kitobi bo‘lsin;
www.ziyouz.com kutubxonasi


• kitobxonlar vaqtini asra;
• kutubxona o‘sayotgan organizmdir.
Bunday fikrlar juda ко"p va ulardan xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, kitob ma’naviy kamolotning mahsuli, m a’lum bir 
bosqich yakunidir. Kitob o‘qish esa, o‘sib borayotgan ma naviy 
ehtiyojni qondirish yo‘li, ma’naviyatni boyitish vositasi, ma naviy
kamolot kalitidir.
Professor O .G ‘. Qosimova va T.B. Yesimovning 1994-yil 
nashr qilingan «Umumiy kutubxonashunoslik» darsligida 0 ‘z- 
bekistonda «Kutubxonashunoslik» fanining rivojlanish bos- 
qichlari uch davrga bo‘lib ko‘rsatilgan. Agar shunga amal qila- 
digan bo‘lsak, hozirgi kunda bu davrlar to ‘rtta bo‘ladi:
• 1918— 1945-yillar;
• 1946— 1974-yillar;
• 1975—1990-yillar;
• 1991-yildan keyingi davr.
Bunday bo‘linishlar kutubxonachilik ishidagi rivojlanish 
xususiyatlari va sohaga oid amalga oshirilgan ilmiy, amaliy ishlar 
ko‘lamiga bog‘liq. Birinchi bosqichda kutubxonashunoslik masa- 
lalariga oid atigi 14 ta material e’lon qilingan bo‘lsa, 1976—1987- 
yillarda birgina Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy 
kutubxonasi tomonidan chiqarilgan « 0 ‘zbekistonda kutubxo­
nachilik ishi tarixi» to‘plamida kutubxonachilik ishining turli 
yo‘nalishlari bo‘yicha 131 ta maqola e’lon qilingan. 4-bosqichda esa 
kutubxonashunoslik masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari, dars- 
liklar, har ikki yilda an’anaviy tarzda 0 ‘zbekiston hududida o‘t- 
kazilib kelinayotgan «Central Asia» Xalqaro anjumani, boshqa 
xalqaro anjumanlar to‘plamlarida, xalqaro seminarlar, an’anaviy 
tarzda Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxona- 
sida o‘tkazilayotgan Betgerxonlik lainlari to‘plamlarida, Respub- 
lika bolalar kutubxonasi tomonidan yilda bir marta nashr etila- 
digan «XXI asrda bolalar kitobxonligi» Respublika seminari 
to plamida, «KUTUBXONA-UZ» oylikjurnali va «Kitob dunyosi» 
gazetasi sahifalarida muntazam maqolalar berib borilmoqda.
Shu davrda sohaga oid birinchi marta qabul qilingan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi 
Qonuni, 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Prezidentimizning
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashiii tashkil 
etish to ‘g‘risida»gi, 2011-yil 23-fevraldagi «2011—2015-yillarda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutub­
xona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari, 2012-yil 20-martda qabul 
qilgan «Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxo- 
nasi axborot-resurs markazi ishini takomillashtirish haqida»gi 
Qarorning o ‘ziyoq bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini va 
ahamiyatini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda kutubxonashunosllk fanining birinclii bosqichi 
asosan fanning shakllanish davri deb hisoblanadi. Bu bosqichda 
Turkiston Respublikasida kutubxonalar tarmog'ini barpo qilish, 
kutubxonachilik ishining tashkiliy va fimksional jihatlarini asoslash, 
uning nazariy va amaliy asoslarini yaratish, turli xil kutubxo­
nachilik ishiga oid konferensiyalar, kengashlar, qurultoylarni 
chaqirish, kutubxonachilik ishiga rahbarlik qilish organlarini tashkil 
etish bilan bog‘liq ishlar bajarildi.
Bu ishlarni amalga oshirish o‘sha paytdagi Turkiston xalq 
kutubxonasi (hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi) faoliyati 
bilan bog‘liq. Chunki, aynan shu kutubxonada o‘sha davrning eng 
yetuk kutubxonachi-bibliograflari, dastlabki kutubxonashunos, 
sharqshunos olimlar, madaniyat arboblari to‘plangan edi.
0 ‘zbekistonda «Kutubxonashunoslik» fanining shakllanishi 
va rivojlanishi Yevgeniy Karlovich Betger nomi bilan bog‘liq. 
Y.K. Betger 1887-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilib, 
1905-yili Toshkent erkaklar gimnaziyasini, keyin Moskva, 
Gendelberg, Kiyev universitetlarini tugatgan. 1920—1924-yillari 
O lrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatadi va 
sharq tillari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishadi.
1914-yilda juda keng bilimga, ayniqsa, rus tilshunosligi 

Download 11,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



kutubxona xizmati ko‘rsatishning sifati haqidagi ma’lumotlami bilish  bilan

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish