3
4/1
л
n
www.ziyouz.com kutubxonasi
negizida tashkil topgan axborot-resurs markazlarining vazifasi
o‘quvchUaming hamda aholi turli qatlamlarining muntazam ta’lim
olishini va mustaqil o‘qishini tashkil etishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan unurnli foydalanish, milliy, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-
tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, yangi axborot
texnologiyalari asosida yaratilgan elektron ma’lumotlar bazalari,
Internet resurslari bilan aholiga axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatish, barcha ta’lim-tarbiya, axborot organlari bilan hamkor-
likda ish olib borish deb belgilandi.
Mavjud ilmiy-universal kutubxonalar negizida tashldl topgan
axborot-kutubxona markazlari zimmasiga aholiga axborot-kutubxona
xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, uning
ilmiy, ta’lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish,
an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan o‘z axborot resurslarini
yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish
imkoniyatini berish, milliy va xorijiy bosma va elektron nashrlar
fondini shakllantirish, saqlash va foydalanish uchun berish, yig‘ma
elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi
elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish, joylardagi
axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda
tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash vazifalari yuklatildi.
Qaror asosida Vazirlar Mahlcamasi huzurida mamlakatimizda
axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo
kengash tashkil etildi. Kengash tomonidan axborot-kutubxona
muassasalari faoliyatini takomillashtirish, sifat jihatidan qayta
tashkil etishga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqila
boshlandi.
Belgilab berilgan vazifalarni bajarish malakali bilimga ega,
yuqori malakali va intellektual salohiyatli kadrlarni talab etadi.
Axborot-kutubxona muassasalarida kishilar bilan ishlay oladigan,
turli xil adabiyotlar bilan ishlay oladigan, kitob o‘qishni tashkil
eta oladigan, ruhiy jihatdan o‘qishga rahbarlik qila oladigan, har
bir axborot talabgoriga, aholining har bir qatlamiga pedagogik va
www.ziyouz.com kutubxonasi
psixologik nuqtayi nazardan yondasha oladigan, serqirra bilimga
ega boMgan xodim zarur bo‘ladi. Bunday bilim va qobiliyat sohaga
oid nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni egallash bilan
amalga oshadi. Ushbu qo'llanma ana shu vazifani bajarishda yor-
dam beradi degan umiddamiz.
Ushbu qo‘llanma awal nashr etilgan professor O .G‘. Qosi-
mova va T.B. Yesimovning «Umumiy kutubxonashunoslik»,
E. Yo‘ldoshevning «Maktab kutubxonasi ishini tashkil etish»,
A. Alimovaning «Kutubxonashunoslik» kabi o ‘quv qo‘llanmala-
rini tanqidiy-tahliliy o‘rganish va sohadagi o ‘zgarishlar, yangi-
liklar, zamon talablarini hisobga olgan holda qaytadan yaratildi.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
1-bo Tim. NAZARIY MASALALAR
1-bob. «KUTUBXONASHUNOSLIK» FANINING
|