PREDMETI, TADQIQOT DOIRASI




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

PREDMETI, TADQIQOT DOIRASI
VAVAZIFALARI
Insoniyat tarixi kurashlardan, aql va m a’rifatning rivojidan, 
uning nodonlik ustidan g‘alabasidan, yaxshilik va yomonlikning 
kurashidan iborat. Insoniyat doimo muntazam taraqqiyot yo‘lidan 
borgan. Inson tafakkurini o‘zida aks ettirib, saqlab kelayotgan 
ijtimoiy xotira shu taraqqiyot negizini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira 
insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida biron-bir axborotni 
yoki ma’lumotni qayerdadir qayd etish, ro‘yxatga olish, saqlash, 
qayta ishlov berish, kimgadir, avloddan avlodga yetkazishning o‘sha 
davrga xos shakllaridan iborat bo‘lgan. Bu shakllar ma’lum bir 
sifatga, qiyofaga yoki vositalarga ega bo‘lgan. Jamiyatlar taraqqiyo­
tining dastlabki bosqichlarida tilning paydo bo‘lishi dastlabki 
tajribalarni o‘zlashtirib, tahlil qilib, mehnat qurollarini takomil- 
lashtirish, ulardan foydalanish jarayonlarida ko‘zga tashlangan. Eng 
muhim belgilar tuzilmasidan iborat yozuvning paydo bo‘lishi esa 
fikrlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolish, bir kishidan ikkinchi 
kishiga yetkazish, avloddan avlodga yetkazish imkonini kengaytirdi. 
Awal xalq og‘zaki ijodi ko‘rinishida, keyinchalik yozma shaklda 
paydo bo‘lgan ma’lumotlar almashinuvi og‘zaki va yozma ada- 
biyotning paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada, awal og‘zaki 
ko'rinishdagi matnlar yozma shaklga aylandi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi kashfiyot — kitob 
yuzaga keldi va hamma bilim sohasida adabiyotning mavjudlik 
shakllariga aylandi. Davrlar davomida kitobning shakl-shamoyili, 
sifati, bezatilishi, tashqi ko‘rinishi, ishlab chiqarilishi takomillashib 
bordi. Antik davrda o‘rama kitoblar shakllangan bo‘lsa, keyinchalik 
eramizning IV asriga kelib, muqovaga ega qo‘lyozma kitoblar paydo 
bo‘ldi. XV asrga kelib esa qo‘lyozmalarni qo‘lda ko'chirib yozishdan 
kitob chop etishga o'lildi. XX asr oxiriga kelib esa i!g‘or mam-
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


lakatlarda elektron shakldagi kitoblar yuzaga keldi. Ammo har 
qanday shakJda bo‘lmasin, kitobning mohiyati o‘zgarmaydi. 
Qo‘lyozma holida ham, matbaa holida va elektron shaklda ham kitob 
o‘zining tub mohiyatini, ahamiyatini yo‘qotmaydi, uning o‘rnini 
boshqa narsa egallay olmaydi.
Kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismi 
bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida kishilarni 
tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi bo‘lib keldi. Kitob 
barcha sohaga oid bilimlarni to‘plash, saqlash usuli sifatida ijtimoiy 
ishlab chiqarishni rivojlantirishda, barcha formatsiyalarning 
aLmashinuvida va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Inson 
tafakkiirining rivojlanishida kitob va yozuv doimo hamroh bo‘lgan. 
Ba’zi madaniyat va ma’rifat shakllari og‘zaki aloqa munosabatlariga 
asoslangan bo‘lsa-da, yozuv paydo bo'lgandan so‘nggina hozirgi 
kungacha yetib keldi va voqelikka aylandi.
Insoniyat yaratgan muomala vositalari ichida eng ishonchlisi, 
eng qulayi kitobdir. Barkamol inson tarbiyasi, odamlar ma’naviyati, 
madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda o‘ziga xos o‘rinni 
egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bog‘liq, chunki u inson 
aql-zakovati va bilimlarini saqlash hamda keng yoyishning eng 
mukammal qurolidir. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni 
bilish imkonini beradi, xalqlar o ‘rtasidagi munosabatni, ham- 
jihatlikni, o"zaro mehr-oqibatni tiklaydi. Dunyoda tinchlikni o‘ma- 
tishga, mustahkamlashga xizmat qiladi.
Insoniyat yaratgan yozuvlar, kitoblar bo‘lmaganda odamzod 
o‘zining o‘tmishini, bilim, donolik va hikmatlarini ham bilmagan, 
ilm-fanni ham taraqqiy ettira olmagan bo‘lardi. Jami ixtirolar, 
kashflyotlar, taraqqiyot darajasi ham kitoblar tufaylidir. «Kitob 
har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning 
ibtidosidir», degan edi nemis yozuvchisi S. Sveyg. Kitoblar barcha 
zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar 
xazinasi, donishmandlik chashmasi bo'lgan va bo‘lib qolaveradi.
Kitoblar tufayli qadim davrlardagi kutubxonalar, ulardagi 
fondning mazmuni, katalog va kartotekalar tizimi, 

Download 11,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish