|
Yakka tartibda suhbat o‘tkazishBog'liq Kutubxonashunoslik4.1. Yakka tartibda suhbat o‘tkazish
Suhbat kitobxonni qamrab olish darajasiga ko‘ra yakka, guruhli
bo‘ladi. Yakka tartibdagi suhbat faqat bir kitobxon bilan o‘tkaziladi.
Guruhli suhbat ma’lum bir xususiyatiga ko‘ra yoki o‘qish maqsadi
bir xilhkni kasb etgan kitobxonlar guruhi bilan o‘tkaziladi. Yakka
tartibdagi suhbat katta ahamiyat kasb etadi. Hech qanday ish shakli
mutaxassis xodimning kitobxon bilan og‘zaki, yuzma-yuz turib
muloqotda bo'lish o‘rnini bosa olmaydi. Suhbat mutaxassis xodim
va kitobxonning bir-birini o‘rganishiga, bir-biriga yaqinlashishiga,
kutubxonachining kitobxon qiziqishini aniqlashiga, kitob tanlashda
ularga yordam berishda aniqlikka ega bo‘lishiga yordam beradi.
Mutaxassis xodim kitobxon bilan suhbatlashish jarayonida
suhbat mazmunining kitobxon qiziqishiga mos bo‘lishini, masla-
hatining zo‘rma-zo‘raki Jbo‘lishini, g‘amxo‘rligining ortiqcha,
keraksiz bo‘lib qolmasligini, suhbatning aniq va jo ‘yali maq-
sadga qaratilishini, suhbatdan kitobxonning manfaatdorligini,
suhbatlashishga moyilligini hisobga olishi kerak.
Tavsiya etiladigan adabiyot haqidagi suhbatda asarning maz-
munini so‘zlab bermaslik, suhbatni asarning o'zini ko‘rsatish
hamda kitobxon bilan birgalikda varaqlab, suratlari, mundarijasi
bilan tanishishni olib borish, kitob haqida ifodali, qiziqarli qilib,
shu bilan birga, kitobxon diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan
o‘rinlaridan so‘zlab yoki o‘qib berish kerak.
Bir kitobxon bilan o‘tkaziladigan suhbatning quyidagi turlari
qo‘llaniladi:
89
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Kitobxonni kutubxonaga a’zo etayotgan paytdagi suhbat.
2. Tavsiyaviy suhbat.
3. 0 ‘qilgan kitob haqida suhbat.
Kitobxonni kutubxonaga a’zo etayotgan vaqtdagi suhbat
mutaxassisdan katta tayyorgarlikni va e ’tiborni talab qiladi. Bu
|
| |