xonalar tizimi faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish,
Milliy
kutubxonada axborot resurslari fondini tashkil etish bilan imko-
niyati cheklangan boshqa kitobxonlarga axborot-kutubxona xiz
mati ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarva imkoniyatlar
yaratish talabi qo‘yildi. Boshqa kutubxonalarning barchasida
imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun shart-sharoit yaratish,
xizmat ko‘rsatish vazifasi belgilab berildi,
shu munosabat bilan
nogironlar aravachalarining chiqib-tushishlari uchun maxsus
yo‘laklar, maxsus xonalar tashkil topdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi markaziy imkoniyati cheklangan
kitobxonlar kutubxonasi maxsus madaniy-ma’rifiy, ma’naviy,
ilmiy-axborot, uslubiyot muassasasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi
imkoniyati cheklangan kitobxonlarga m o‘ljallangan kitob va
boshqa matbuot nashrlarini to ‘plash, ularni saqlash;
imkoniyati
cheklangan kitobxonlar va ularning oila a’zolari, imkoniyati
cheklangan kitobxonlar muassasalari xodimlariga kutubxona xiz
mati ko‘rsatish va turli axborot ishlarini olib borish; L. Brayl alif-
bosidagi va magnit tasmaga yozilgan ovozli kitoblarni saqlash
bo‘yicha markaz va o‘zbek tilidagi oikashunoslikka oid bo'rtma
nuqtali kitoblar bo‘yicha depozitariy vazifasini
bajarish; respub-
likadagi ko‘zi ojizlar kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam
ko‘rsatish hamda tavsiyaviy bibliografik va kutubxonalararo abo-
nement markazi vazifasini bajarish hisoblanadi.
3.25. Shaxsiy kutubxonalar
Ayrim kishilarning uylarida tashkil etilgan bo‘lib, ular o ‘zlari
yashayotgan hududdagi aholiga ko‘ngilli ravishda xizmat ko‘rsatadi.
Ularga shu hududda joylashgan davlat kutubxonalari uslubiy yordam
ко rsatadi. Ko‘pgina shaxsiy kutubxonalar o‘z jamg‘armasini
elektron katalogga o‘tkazish yoki javonlarga joylash
xizmatlari
uchun kutubxonalarga pul o‘tkazib, yordam so‘rashlari mumkin.
Bu davlat kutubxonasi uchun pulli xizmat turiga kirib, shaxsning
uyiga borib, tegishli yo‘nalishda yordam ko‘rsatiladi, maslahatlar
beriladi. Ba zi yirik shaxsiy kutubxonasi borlar davlat kutubxo-
82
www.ziyouz.com kutubxonasi
nalariga, o ‘z jamg‘armalarini hadya qilishlari mumkin. Masalan,
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti
kutubxonasida ana shunday shaxsiy kutubxonalardan sovg‘a qilib
berilgan kitoblar hisobiga «Kutubxonaning oltin fondi»
tashkil
etilgan. Institutning birinchi rektori, akademik, navoiyshunos
olim Azizxon Po‘latovich Qayumov,
marhum professor, folklor-
shunos olim Malik Murodov, institutga ko‘p vaqt rektorlik qilgan
Aziz Oppoqovich To‘rayev va institutning boshqa ko‘pgina sobiq
ustozlari o ‘z shaxsiy kutubxonalarini sovg‘a qilishgan. Keyingi
yillarda turli faol mahallalar o‘zlarining hududida mahalla ku
tubxonalarini tashkil etishga harakat qilishmoqda. Masalan,
Toshkent shahridagi «Konstitutsiya» mahallasida Davlat mukofoti
laureati, 0 ‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojonning tashabbusi
bilan 400 dan ortiq sovg‘a qilingan adabiyotlar asosida mahalla
kutubxonasi ish boshladi.
Aholi orasida ham yirik shaxsiy
kutubxonasi bor shaxslar
ko‘p, hatto ular kompyuterlashtirilgan tizimga o‘tishga harakat
qilishayotir.
Shaxsiy kutubxonalarda fanning turli sohalari bo‘yicha nodir
asarlar bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, hozirgi kunda ko‘plab chet el-
larga borib-kelish natijasida shaxsiy kutubxonalar yanada boyib
bormoqda. Shaxsiy kutubxonalar ham huquqiy maqomga hamda
o‘z muhriga ega bo‘lishi ayni muddao. Shaxsiy kutubxonalar
muammosi qadimdan mavjud va bu masala hali ham dolzarb bo‘lib,
o‘z yechimini laitmoqda.
Xorijliklar tashkil etgan kutubxonalarning faoliyati bu yo‘-
nalishda ko‘pchiIikda qiziqish uyg‘otmoqda.U ixtisoslashgan
qiroatxonalarda kitobxonlarga bevosita xizmat ko‘rsatish bilan
ko‘p qirrali bibliografiya ishini ham olib boradi.
Chunonchi, chet
el yozuvchilari ijodi haqida yoki 0 ‘zbekiston yozuvchilarini chet
ellarga tanishtirish uchun bibliografik ko‘rsatkichlar tayyorla-
nadi. Uning jamg‘armasidan turli xil tillardagi kompakt disklar,
CD-romlar, videokassetalar o‘rin olishi mumkin.
Kutubxona muntazam ravishda fanning turli sohalariga doir
adabiyotlar bilan to‘ldirib boriladi. Uning fondida har xil tillardagi
83
www.ziyouz.com kutubxonasi
elektron ma’lumotlar CD-romlarda saqlanadi va Internet orqali
ushbu m a’lumotlar uzatiladi. Masalan, Germaniyaning 0 ‘zbe-
kistondagi elchixonasi tomonidan Toshkent,
Samarqand shahar-
larida tashkil etilgan Gyote instituti kutubxonasi ko‘plab kitob-
xonlarni o‘ziga jalb qilib, ularning ehtiyojlarini qondirmoqda.