mas’uliyati oshadi, fikrlash,
tushunish, o ‘zlashtirish darajasi
ko‘tariladi, muammoli masalalami tahlil qilish, vaziyatdan chiqib
ketish uchun aqliy rivojlanish tizimini egallashga ta ’sir etadi. Bu
esa kitobxonning ijodiy izlanish, aqliy mehnat qilish va buning
uchun o‘qish ko‘nikmasi va malakasini egallashiga sabab bo‘ladi,
aqliy faoliyat sifatining o ‘zgarishiga, ilmiy, tanqidiy va ijodiy
fikrlashga olib keladi. Kitobxon qiziqishini o ‘rganish jarayonida
kitobxonning axborot materialini diqqat va e’tibor bilan, tushungan
va his qilgan
holda mutolaa qilishi, m a’lum bir tizimda mustaqil
bilim olishi, aqliy va ijodiy fikrlashi, mulohaza qilishi, mustaqil
adabiyot va elektron resurslarni tanlay'olishi, ijodiy qobiliyatining
o ‘sishi, kitobxonlik malakasining
rivojlanib borishi, ijodiy
faoliyatini tashkil etish va rivojlanib borishi ko‘zga tashlanadi.
An’anaviy kutubxonachilik tajribasida kitobxonlar qiziqishini
o‘rganishning kuzatish usuli keng qoMlanilgan. Bu usul, ayniqsa,
bolalar va o‘smirlar bilan ish olib boruvchi mutaxassislar uchun
zarur. Kuzatish usuli boshqa usullar bilan hamohang olib boriladi.
Bunda kitobxonga sezdirmay, uning adabiyotlarga munosabati,
mas’uliyati, bilimga intilishi, Internet resurslaridan foydalanishi,
uning mazmuni, kompyuterlardan
foydalana olish qobiliyati,
elektron katalogdan foydalanish darajasi, ommaviy tadbirlarda
ishtiroki, ko‘rgazmalarga munosabati, atrof-tevarakdagi kishilar
bilan munosabati o‘rganiladi va aniqlanadi.
Kitobxonni to ‘la va aniq bilish uchun uni, uning so‘roqlarini,
o‘qish maqsadini, o‘qilgan adabiyotga munosabatini, undan olgan
xulosalarini/qiziqishi va ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish
jarayonida erishiladi.
Bu esa mutaxassisdan kasbiy, nazariy va
amaliy bilim, ko‘nikma va boshqaruv mahoratini, menejerlik
bilimini, ish uslubini va lavozim majburiyatlarini, javobgarlikni
va mas’uliyatni, qobiliyatni va ularni
takomillashtirib borishni
talab qiladi. Bunga faoliyat motivlarini aniqlash, maqsadni to‘g‘ri
belgilab olish, qiziqishlarni boyitib borish va samarali mehnat
bilan erishish mumkin.
Kitobxonlik qiziqishi, inson umumiy qiziqishining bir qismi
bo‘lib, u yana ma’lum yo‘nalish bo‘yicha kitob tanlash vaqtida
qaysi masalalar (mavzular, bilim sohalari) yuzasidan kishining
93
www.ziyouz.com kutubxonasi
kitob o‘qishni afzal ko'rishida ifodalanadi. Keyinchalik esa kitobxon
qiziqishi o‘qilgan kitobni qanday idrok etishida,
unga qanchalik
o ‘ylab, tanqidiy yondashishida, kitob ustida qanday ishlashida,
o‘qiganlaridan hayotida, faoliyatida qanday foydalanishida o‘z
ifodasini topadi va boyib boradi.
Ko‘pincha, kitobxon faqat kitob mazmuniga emas, balki uning
qay tarzda bayon qilinishiga e’tiborni qaratib, o‘z talabini qo‘yadi.
Masalan, badiiy adabiyot sohasida turli kitobxonlarni turli xil
janrlar qiziqtiradi: biri nasriy asarlarni o‘qishni yoqtirsa, boshqalari
nazmni
yoqtiradi, biri tarixiy asarlarni, ba’zilari jangari asarlarni
yoqtiradi, ba’zi hollarda kitobning hajmi (qalin yoki yupqaligi)
birinchi o‘ringa chiqadi.