L. O. Hamdamova Pedagogika ta’lim yo`nalishi1-kurs talabasi




Download 218.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi218.27 Kb.
#90922
  1   2
Bog'liq
630-631
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)


630
www.
kokanduni.uz 
TAʼLIM JARAYONIDA PEDAGOGIK AKMEOLOGIYA FANINING OʻRNI VA AHAMIYATI 

L.O.Hamdamova 
Pedagogika ta’lim yo`nalishi1-kurs talabasi, 
F.O. Xodjiyeva 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, p.f.n. 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik akmeologiya fanni nima va uning jamiyat 
uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida bayon etilgan. 
Kalit soʻzlar: pedagogik akmeologiya, pedagog, individuallik, pedagogika muloqot, 
konsepsiya. 
 O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi asosiy maqsadlaridan biri – 
pedagog kadrlarni zamon talablariga mos tarzda tayyorlash, har tomonlama rivojlangan 
barkamol shaxslarni tarbiyalashdan iborat. “Har qanday murakkab zamonaviy axborot 
texnologiyalar, integratsiyalar, fan sohasidagi olamshumul yangiliklar, avvalo, o‘qituvchi 
tomonidan o‘zlashtirilib, so‘ngra uning bilimi, saviyasi, qobiliyati evaziga o‘quvchilar ongi va 
tafakkuriga yetkaziladi”[1]. Ta’lim sohasidagi olib boriladigan har qanday ishlar o‘z-o‘zidan 
“ijodkorlik” tushunchasini olib kirdi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiy etgan mamlakatning 
muvafaqqiyatini belgilab beruvchi omil kadrlarning ijodkorlik faoliyatlarini yuqori 
“cho‘qqi”larga olib chiqish bilan uzviy bog‘liq. Pedagoglar tabiatini o‘zgartiradigan, ular 
shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan muhim fanlardan bir – bu pedagogik akmeologiya 
fanidir. Aniqlanishicha, inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil – inson 
orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishi hodisasidir. Ma’lumki, inson 
shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida 
ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya 
- shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi. 
Akmeologiya (grekcha «akme –cho‘qqi, yuqori pog‘ona, gurkiratuvchi kuch» ma’nolarini 
bildiradi) – ilmu-fanning shunday yangi tarmog‘iki, u insonni o‘z taraqqiyoti dinamikasida, 
takomili hamda hayot faoliyatining turli bosqichlarida o‘zidagi eng kuchli qobiliyatlarini 
namoyon qilishining kompleks masalalarini o‘rganadi. Ya’ni, u shaxsni o‘z takomili jarayonida, 
ana shu taraqqiyot va yuksalishning ob’ektiv hamda sub’ektiv omillari doirasida tadqiq etadi. 
Akmeologik 
yondashuv 
bo‘lajak 
o‘qituvchilarda 
pedagogik 
ijodkorlikni 
shakllantirishning ilmiy asosi sifatida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining 
mazkur jarayon ishtirokchilari, kasbiy faoliyatning yetuk shaxslari va faol sub’ektlari tarzida 
namoyon bo‘lishlariga asoslanadi hamda ularning sub’ekt va mutaxassis sifatida bosqichma-
bosqich, uzluksiz o‘z-o‘zini takomillashtirishi va o‘z-o‘zini shakllantirishi uchun sharoit 
yaratadi. Pedagogik ijodkorlikning rivojlanishi xilma-xil qobiliyatlarning aks etishi bilan 
bog‘liqdir. Pedagogik akmeologiya - bu o‘qituvchi ishidagi professionallikka va 
kompetensiyaga erishish yo‘llari haqidagi fan. Zamonaviy kasb-hunar ta’limi tizimidagi 
akmeologik yondashuv kasbiy motivatsiya, ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishni 
rag‘batlantirish, o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy 
resurslarni aniqlash va unumli foydalanishni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat. 
Pedagogik akmeologiya konsepsiyasini shakllantirish uchun quyidagi tarkibiy qismlarga 
asoslanish maqsadga muvofiqdir: 
• individuallikning akmeologik konsepsiyasi; 
• Pedagogik mahoratning akmeologik konsepsiyasi; 
• sog‘liqni saqlashning akmeologik konsepsiyasi; 


631

Download 218.27 Kb.
  1   2




Download 218.27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



L. O. Hamdamova Pedagogika ta’lim yo`nalishi1-kurs talabasi

Download 218.27 Kb.
Pdf ko'rish