• Frame Relay
  • Lab 5 Global tarmoq texnologiyaga asoslangan kurslar




    Download 400,49 Kb.
    bet2/3
    Sana08.01.2024
    Hajmi400,49 Kb.
    #132159
    1   2   3
    Bog'liq
    lAB 5 Global tarmoq texnologiyaga asoslangan kurslar

    Tarmoqning turi

    Uzatish tezligi

    Trafik

    Izoh

    X.25

    1,2-64
    Kbit/s

    Terminalli

    Juda ko‟p turli xildagi protokollarga ega, past sifatli kanallarda yaxshi ishlaydi

    Frame Relay

    64-Kbit/s dan
    2 Mbit/s gacha

    Kompyuter- li

    Trafikdagi pulsatsiyalarni yaxshi uzata oladi, asosan doimiy virtual kanallarni
    hosil qilishda ishlatiladi

    SMDS

    1,544-45
    Mbit/s

    Kompyuter-
    li, grafika, ovoz,video

    Qiyoslaganda yangi tarmoq,
    Amerikaning katta shaharlarida tarqalgan,










    keyinchalik uning o‟rniga
    ATM tarmog‟i ishlatila boshlagan

    ATM

    1,544-155
    Mbit/s

    Kompyuter- li, grafika, ovoz,video

    Yangi tarmoq, 1996 yildan boshlab tijorat maqsadida qo‟llanila boshlagan, asosan kompyuter trafigini uzatish
    uchun foydalaniladi

    TCP/IP

    1-2 Kbit/s

    Terminalli, kompyuterli

    Internet tarmog‟i


    Ushbu jadvalda keltirilgan X.25, Frame Relay va SMDS global kompyuter tarmoqlari texnologiyalaridan, kompyuter tarmoqlari rivojlanish bosqichlarining ma‟lum bir davrlarida samarali foydalanilgan. Hozirda esa, tarmoqlar orqali barcha xildagi trafikni uzatib bera olish imkoniyatiga ega bo„lgan ATM (Asynchronous Transfer Mode uzatishning asinxron rejimi) va TCP/IP texnologiyalaridan foydalanilmoqda. ATM va undan avval ishlab chiqilgan X25 va Frame Relay texnologiyalarining tuzilishlari, 3.35- rasmda keltirilgan tuzilishga ega bo„lib, ular ma‟lum bir xudud chegarasida joylashgan kompyuterlar va lokal kompyuter tarmoqlarini o„zaro birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar ulargagina xos bo„lgan – adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish birliklariga ega bo„lgan. TCP/IP tarmoqlaridan boshlab IP-adreslash tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish birligi sifatida Ethernet texnologiyasi kadrlaridan foydalanuvchi tarmoqlar qo„llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma‟lumotlarni uzatish tezliklari, ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan variantlariga tegishlidir. ATM texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma‟lumotlarni uzatish tezligi 2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar yordamida qurilgan, hozirda keng qo„llanilayotgan - IP texnologiyasi asosida ishlayotgan global tarmoqlarda ma‟lumotlarni uzatish tezliklarini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo„lmoqda.
    Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo„linadi:

    1. Magistral tarmoqlar.

    2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish tarmoqlari.

    Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta bo„limlariga tegishli bo„lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini ta‟minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda, ko„p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o„tkazish qobiliyati ancha yuqori bo„lishi kerak bo„ladi (3.36-rasm).



    3.36-rasm. Korxona global tarmog„ining tuzilishi.



    Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo„lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog„i bilan bog„laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi.
    Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya‟ni mijoz tomonidan bunday
    vositalar sifatida modem va unga kerak bo„ladigan dasturiy vositalar qo„llaniladi. Ko„p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server) ta‟minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko„prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo„ladi.
    Tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoqning, ya‟ni Internet-ning arxitekturasi 3.37-rasmda keltirilgan ko„rinishga ega bo„ladi. Tarmoqlar orasidagi bog„lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi.
    3.37 –rasm. Tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq arxitekturasi – ya‟ni Internet tarmog„i.


      1. Download 400,49 Kb.
    1   2   3




    Download 400,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lab 5 Global tarmoq texnologiyaga asoslangan kurslar

    Download 400,49 Kb.