|
Lab 5 Global tarmoq texnologiyaga asoslangan kurslar
|
bet | 1/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 400,49 Kb. | | #132159 |
Bog'liq lAB 5 Global tarmoq texnologiyaga asoslangan kurslar
lAB 5 Global tarmoq texnologiyaga asoslangan kurslar
Global kompyuter tarmog‘ining umumiy tuzilish chizmasi va global kompyuter tarmoqlarining xillari
Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko„rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan ko„p sonli abo- nentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo„lishi yoki er yuzi bo„ylab yoyilgan bo„lishi mumkin.
Global kompyuter tarmog„ining keng tarqalgan umumiy tuzilish chizmasi 3.35-rasmda keltirilgan ko„rinishga ega. Bunda: S (switch) - kommutatorlar, K - kompyuterlar, R (router) - marshrutizatorlar, MUX (multiplexor) - multipleksor, UNI (User-Network Interface) – foydalanuvchi-tarmoq interfeysi va NNI (Network-Network Interface) – tarmoq-tarmoq interfeysi, PBX - ofis ATSi va kichkina qora rangli to„rtburchakchalar esa DCE qurilmalari, ya‟ni modemlardir.
Bunday tarmoq alohida ajratilgan aloqa kanallari asosida quriladi. Aloqa kanallari kommutatorlar – S, yordamida birlashtiriladi. Bu kommutatorlar paketlarni kommutatsiyalash markazlari (PKM) deb ham ataladi, ya‟ni ular aynan paketlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradilar.
3.35-rasmda keltirilgan global kompyuter tarmog„i kompyuter trafigi uchun qulay hisoblangan, paketlarni kommutatsiyalash rejimida ishlaydi. Lokal kompyuter tarmoqlarini korporativ tarmoqqa birlashtirish uchun bu rejimning afzalligini vaqt birligida uzatilyotgan ma‟lumotlarning hajmi, hamda bunda tarmoqda ko„rsatilayotgan xizmatlar narxining 2-3 marta arzon ekanligi ham isbotlaydi. Ko„p joylarda yuqoridagi rasmda keltirilgan ko„rinishdagi tarmoqlarni qurish imkoniyatlari mavjud bo„lavermaydi. Shuning uchun lokal tarmoqlarni o„zaro bog„lash uchun o„sha joyda bor bo„lgan aloqa kanallaridan ham
foydalanishga to„g„ri keladi. Qanday aloqa kanallaridan foydalanilishiga qarab, global tarmoqlarning quyidagi xillarini ko„rsatish mumkin:
1.Alohida ajratilgan kanallardan foydalanuvchi global tarmoqlar. 2.Kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar. 3.Paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
3.35-rasm. Global tarmoq strukturasining namunasi.
3.1-jadvalda paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global kompyuter tarmoqlarining ko„rsatgichlari keltirilgan.
3.1-jadval.
|
| |