• Ishni bajarish tartibi Elektr dvigatellarining texnik xususiyatlari
  • Elektr dvigatellarni oʻramlari ulanishlari
  • Labaratoriya ishi-1 Mavzu: Elektr qurilmalarni elektr tarmoqqa ulash Ishdan maqsad




    Download 1.83 Mb.
    bet2/6
    Sana29.02.2024
    Hajmi1.83 Mb.
    #164693
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Uch fazalik elektr dvigatellarni bir fazalik tarmoqqa ulash
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja
    Dvigatelni qanday tanlash kerak
    Har bir dastgoh yoki boshqa uskunaning oʻz maqsadi bor, albatta, elektr dvigatel bu maqsadga mos kelishi kerak. Masalan, jilvirlash dastgohi uchun 180 W quvvat yetarli, randalash dastgohi uchun yuqori tezlikda ishlaydigan dvigatel kerak boʻladi, dumaloq arra uchun 1,1 kW dvigatel mos keladi, kompressor uchun kamida 2,2 kW kerak boʻladi. Quvvatdan tashqari, aylanishlar soni ham muhim rol oʻynaydi, tez aylanuvchi dvigatel har doim ham “past tezlikli” dvigateldan yaxshi boʻlavermaydi.
    Foydali maslahat: agar dvigatel tezligi 3000 rpm (aylanish/minut)dan yuqori boʻlsa, uni ishlatmaslik kerak — 220 V tarmoqqa ulanganda, uni ishga tushirish qiyin boʻladi. Uch fazali dvigatel uchun kondensatorni qanday tanlash kerak, uning xususiyatlari va qoʻllanilish sohasiga qarab, biz batafsilroq koʻrib chiqamiz.
    Ishni bajarish tartibi
    Elektr dvigatellarining texnik xususiyatlari
    Elektr dvigatellari oʻzgaruvchan va oʻzgarmas to'kli, qisqa tutashgan va faza rotorli, sinxron va asinxron boʻladi. Bizni qisqa tutashgan rotorli, oʻzgaruvchan tok asinxron dvigatellari qiziqtiradi – aynan ular koʻpincha turli qurilmalarda uchratish mumkin.
    Dvigatelning asosiy xarakteristikalari nominal kuchlanishi, quvvati va aylanish chastotasidir. Uyda foydalanish uchun 3 kWgacha va 3000 rpm gacha quvvatga ega boʻlgan motorlar koʻproq mos keladi. Quvvati katta va yuqori tezlikda aylanadigan motorlar 220 V tarmoqdan ishga tusha olmaydi yoki ortiqcha yuklama hosil qiladi. Ikkala holatda ham barcha ahamiyatlari yoʻqoladi.
     
    Birkada odatda quyidagi yozuv mavjud boʻladi: “D/Y 220/380”, yaʼni 220 V kuchlanish uchun “uchburchak” ulanishi moʻljallangan va 380 V kuchlanish uchun “yulduz” usulida ulash moʻljallangan. Bu maʼlumotlar uch fazalik dvigatellar uchun kondensatorni qanday tanlash uchun zarur.
    Sotib olayotganda, albatta dvigatel oʻramlari qanday nominal kuchlanish uchun moʻljallanganligini koʻrishingiz kerak.
    Elektr dvigatellarni oʻramlari ulanishlari
    Elektr motorlarida ikki turdagi oʻram ulanishlari mavjud — “yulduz” va “uchburchak”.
     
    Bir fazali tarmoq uchun, uch fazali dvigatelning kondensatorlarini tanlash uchun dvigatel oʻramlarning qanday ulanganligini aniq bilishingiz kerak. Buning uchun siz terminal qopqogʻini (Barno) ochishingiz kerak, qopqoq ostida oʻramni chiqishlari joylashgan va jumperlar mavjud.
    Agar dvigatel qayta oʻralgan boʻlsa, u holda qopqoq ostida faqat uchta chiqish boʻlishi mumkin, yaʼni oʻramlar “yulduz” usulida ulangan va ularni “uchburchak” usulida ulash mumkin emas. 220 V tarmoqqa ulab, uni ishlatish qiyin, chunki quvvat yoʻqotishlari juda katta boʻladi.
    Uch fazali elektr dvigatelni bir fazali tarmoqqa ulashni rejalashtirilganda, uchburchak ulanishga ustunlik berish tavsiya etiladi. Bu motorga biriktirilgan birkasida koʻrsatilgan boʻladi. Baʼzi hollarda birkada “Y” belgisi mavjud boʻlib, bu yulduz usulida ulanishni bildiradi. Katta quvvat yoʻqotishlarini oldini olish uchun oʻramlarni uchburchak usulida ulash tavsiya etiladi.
    220 V kuchlanishga ulanish uchun, oʻramlarni “uchburchak” usulida ulash kerak. Agar dvigatelni ishga tushirish oson boʻlishi kerak boʻlsa, ishga tushirishda oʻramlarni “yulduz” usulida va keyin “uchburchak” ga oʻtadigan sxemani yigʻishingiz mumkin.
    Terminal qutisida (Barno) terminallar shunday tarzda joylashtirilgan-ki. Ular maxsus jamperlar(peremicgka) yordamida oʻramlarni “uchburchak” usulida ulash qulay.
     

    Download 1.83 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Labaratoriya ishi-1 Mavzu: Elektr qurilmalarni elektr tarmoqqa ulash Ishdan maqsad

    Download 1.83 Mb.