|
Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodalash va ular ustida arifmetik amallarni bajarish. Ishning maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 37,41 Kb. | | #117034 |
Bog'liq Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodalash va ular ustida arifmetik amallarni bajarish. Ishning maqsadi
LABORATORIYA ISHI № 1
Mavzu: Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodalash va ular ustida arifmetik amallarni bajarish.
Ishning maqsadi. Talabalarda sоnlarni har-хil sanоq sistеmalarida yozish malakasini hоsil qilish va ularga sоnlarni bir sanоq sistеmasidan bоshqasiga o’tkazish qоidalarini o’rgatish.
Vazifasi: 1)talabalarda EHMning arifmеtik asоsi haqida tushuncha hоsil
2) sоnlarni bir sanоq sistеmasidan bоshqasiga o’tkazish qоidalarini o’rganish; 3)ma‘lum bir sanоq sistеmasidagi sоnlar ustida amallar bajarish.
Nazariy ma’lumotlar.
Sanoq sistemalari
Sonlar alifbosiga kiritilgan bir xonali belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa ko’p xonali belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, belgilar raqamlardir. Ulardan tuzilgan 12, 34, 453, 1334, … belgilar esa sonlardir. O’z ichiga o’nta raqamni olganligi uchun bu alifbo o’nlik sanoq sistemasi deyiladi. Sanoq sistemasida qatnashadigan raqamlar soni shu sanoq sistemsining asosi deyiladi. O’nlik sanoq sistemasining asosi 10 ga teng.
Ikkilik sanoq sitemasining asosi 2 ga teng. Yani unda faqat 2 ta raqam 0 va 1 qatnashadi. Masalan, 1, 10, 11, 100, 101, 110, 111, …
Beshlik sanoq sistemasining asosi 5 ga teng, ya’ni raqamlari soni 5 ta: 1 2 3 4 5 10 11 12 13 14 15 20 …
Sakkizlik sanoq sistemasida asos 8 ga teng, ya’ni 8 ta raqm qatnashadi: 1 2 3 4 5 6 7 8 10 11 12 …
Yuqoridagi sanoq sistemalarida raqamlar o’zi turgan o’rniga (razryadiga) ko’ra turlicha miqdorni anglatadi.
Sanoq sistemalari raqamlari o’z pozitsiyasi (turgan o’rni) ga bog’liq bo’lgan sistema pozitsion (pozitsiali) sanoq sistemalari deyiladi. Aks holda nopozitsion (pozitsiali bo’lmagan) sanoq sitemasi deyiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodalash va ular ustida arifmetik amallarni bajarish. Ishning maqsadi
|