Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari.
Tarmoq kabelini tayyorlash.
Ishning maqsadi: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan
kabellarning
xillarini va ularni tayyorlashni o’rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Lokal tarmoqlarning rivojlanish vaqtida tarmoq kabellarining yetarlicha ko’p
turlari paydo bo’ldi va ularning barchasi standartlar talablarining natijasidir.
Ularning ba’zilari tarixda qoldi, ba’zilari esa endi qo’llanilmoqda va ular tufayli
biz o’zimizga kerakli bo’lgan yuqori tezlikda ma’lumotlar almashish imkoniyatiga
egamiz.
Kompyuter tarmoqlarida eng ko’p qo’llaniladigan kabellar:
koaksial kabel,
o’rama juft kabeli va optik tolali kabellardir.
Koaksial kabel – tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan eng dastlabki
o’tkazgichlardan biri. Koaksial kabel qalin izolyatiya bilan o’ralgan markaziy
o’tkazgich, misli yoki alyuminli o’ram va tashqi izolyatsiya qobig’idan
tashkil
topgan (1.1-rasm).
1.1-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi.
Koaksial kabellar bilan ishlash uchun turli tipdagi bir qancha razyomlar
qo’llaniladi.
BNC-konnektor. Kabelning oxiriga o’rnatiladi va T-konnektorga va barrel
konnektorga ulash uchun xizmat qiladi.
BNC T-konnektor. Kompyuterni asosiy magistralga ulash uchun ishlatiladi.
Uning konstruktsiyasi
uchta razyomdan iborat, ulardan biri razyomni tarmoq
kartasiga, qolgan ikkitasi magistrallarning ikki oxirini ulash uchun xizmat qiladi.
Eng ko’p uchraydigan kabel – bu
mis o’rama juft kabelidir. U signallarni
elektr signallar yordamida uzatadi. O’z nomidan kelib chiqib,
ushbu kabel bir-
biridan izolyatsiyalangan bir nechta juft o’ralgan o’tkazgichlardan foydalanadi.
Simlarni o’rash tashqi manbalar elektromagnit maydon ta’sirini kamaytirish
imkonini beradi. Bugungi kunda eng ommaviy kabellar 5 va undan yuqori
kategoriyali kabellardir. Aynan ushbu kategoriyalardan boshlab juft o’tkazgichalar
har xil intensivlik bilan o’raladi, bu simlarning o’zaro ta’siri va bir biriga xalaqit
berishini kamaytirish imkonini beradi. O’rama juft
ekranlashgan va
ekranlashmagan bo’ladi. Agar kabel markirovkasi U harfidan boshlansa, bu kabel
ekranlashmaganligini bildiradi. S harfidan boshlansa, bu ekran sifatida simli o’ram
ishlatilayotganini
anglatadi, agar F harfidan boshlansa ekran sifatida folgadan
foydalanilganligini anglatadi.
U/UTP (Unshielded Twisted Pair) markirovkasi – bu oddiy ekransiz o’rama
juft. Masalan, F/UTP (Shielded Twisted Pair) kabel folga bilan ekranlashganini,
lekin o’ralgan o’tkazgichlarning o’zi ekranlashmaganini anglatadi. Ya’ni
birinchi
harf kabelning umumiy ekranini, “/” belgisidan keyingisi esa o’tkazgichlarning
o’zilarining ekranlashganini ko’rsatadi. F/FTP markirovkasi har bir juft folga bilan
ekranlashganini va qo’shimchasiga barcha juftlar folgali ekran bilan o’ralganini
anglatadi.
Agar kabelning kategoriyasi qanchalik yuqori uning bo’lsa uzatish tezligi va
o’tkazuvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Quyida kabel kategoriyasining
tezlikka va o’tkazuvchanligiga bog’liqligi bo’yicha qisqacha ma’lumot keltirilgan.