• 1-rasm. Detallarning chetlarini ezib, chokli payvandlab biriktirish
  • 10-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Uchta va undan ortiq detallardan iborat to‘plamni payvandlash Ishdan maqsad: Uchta va undan ortiqk detallardan iborat to‘plamning payvandlash ketma-ketligini o‘rganish va sifatli payvand choklar olish ko‘nikmasini




    Download 127.88 Kb.
    Sana24.04.2024
    Hajmi127.88 Kb.
    #206466
    Bog'liq
    10-amaliy mashg\'ulot BOB
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

    10-amaliy mashg‘ulot.
    Mavzu: Uchta va undan ortiq detallardan iborat to‘plamni payvandlash

    Ishdan maqsad: Uchta va undan ortiqk detallardan iborat to‘plamning payvandlash ketma-ketligini o‘rganish va sifatli payvand choklar olish ko‘nikmasini egallash.
    Bunday majmua qo‘shimcha tegish joylari paydo bo‘lishi va tashqi yupqa qismlarning ishonchli erishi qiyinligi tufayli jarayonni murakkablashtiradi. Agar tashqi tomonda qalinroq yoki qalinliligiga ko‘ra bir-biriga yaqin detallarga tursa, nuqtali va chokli payvandlash markaziy detalni paron eritgan holda qiyinchiliklarsiz amalga oshirish imkonini beradi. Tashqarida yupqa detallar joylashgan taqdirda esa qattiq rejimlar qo‘llaniladi.
    Murakkab hollarda, qalinligi teng bo‘lmagan detallarni payvandlashda bo‘lgani kabi, issiqlik muvozanati tekisligining siljishini boshqarishning texnologik usullaridan foydalaniladi. Chetlarini ezib, chokli payvandlash uchma-uch bajariladi. Detallar juda oz miqdorda (B=s) ustma-ust qo‘yilgan va issiqlik ko‘p miqdorda to‘planish tuyfali chetlari eziladi, pachoqlanadi, oksidlar maydalanib ketadi va uchma-uch birikish joyidan siqib chiqariladi.
    Payvandlash qattiq yoki suyuq o‘zak hosil qilgan holatlarda amalga oshirishi mumkin. Mazkur usul plastik qotishmalar, masalan, kam uglerodli po‘lat uchun qo‘llaniladi.
    a – payvandlashdan oldin; b – qattiq holatda payvandlashdan so‘ng
    1-rasm. Detallarning chetlarini ezib,
    chokli payvandlab biriktirish
    Ayni usul ustma-ust oddiy chokli payvandlashga nisbatan birikma-larning og‘iriligi kam va mexanik tavsiflari yuqoriroq hamda korroziyaga qarshi xossalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
    Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan tayyorlanadigan panellar nuqtali payvandlab biriktirilgan, orasiga nova-nova (gofrirovkalangan) to‘ldirgich qo‘yilgan ikki qoplamadan iborat bo‘ladi. Ustki qoplama bo‘lmaganda novalarni (to‘ldirgich)ni pastki qoplamaga payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Novalarni ustki qoplamaga uzil-kesil biriktirish qiyinroq kechadi. Buning uchun turli variantlardan elektr o‘tkazuvchan ikki ponali qistirma (5) dan yoki pona (3) yordamida ochiladigan, yo‘naltiradigan (4) da harakat-lanadigan elektrodlar (2) dan foydalaniladi.
    Harakatlananadigan qistirma va elektrodlarning siljitib payvandlash mashinasining ishi, ya’ni asosiy elektrodlarning kerilishi bilan sinxronlashtirilgan bo‘ladi. Ba’zan kanalga oson eruvchi metall, masalan aluminiy (6) quyiladi.
    Payvandlab bo‘lingandan keyin u eritib olib tashlanadi. Birinchi variant yassi panellarda, ikkinchi variant yassi yoki biroz egik panellarda, uchinchi variant esa ancha egik panellarda qo‘llaniladi. Agar panellarning asosan bir qavati biroz egik bo‘lsa, ularni yassi panel kabi payvandlab, keyin jo‘valarda deformatsiyalash mumkin.
    2-rasm. Uch qatlamli panelli payvandalash
    Nazorat savollari
    1. Uchta detaldan iborat to‘plamni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan namoyon bo‘ladi?
    2. Chetlarining ezib chokli payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini so‘zlab bering.
    3. Uch qatlamli panelni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
    4. Uchta va undan ortiq detallar to‘plami qanday payvandlanadi?
    5. Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan tayyorlangan detallar qanday payvandlanadi?
    Download 127.88 Kb.




    Download 127.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Uchta va undan ortiq detallardan iborat to‘plamni payvandlash Ishdan maqsad: Uchta va undan ortiqk detallardan iborat to‘plamning payvandlash ketma-ketligini o‘rganish va sifatli payvand choklar olish ko‘nikmasini

    Download 127.88 Kb.