|
Laboratoriya topshiriqlari va ularni bajarish uchun uslubiyBog'liq 1-Laboratoriya mashgulotlari bajarish bo\'yicha 1 амалий машгулотLaboratoriya topshiriqlari va ularni bajarish uchun uslubiy
ko’rsatmalar
Internet global tarmog’i bilan ulanish parametrlarini testlash uchun,
shuningdek, TCP/IP protokoli sozlamalarining to’g’riligini tekshirish uchun
yetarlicha ko’p miqdorda dasturiy vositalar mavjud. Masalan, MS Windows OTda
maxsus o’rnatilgan kompyuter dasturlari – utilitalar mavjud. Ushbu dasturiy
vositalar tarmoqda ulanishning ishinchliligini va boshqa bir qator muhim
parametrlarni baholash imkonini beradi va foydalanuvchi uchun juda foydali
hisoblanadi.
1-topshiriq
Tarmoqqa ulangan lokal (tarmoq) kompyuter IP-manzilini aniqlang va IP-
manzil bo’yicha tarmoqning qaysi sinfga (A,B,C) sinfga tegishli ekanligini
aniqlang.
MS Windows OTda kompyuter IP-manzilini aniqlash uchun IPCONFIG
utilitasidan foydalaniladi. Ushbu dasturni ishga tushirish uchun “Buyruqlar satri”
(«Пуск» - «Программы» - «Стандартные» - «Командная строка») oynasida
“ipconfig” buyrug’ini kiristish va “Enter” tugmasini bosish yetarli. Bu buyruq
bajarilishida kompyuter monitori ekranida barcha tarmoq adapterlari bo’yicha
TCP/IP ning asosiy konfiguratsiyalari chiqariladi (2.1-rasm).
2.1-rasm. TCP/IP protokoli parametrlarining joriy konfiguratsiyalari
Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiritiladi.
2-topshiriq.
Kompyuterning lokal tarmoqda uzel nomini aniqlash.
Kompyuterning lokal tarmoqda uzel nomini aniqlash uchun “Buyruqlar
satri” oynasida “hostname” buyrug’ini kiritsih va “Enter” tugmasini bosish
yetarli. Bu buyruq bajarilgandan so’ng monitor ekranida “Buyruqlar satri”
oynasida kompyuterning lokal tarmoqldagi uzel nomi haqida axborot paydo
bo’ladi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Kompyuterning lokal tarmoqdagi uzel nomi.
Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiritiladi.
3-topshiriq.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish tezligini aniqlash.
Tarmoqda ma’lumot uzatish tezligin aniqlash uchun, MS Windows OT bilan
ishlaganda TCP/IP protokoli sozlamalari to’g’riligini tekshiruvchi va tarmoqning
boshqa tugunlari bilan ulanishini testlovchi PING utilitasidan foydalanish
mumkin. Ushbu utilitaning ishlash prinsipi uncha katta bo’lmagan raqamli
ma’lumotlar paketini ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natishdan tashkil topgan.
Mavjud standartlar shuni taklif qiladiki, bunday paketni olgan istalgan tarmoq
adapteri manba manziliga javob yuborishi (raqamli paketlarni yuborishi) shart.
Agar javob belgilangan vaqtda kelmasa, unda ikki qurilma o’rtasida aloqa kanali
mavjud emas deb hisoblanadi. Agar “Buyruqlar satri” oynasiga “ping 127.0.0.1”
buyrug’i kiritilsa, unda u utilitaning o’zining to’g’ri ishlashini tekshirish imkonini
beradi (2.3-rasm). Odatda ma’lumot uzatish tezligini testlash uchun har biri 32
bitdan iborat bo’lgan 4 ta raqamli paket yuboriladi va yuborish – qabul qilish
vaqtlari o’rasidagi yaqinlik millisekundlarda (ms) aniqlanadi. Parametr (yuborish –
qabul qilish vaqti) multimedia ilovalari, tarmoq (on-line) o’yinlar va boshqalar
uchun alohida muhim. Bu ilovalar uchun ushbu parametr 500 ms dan oshib
ketmasligi shart. Agar bu parametr 200ms dan kam bo’lsa, unda server bilan aloqa
juda yaxshi deb hisoblanadi, agar parametr 200 ms dan ko’p bo’lsa, unda aloqa
qoniqarli yoki qoniqarsiz bo’ladi.
|
| |