uchun tarmoqni tarmoq ostilariga bo’lish va ularni yagona tarmoqqa
marshrurtizatorlar yordamida birlashtirish kerak.
Marshrutizator ko’p vazifali qurilmani o’zida nomoyon etadi,
uning
vazifalariga marshrutlash jadvalini shakllantirish,
marshrutni aniqlash, buferlash,
o’tkazilayotgan paketlarni fragmentlash va filtrlash, tarmoq interfeyslarini qo’llab-
quvvatlash kiradi. Marshrutizator OSI modelining tarmoq sathidagi bog’lanishlarni
ta’minlaydi.
Marshrutizatorlar bir xil yoki ma’lumot uzatish muhitlari turli xil bo’lgan
kompyuter tarmoqlarini bog’lash imkonini beradi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Laboratoriya ishini bajarishdagi asosiy vazifalar:
4.1. Marshrutizator parametrlarini model oynasida sozlash.
Laboratoriya ishining bajarilishi
4.1. Marshrutizator parametrlarini model oynasida sozlash.
Kompyuter tarmog’ining oddiy modelini yaratish
uchun marshrutizator
portlari ishining ba’zi parametrlarni sozlash talab etiladi. Ushbu holatda Cisco
Packet Tracer Cisco IOS operatsion tizimi
buyruqlaridan foydalanmasdan,
marshrutizator modeli oynasidagi Config bo’limidan foydalanib portlarni
soddalashtirilgan rejimda sozlashga o’tish imkonini beradi.
Ammo, eslatib o’tish joizki, sozlashlarning
bunday usulidan faqat
modellarda foydalanish mumkin, real qurilmalarda esa parametrlarni sozlash faqat
Cisco IOS bilan amalga oshiriladi.