Logical/Physical – ishchi maydon rejimini o’zgartirish;
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1. Tarmoq topologiyasini yaratish;
2. Oxirgi bog’lamalarni qo’shish;
3. Oxirgi bog’lamalarni tarmoq qurilmalari bilan bog’lash;
4. Boglamalarda IP-adreslar va tarmoq maskasini sozlash;
5. Real vaqt rejimida tarmoq ishini tekshirish.
Ishning bajarilishi
Cisco Packet Tracer dsaturini ishga tushiramiz. Dastur ishga tushgandan
so’ng simulyatorning bosh oynasi ochiladi (3.1-rasm).
1. Tarmoq topologiyasini yaratish.
Yangi tarmoqning topologiyasini yaratamiz, kerakli qurilmani va
bog’lanishni tanlaymiz.
Tarmoq topologiyasi turli xil tarmoq qurilmalari va bog’lanishlar bilan
shakllangan bo’lishi mumkin. Ushbu laboratoriya ishida biz oddiy tarmoq
qurilmalaridan foydalanamiz: konsentrator (hub), kommutator (switch), oxirgi
qurilma (kompyuterlar).
Network Component Box tarmoq qurish mumkin bo’lgan barcha taqdim
etilgan qurilmalardan tashkil topgan (3.2-rasm).
3.2-rasm. Qurilmalar va bog’lanishlar turlari.
2. Topologiyani qurish, bog’lamalarni qo’shish.
Tanlangan oxirgi qurilmaga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish
(3.3-rasm).
3.3-rasm. Oxirgi qurilmalar turlari.
Tanlangan oxirgi qurilmaga sichqonchaning chap tugmasini bir marta
bosish, bizning ishimiz uchun bu PC (3.4-rasm).
3.4-rasm. Oxirgi qurilmani tanlash.
Kursorni simulyatorning ishchi oynasi bo’ylab siljiting. Kursor “+” belgisi
ko’rinishida bo’lishi shart. Shichqonchani ishchi maydonning istalgan joyiga
bosing va siz tomondan tanlangan qurilma nusxalanadi. Ushbu protsedurani 3
marta bajaring va ishchi maydonda 4 ta PC bo’ladi (3.5-rasm).
3.5-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
3. Bog’lamalarga konsentrator va kommutatorni ulash.
Konsentratorlar (Hubs) guruhini tanlang, bu guruhdan birinchi modelni
tanlang (Hub-PT). konsentratorni PC0 va PC1 orasiga joylashtiring (3.6-rasm).
Konsentrator vazifasi yetarlicha oddiy: u bir portiga qabul qilgan paketni
boshqa barcha portlarida takrorlaydi.
3.6-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Dastlab ulanish turini tanlagan holda, PC0 ni Hub0 bilan ulaymiz. Ushbu
holat uchun to’g’ri ulanishli mis o’rama juft kabeli to’g’ri keladi (3.7-rasm).
3.7-rasm. To’g’ri ulanishli bog’lanishni tanlash.
PC0ni Hub bilan ulash uchun quyidagi amallarni bajaring (3.8-rasm):
1) PC0 ustiga sichqoncha bilan bir marta bosing;
2) FastEthernet interfoesini tanlang;
3) Kursorni Hub0 ustiga ko’chiring;
4) Hub0 ustiga bir marta bosing va potr 0 ni tanlang;
5) Ikki qurilma bog’lanishidagi yashil indikatorga e’tiboringizni qarating, bu
har ikkala qurilma ish haolatiga tayyor ekanligini bildiradi.
1
2
3
4
5
-
3.8-rasm. PC0 ni Hub0 ga ulash.
Yuqoridagi harakatlarni PC1 va Hub0 ni ulash uchun konsentratordan port 1
ni tanlagan holda takrorlang (3.9-rasm). Amalda port raqami ahamiyatga emas,
ammo portlarni ketma-ket egallash qulay hisoblanadi.
3.9-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Endi ishchi maydonga kommutatorni joylashtiramiz, masalan, 2950-24
modelini (3.10-rasm). 2950 seriyasidagi kommutatorlar oilasi tavsifini Cisco
Systems kompaniyasi saytidan topish mumkin. [
1
].
Kommutatorlar – bu OSI modelining kanal sathida ishlaydigan va bir nechta
bog’lamalarni yoki tarmoqning bir nechta segmentlarini bittaga birlashtiruvchi
qurilmadir. Kommutator konsentratordan farqli ravishda paketni ichki jadval –
kommutatsiya jadvali asosida trafikni u borishi mo’ljallangan portga yuboradi,
paketni barcha portlarida takrorlamaydi.
3.10-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
PC2 ni Switch0 bilan to’g’ri ulanishli mis o’rama juft kabelini tanlagan
holda ulaymiz.
Ulash uchun quyidagi amallarni bajaring (3.11-rasm):
1) PC2 ustiga sichqoncha bilan bir marta bosing;
2) FastEthernet interfoesini tanlang;
3) Kursorni Switch0 ustiga ko’chiring;
4) Switch0 ustiga bir marta bosing va FastEthernet0/1 ni tanlang;
5) Diqqat qiling, tarmoq to’g’ri ishlashi uchun har ikkala tarmoq qurilmalari
tayyor bo’lishi shart, buni yashil indikatorlar bildirb turadi. Konsentratordan farqli
ravishda kommutator bilan bog’lanish bir qancha vaqt olishi mumkin.
1
2
3
4
5
3.11-rasm. PC2 ni Switch0 bilan ulash.
PC3 ni Switch0 bilan ulash uchun yuqorida tavsiflangan amallarni
kommutatordan FastEthernet0/2 portini tanlagan holda takrorlang (3.12-rasm).
3.12-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Agar kursorni yashil indikator ustiga o’tkazsak, biz ushbu ulasnish qaysi
portda amalga oshirilayotganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi (3.13-rasm).
3.13-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
4. Xostlarda IP-adres va tarmoq osti maskalarini sozlash.
Xostlar orasida xabarlar almashishimiz uchun, dastlab qurilmalarda IP-
adreslar va tarmoq osti maskasini sozlashimiz lozim bo’ladi.
PC0 ga sichqoncha yordamida bir marta bosing. Oxirgi bog’lama
xususiyatlari oynasining Physical bo’limi ochiladi (3.14-rasm).
3.14-rasm. Oxirgi qurilma (kompyuter)ning Physical bo’limi.
Kompyuterning fizik ko’rinishini o’zgartirishsiz qoldiramiz, shuning uchun
birdaniga Config bo’limi sozlamalariga o’tamiz (3.15-rasm).
Laboratoriya topshiriqlari
Tarmoq modelini quyidagi jadvalda berilgan qurilmalardan foydalanib
quring
№ Kompyuterlar soni
Routerlar
soni
Switchlar
soni
IP-manzillar va
tarmoqlar*
1
10
2
3
Gateway 1 – 10.1.1.1/24,
Gateway 2 – 10.1.2.1/24,
Gateway 3 – 10.1.3.1/24
2
12
2
4
Gateway 1 – 20.1.1.1/24,
Gateway 2 – 20.1.2.1/24,
Gateway 3 – 20.1.3.1/24
Gateway 4 – 30.1.1.1/24
3
11
3
3
Gateway 1 – 10.2.1.1/24,
Gateway 2 – 10.2.2.1/24,
Gateway 3 – 10.2.3.1/24
4
8
2
2
Gateway 1 – 10.3.1.1/24,
Gateway 2 – 10.3.2.1/24,
5
12
2
3
Gateway 1 – 10.5.1.1/24,
Gateway 2 – 10.5.2.1/24,
Gateway 3 – 10.5.3.1/24
6
6
1
2
Gateway 1 – 10.4.1.1/24,
Gateway 2 – 10.4.2.1/24
7
12
3
3
Gateway 1 – 10.7.5.1/24,
Gateway 2 – 10.7.6.1/24,
Gateway 3 – 10.7.7.1/24
Qurilmalarni tanlash bo’yicha tavsiyalar:
Kompyuyter sifatida End Devices bo’limidan PC tanlanadi, router sifatida
esa Routers bo’limidan Cisco 1941 routerini tanlash tavsiya etiladi. Switch sifatida
Switches bo’limidan Cisco 2950T-24 kommutatorini tanlash tavsiya etiladi.
* Bu yerda Gateway Router interfeysi manzili.
1.
http://www.cisco.com/web/RU/products/hw/switches/ps628/ps627/index.ht
ml
.
|