• Global tarmoq
  • Laboratoriya ishi 4 Mavzu: Tarmoq texnologiyalari va Internet xizmatlari. Elektron pochta Ishning maqsadi




    Download 2,29 Mb.
    bet2/2
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,29 Mb.
    #126970
    1   2
    Bog'liq
    Laboratoriya 4

    Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
    Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.



    Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.

    Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.


    Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tash­kil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
    Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
    Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elek­tron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yor­damida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi.
    Tarmoqlarga yana Bluetooth, Wi-Fi, Wi-Max kabi vositalar ham kiradi.

    Internetda elektron pochtadan foydalanish uchun, avvalo, pochta xizmati ko‘rsatuvchi serverlarning birortasidan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Bular: www.ramler.ru, www.mail.ru, www.yandex.ru, www.yahoo.com, www.pochta.ru, www.mail.uz va boshqa elektron pochta xizmati ko‘rsatuvchi saytlar. Misol uchun: www.mail.ru sayti orqali elektron pochta ochmoqchi bo‘lsak quyidagilar bajariladi.



    1

    1. Internet Explorer dasturi, brauzeri ishga tushiriladi.



    2

    2. Brauzerning Адрес: oynasiga www.mail.ru yoziladi va [Enter] tugmasi bosiladi.


    3

    3. Sahifa ochilgach, o‘ng tomonidagi Почта bo‘limidan Регистрация в почте bandi bosiladi.





    4

    4. Elektron pochtani ro‘yxatdan o‘tkazishning umumiy ko‘rinishi

    5

    5. Dastlab ma’lumotlar oynasiga Ism, Familiya, tug‘ilgan sanasi, davlat yoki shahar, jinsingiz kiritiladi yoki tanlanadi

    6

    6. Foydalanuvchi nom tanlaydi. Masalan, umida bunday nomli foydalanuvchi bor bo‘lganligi sababli, qizil yozuv chiqadi va bizga boshqa nomlarni tanlash tavsiya qilinadi. Agar bunday nomli foydalanuvchi bo‘lmasa, yashil rangli yozuv chiqadi va biz tanlagan nom saqlanadi.



    8

    7

    7. Foydalanuvchi o‘ziga parol tanlaydi va uni takroran kiritadi.
    8. Parol esdan chiqqanda uni tiklash maqsadida Uyali telefon raqamini xalqaro standart bo‘yicha kiritadi, agarda uyali telefoni bo‘lmasa Yashirin savol (Секретный вопрос) tanlaydi va javob (ответ) yozadi.

    9

    9. Tasvirdagi belgilar Код на картинке oynasiga kiritiladi.

    10

    10. Oxirida Зарегистрироваться tugmasi bosiladi.



    11

    11. Natijada yangi electron pochta ochiladi, va ushbu sahifa paydo bo‘ladi.


    Yuqoridagi ketma-ketlik bajarilgach, Siz elektron pochtangizni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lasiz va Sizga pochta ochilganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
    Elektron pochtadan foydalanish
    E lektron pochtaga kirish uchun yuqoridagidek, www.mail.ru saytiga kirilgach, undagi ИМЯ: (Login) oynasiga elektron pochta (foydalanuvchi-Login) nomini, ПАРОЛЬ: oynasiga parolni kiritamiz. So‘ngra ВОЙТИ (yoki [Enter]) tugmasini bosamiz.
    Natijada elektron pochtamizning quyidagi oynasi hosil bo‘ladi.

    Ko‘rib turganimizdek, elektron pochta oynasida Bходящие, Сомнительные, Oтправленный, Черновики, Корзина kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z vazifasiga ega. Masalan,
    Входящие – elektron pochtaga kelib tushgan xatlar ro‘yxati,
    Сомнительные – noma’lum (shubhali) xatlar ro‘yxati,
    Отправленный – biz jo‘natgan(yuborgan) xatlar ro‘yxati,
    Черновики – vaqtinchalik (saqlangan, keyinchalik yuboriladigan) xatlar ro‘yxati,
    Корзина – o‘chirilgan xatlar, to‘liq o‘chirishga mo‘ljallangan xatlar ro‘yxati.
    Internetda xat yozish, jo‘natish uchun Написать письмо tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish uchun quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi: 

    1) КОМУ maydoniga biz yuborayotgan tegishli shaxsning (xat yuboriladigan) elektron pochta manzili kiritiladi.
    2) КОПИЯ maydoniga xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo‘natilishi zarur bo‘lganda, yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi (manzillar vergul bilan bir-biridan ajratiladi).
    3) СКРЫТАЯ maydoniga yuborilgan manzillarning yashirin ko‘rinishi.
    4) ТЕМА maydonida yozilayotgan xat mavzusi (sarlavhasi) ko‘rsatiladi. Mavzu kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi. 
    5) Keyingi katta darcha(oyna)ga yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo‘lgandan keyin OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi. Natijada ekranda xat jo‘natilganligi haqidagi xabar paydo bo‘ladi.
    Agar birorta faylni qo‘shib yubormoqchi bo‘lsak, Прикипление belgisining oldidagi [обзор...] tugmasini bosamiz. Bizdan faylning qayerda turganligini so‘raydi, faylni joyini ko‘rsatgandan so‘ng, oynada shu fayl turgan joyni ko‘rsatuvchi yozuv hosil bo‘ladi. Bir necha faylni qo‘shib yuborish uchun esa Прикипление tugmasini bosib yuqoridagi ketma-ketlik bajariladi, unda ikkinchi fayl qo‘shilganligini bildiruvchi yozuv chiqadi (uchinchi va hokazo o‘nta fayl ham shu tartibda qo‘shiladi) va nihoyat OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi.
    Bizga kelib tushgan xat mazmuni (bizga kelgan xatlar) bilan tanishish uchun Bходящие bo‘limiga kiramiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.

    Undan kerakli xatni yoki ixtiyoriy birorta xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmasini bosganimizda, ekranda kelgan xatning to‘liq matni hosil bo‘ladi. Yangi kelgan xatlar yoki o‘qilmagan xatlar quyuqroq (qalin) rang bilan alohida ajralib turadi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz ham mumkin.
    Download 2,29 Mb.
    1   2




    Download 2,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi 4 Mavzu: Tarmoq texnologiyalari va Internet xizmatlari. Elektron pochta Ishning maqsadi

    Download 2,29 Mb.