• Building
  • Laboratoriya ishi №6: Uslublar




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/29
    Sana17.03.2023
    Hajmi0.78 Mb.
    #45819
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    «Dasturlash tillari va texnologiyalari (C#, Python)»2-qism
    mantiqiy algebrada soddalashtirish, 8-sinf adabiyot fanidan testlar kitobi, 8-R-Y-ORGANIK-KIMYO-Z.-Sobirov-Oquv-qollanma-.-Toshkent-2005
    areaPerPerson() 
    uslub 
    tanasi 
    yagona 
    Console.WriteLine operatoridan tashkil topadi; (" " + area / occupants + " 
    bir odamga to`g`ri keladi").
    Bu operatorda area o`zgaruvchining qiymatini occupants o`zgaruvchi-
    ning qiymatiga nisbatini hisoblash orqali bir odamga to`g`ri keladigan bino 



    maydoni ko`rsatiladi. Building turidagi har bir ob`ekt o`zining area va 
    occupants qiymati nusxasiga ega bo`lganligi uchun, bir odamga to`g`ri 
    keladigan bino maydonini hisoblash jarayonida areaPerPerson() uslubni 
    chaqirish uchun, aniq chaqiruvchi ob`ektga tegishli bo`lgan ushbu 
    o`zgaruvchilarning nusxasidan foydalaniladi. 
    areaPerPerson() uslubi yopuvchi figurali qavs bilan tugallanadi, ya`ni 
    yopuvchi figurali qavs topilganda, dasturni boshqarish chaqiruvchi 
    ob`ektga uzatiladi. Endi e`tibor bilan Main() uslubidagi kod satrini ko`rib 
    chiqamiz: 
    house.areaPerPerson();
    Ushbu operator house ob`ekti uchun areaPerPerson() uslubini 
    chaqirib beradi. Ko`rayapsizki, buning uchun ketidan "nuqta" operatori 
    keladigan ob`ekt nomidan foydalaniladi. Uslub chaqirilganda, dastur 
    boshqarilishini amalga oshirish uslub tanasiga uzatiladi, u tugatilgandan 
    so`ng esa boshqaruv chaqiruv muallifiga qaytariladi hamda bevosita 
    uslubni chaqirishdan keyin joylashgan dastur matni satridan boshlab 
    dasturni bajarish qaytadan boshlanadi. 
    Bu holda house.areaPerPerson() chaqirish natijasida, house ob`ekti 
    tomonidan belgilangan bino uchun, bir odamga to`g`ri keladigan maydon 
    miqdori ko`rsatiladi. 
    Xuddi shunday office.areaPerPerson() ni chaqirish natijasida office 
    ob`ekti ko`rsatgan bino uchun bir odamga mos keluvchi maydon miqdori 
    ko`rsatiladi. Boshqacha qillib aytganda, har gal, areaPerPerson() uslubi 
    chaqirilganda, berilgan ob`ekt tomonidan berilgan bino uchun odamga mos 
    keluvchi maydon miqdori ko`rsatiladi. 
    Shunga e`tibor bering. area va occupants nusxaning o`zgaruvchilari 
    areaPerPerson() uslub ichida hech qanday atributlarsiz qo`llaniladi, ya`ni 
    ulardan oldin na ob`ekt nomi, na "nuqta" operatori bo`lmaydi. Bu juda 
    muhim: agar uslub o`z sinfidagi nusxaning o`zgaruvchisini ishga solsa, u 
    buni to`g`ridan-to`g`ri "nuqta" operatorisiz hamda ob`ektni bahona 
    qilmasdan amalga oshiradi. Bu esa mantiqan to`g`ri. Axir uslub doimo aniq 
    bir sinfga mansub bo`lgan ob`ekt uchun chaqiriladi. Demak, chaqiruv 
    amalga oshirilgan bo`lsa, ob`ekt ma`lum bo‘ladi. Shunday qilib, uslub 
    ichida ob`ektni ikkinchi marotaba ko`rsatishning hojati bo`lmaydi. Demak, 

    Download 0.78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish