|
Laboratoriya ishi Navigatsiyani loyihalshtirish Ishdan maqsad
|
bet | 1/2 | Sana | 19.09.2020 | Hajmi | 359,05 Kb. | | #11430 |
Laboratoriya ishi
Navigatsiyani loyihalshtirish
Ishdan maqsad.
Kompyter tizimlari foydalanuvchisi, ixtiyoriy dasturiy ta’minot yoki veb-saytning grafik interfeysida, o’zi uchun zarur soha yoki ma’lumotni topib undan foydalana olish imkoniyatini navigatsiyalar yordamida ifoda etish, ularning zaruriyatini o’rganish.
Nazariy qism.
Navigatsiya ( lotincha “Navigo” so’zidan kelib chiqib “Navigatio” – “kemada suzayapman” ma’nosini anglatadi) — fan va texnikada, mustaqil harakatlanish mexanizmiga ega vositalarning ma’lum bir muhitda harakatlanish jarayonida, uning harakati va marshrutini ifodalovchi tushuncha.
Tajriba ishi davomida navigatsiya sifatida, foydalanuvchi veb-saytda bajarayotgan hatti-harakati ko’rib chiqiladi. Veb-sayt sifatida – http://mover.uz tanlandi, foydalanuvchi uchun talab etilayotgan hatti-harakat – saytdagi qayd yozuvi parolini qayta tiklash.
Ishning bajarilishi.
http://mover.uz – saytida ro’yhatga olingan foydalanuvchi o’z parolini unutgan va parolni qayta tiklash talab etilgan taqdirda, foydalanuvchi quyidagicha bir nechta hatti-harakatlarni amalga oshirishi talab etiladi. Har bir foydalanuvchi harakati bosqich, yoki qadam sifatida ko’rib chiqilib, ular navigatsiyani tashkil qiladi.
Foydalanuvchi internet tarmog’iga ulanib, ixtiyoriy brauzer dasturining adreslar satriga sayt adresini kiritgan holda, saytga tashrif buyuradi. Ekranda sayt sahifasi aks etishi bilan, u o’z parolini qayta tiklashdagi qadamlarini bajarishni boshlaydi.
qadam.
Foydalanuvchi saytning yuqori qismida joylashgan “Avtorizatsiya” yozuviga bosadi.
1.1-rasm. “Avtorizatsiya” yozuvi.
qadam.
“Avtorizatsiya” yozuvi bosilganda, alohida yangi forma hosil bo’ladi. Bu – saytda avtorizatsiyadan o’tish formasi bo’lib, undagi parol ma’lumot maydoni yaqinida “Unutdingizmi?”, deb nomlangan yana bir yozuv joylashgan. Foydalanuvchi ushbu yozuvga bosgan holda keyingi oynaga o’tishi kerak bo’ladi.
1.2-rasm. Avtorizatsiya formasi va “Unutdingizmi?” yozuvi joylashgan soha,
qadam.
Ochilgan yangi sahifada, parolni qayta tiklash uchun talab etiladigan ma’lumotlarni kiritish formasi aks etadi.
|
| |