|
Hozirgi zamon analitik kimyosining echiladigan muammolariga ko‘ra TASNIFI
|
bet | 2/6 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 4,49 Mb. | | #105406 |
Bog'liq 1-Laboratoriya mashg\'ulotHozirgi zamon analitik kimyosining echiladigan muammolariga ko‘ra TASNIFI
Analitik kimyo fanining salohiyati quyidagi uch muhim muammoni xal etishga qaratilgan.
1. Analizni barcha turlariga xos bo‘lgan umumiy masalalarini xal etish (masalan, analiz natijalari aniqligini belgilab beruvchi metrologiya masalalari).
2. Analizni yangi usullarini bunyod etish
3. Analizni konkret moddalar analiziga doir (masalan, pestitsidlar yoki narkotik moddalar analizi) muammolarni xal etish.
Xal qilinishi lozim bo‘lgan maqsadga muvofiq analiz turlari quyidagilarga bo‘linadi:
sifat analizda – modda qanaqa elementlardan yoki qanaqa komponentlardan tarkib topganligi aniqlanadi
miqdoriy analizda – moddadagi element yoki aralashma komponentlarining miqdoriy nisbatlari aniqlanadi.
Analizning bu ikki turi o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, ularni keskin chegaralab bo‘lmaydi.
Aniqlanuvchi zarralar tabiatiga ko‘ra molekulyar, izotop, funksional guruh analizlari ham mavjud.
Molekulyar analizda aralashmadagi molekula turlari, masalan gazlar aralashmasining tarkibi analiz etilsa, funksional analizda organik molekula tarkibidagi funksional guruh turlari aniqlanadi.
KIMYOVIY SIFAT ANALIZINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Analitik reaksiya – elementning borligiga dalolat beruvchi, tashqi analitik samara bilan boradigan reaksiyalar.
Reagent – aralashmadagi ion (modda)ni ochib beruvchi reaktiv
Maxsus reaksiyalar – tashqi samarasi (belgisi) murakkab aralashmadagi faqat bir ion (momolekula)ga xos bo‘lgan analitik reaksiya
Selektiv reaksiyalar – tashqi belgisi ayrim ionlargagina xos bo‘lgan analitik reaksiyalar
Guruh reaksiyalari – tashqi belgisi bir guruh ionlari uchun xos bo‘lgan analitik reaksiyalar bo‘lib, tegishli reagent guruh reagenti deb ataladi.
Analitik reaksiyalarning sezgirligi – aniqlanuvchi ionning ochilishi mumkin bo‘lgan minimal miqdori, to‘rtta o‘zaro bog‘langan o‘lchamlar bilan tavsiflanadi.
Ochish minimumi – m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo‘lgan modda (ionning) minimal massasi (mikrogrammlarda ifodalanadi 1 mkg = 10 –6g)
Minimal hajm – ion (modda)ning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo‘lgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (Vmin)
Chegaraviy konsentratsiya (Vlim) – ayni reaksiya vositasida ochilishi mumkin bo‘lgan ionni g/sm3 birlikda ifodalangan minimal konsentratsiyasi
Suyultirish chegarasi (W) – tarkibida 1g aniqlanuvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (sm3/g birlikda ifodalanadi).
Sezgirlikni to‘rttala o‘lchami quyidagicha uzviy bog‘langan:
m=Сlim х Vmin х 106= Vmin х 106/Vlim
Analizni o‘tkazish uslubi bo‘yicha
1.Sistematik analiz – guruh reagentlari ta’sirida ionlarni analitik guruhlarga ajratishga asoslangan. Aniqlashlar ionlar guruhi doirasida, ma’lum izchillikda olib boriladi.
2.Kasrli analiz– analiz qilinuvchi eritmaning ayrim ulushlaridan ionlarni maxsus yoki selektiv reagentlar bilan bevosita aniqlash
3.Tomchi analizi – filtr (xromatografik) qog‘ozi yoki buyum oynasida analiz qilinuvchi eritma va reagent tomchilarining ta’sirlashuviga asoslangan
4.Xromatografik analiz – aralashma tarkibidagi komponentlarning qo‘zg‘aluvchan faza ta’sirida qo‘zg‘almas (statsionar) fazadagi xarakat tezliklarining farqiga asoslangan.
5. Mikrokristalloskopik analiz – kimyoviy individual moddaning buyum oynasida hosil qilgan kristallarining shakli, rangi va o‘lchamini mikroskop ostida kuzatish
|
| |