|
Laboratoriya mashg’uloti №1 Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari. Xavfsizlik texnikasi, kimyoviy uskunalar va ularni ishga tayyorlash
|
bet | 6/6 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 4,49 Mb. | | #105406 |
Bog'liq 1-Laboratoriya mashg\'ulotAnalitik belgilar
|
Misol
|
1. Xarakterli cho’kma hosil bo’lishi
|
3Fe2+ + 2[Fe(CN)6]3– ↔ Fe3[Fe(CN6)]2↓
|
2. Eritma rangining o’zgarishi
|
Cu2+ + 4NH3 ↔ [Cu(NH3)4]2+
(havorang eritma)
|
3. Gaz ajralishi
|
FeS + 2H+ ↔ Fe2+ + H2S↑
(xarakterli hid)
|
4. Issiqlik chiqishi yoki yutilishi
|
HCN + NaOH → NaCN + H2O
(issiqlik chiqishi bilan)
CaSO4 + 2H2O → CaSO4·2H2O
(issiqlik yutilishi bilan)
|
5-jadval
kationlarning kislota-asosli analiz metodi bo’yicha
klassifikatsiyasi
Guruh
|
Kationlar
|
Guruh reagenti
|
Birikmalarning eruvchanligi
|
I
|
Na+, K+, NH4+,
|
Mavjud emas
|
Xloridlar, sulfatlar va gidroksidlar suvda eriydi.
|
II
|
Ba2+, Sr2+, Ca2+
|
1M H2SO4 eritmasi + C2H5OH
|
Sulfatlar suvda erimaydi.
|
III
|
Al3+, Zn2+, Cr3+, Sn(II), Sn(IV), As(III). As(V)
|
Mo’l 6M NaOH eritmasi + 3% H2O2
|
Gidroksidlar suvda erimaydi, lekin mo’l ishqorda eriydi.
|
IV
|
Fe2+, Fe3+, Mg2+, Mn2+, Bi3+, Sb(III), Sb (V)
|
Mo’l kons. NH3·H2O
|
Gidroksidlar suvda, mo’l ishqorda va ammiakda eri-maydi.
|
V
|
Co2+, Ni2+, Cd2+, Cu2+, Hg2+
|
Mo’l kons. NH3·H2O
|
Gidroksidlar suvda mo’l ishqorda erimaydi, lekin mo’l ammiakda eriydi.
|
VI
|
Ag+, Pb2+, Hg22+
|
2M HCl eritmasi
|
Xloridlar suvda erimaydi
|
Usulning afzalligi
Kislota-asosli analiz usuli boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
1. Oddiy, qimmat baho reaktivlar talab qilinmaydi, talabaning o’zlashtirishi oson;
2. Vodorod sulfidli usuldan farqli zaharli vodorod sulfid ishlatilmaydi bu usulda asosiy reagentlar: vodorod xlorid va sulfat kislota, ishqor, ammiakli suv ishlatiladi;
3. Uslubiy tomondan juda qulay bo’lib, analiz davomida talaba asosiy birikmalardan: xloridlar, sulfatlar, gidroksidlar va ammiakli suvning xossalarini o’rganadi.
Usulning kamchiliklari
Kislota-asosli usulda ayrim qiyinchiliklar sababli ba’zan analiz yo’llarini o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Oltinchi guruhdagi qo’rg’oshin (II) ioni vodorod xlorid bilan AgCl va Hg2Cl2 birgalikda suvda qisman eruvchan PbCl2 ko’rinishda cho’ktiriladi. Suning uchun u qisman boshqa guruh kationlari o’tib qoladi. Ayrim vaqt V guruhdagi Cu2+ ionini gidroksidi ma’lum miqdorda ortiqcha NaOH da eriydi.
Sb3+ va Sb5+ ning NaOH yoki KOH ga munosabatining har xilligi, Mg(OH)2 ning ortiqcha ammiakda va ammoniy tuzlarida erishi, CaSO4 ning suvda eruvchanligi va boshqalar kationlarni aniq guruhlarga ajratishga olib kelmaydi.
Analiz davomida BaSO4, SrSO4, CaSO4 larni karbonatlarga aylantirish qiyin.
Agar analiz qilinadigan aralashmada fosfat ioni bo’lsa, analizni kislota-asosli usul bilan olib borib bo’lmaydi.
Bunday hollarda halaqit beruvchi anionlar yo’qotiladi yoki analiz ammiak-fosfatli usul bilan olib boriladi.
1-sxema
kislota-asosli analiz metodi bo’yicha kationlarni
guruhlarga ajratish
Analiz qilinadigan eritma
6n HCl + 2n H2SO4
Eritma (III-V guruh kationlari)
Cho’kma ( II, IV guruh)
PbCl2, PbSO4, BaSO4, CaSO4, SbOCl, SrSO4, SbO2Cl
2n NaOH + 3%-li H2O2
Eritma (III, V guruh)
Al(OH)63-, Zn(OH)42-, Sn(OH)62-, CrO42-, AsO43-,
K+, Na+, NH4+
Cho’kma (IV, V guruh)
Fe(OH)3, H2MnO3, Co(OH)3, Cd(OH)2, Ni(OH)2, Cu(OH)2,
Mg(OH)2, SbO(OH)3
2n Na2CO3, NH3(mo’l), t
Cho’kma (IV guruh)
Fe2(OH)2CO3, MnCO3, Mg2(OH)2CO3, SbO(OH)3
Eritma (V guruh)
[Cu(NH3)4]2+, [Cd(NH3)4]2+,
[Co(NH3)6]3+, [Ni(NH3)6]2+
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya mashg’uloti №1 Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari. Xavfsizlik texnikasi, kimyoviy uskunalar va ularni ishga tayyorlash
|