|
Laboratoriya mashg’uloti №1 Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari. Xavfsizlik texnikasi, kimyoviy uskunalar va ularni ishga tayyorlash
|
bet | 3/6 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 4,49 Mb. | | #105406 |
Bog'liq 1-Laboratoriya mashg\'ulotAsosiy amallarni bajarish uslubi
Cho‘ktirish: sentrifuga probirkasidagi eritmaga cho‘ktiruvchi reagentdan qo‘shib chayqatiladi. Dastlabki eritmaning hajmi 2sm3 dan ortiq bo‘lmasligi kerak
Isitish: suv hammomida olib boriladi
Eritmani bug‘latish uni konsentrlash maqsadida bajariladi: asbest to‘r ustida forfor kosacha yoki tigelda qizdirish bilan olib boriladi. Quruq qoldiq sovitilgandan so‘ng eritilib probirkaga o‘tkaziladi.
Sentrifugalash – eritmani cho‘kmadan ajratish uchun qo‘llaniladi. Sentrifuga probirkalarida bajariladi.
Sentrifuga bilan ishlash qoidasi:
1.Sentrifuganing qarama-qarshi uyalariga 2 ta (aniqlanuvchi eritma va posongi) probirka joylashtiriladi
a) elektrik sentrifuga uyalariga 2 tadan kam bo‘lmagan probirkalar joylashtiriladi; b)sentrifuga qopqog‘i zich berkitiladi; v) elektr tarmog‘iga ulanib, aylanish tezligi tanlanadi; g) 1-2 min davo-mida sentrifuga qopqog‘i ochilmagan holatda aylantiriladi; d) sentrifuga to‘liq to‘xtagandan so‘ng qopqog‘i ochilib, probirkalar olinadi. Cho‘kish to‘laligi tekshirib ko‘riladi. Buning uchun sentrifugat (probirkadagi tiniq eritma)ga 1-2 tomchi cho‘ktiruvchi qo‘shiladi. Agar eritma tiniqligicha qolsa, cho‘kish to‘la bo‘lganligini bildiradi. Aks holda cho‘ktirish qayta takrorlanadi. Cho‘kma ustidagi tiniq eritma aloxida probirkaga ajratib olinadi.
Cho‘kmani yuvish - kristall cho‘kmalar distillangan suv, amorflari esa kuchli elektrolit (masalan, NH4NO3) eritmasi bilan yuviladi. Buning uchun cho‘kmaga 1-2 ml erituvchi suyuqlikdan qo‘shib shisha tayoqcha bilan cho‘kma aralashtiriladi va sentrifugalanadi.
Cho‘kmani eritish – unga kislota, ishqor, ammiak va boshqa eritmalarni qo‘shish bilan bajariladi.
Ekstraksiyalash – yarim mikroprobirkalarda yoki ajratuvchi voronkada bajariladi. Probirkadagi eritmaga 5-20 tomchi organik erituvchi qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Qatlamlar tiniqlashgach, ular ajratib olinadi.
Reaksiyalarni bajarish. Hamma reaksiyalar kimyoviy toza idishlarda o‘tkaziladi.
Probirkada bajariladigan reaksiyalar. Yarim mikroprobirkalar (probirkalar)da bajariladi. Probirkaga 3-5 tomchi analiz qilinuvchi eritma solib, tegishli muhit hosil qilingach, ustiga probirka devorlariga tegizmasdan 2-3 tomchi reagent qo‘shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, 1-2 min so‘ng tashqi samara (belgi) kuzatiladi.
Mikrokristalloskopik reaksiyalar – yog‘sizlantirilgan (yog‘sizlantirish uchun spirt va efir aralashmasi ishlatiladi) buyum oynasida bajariladi. Buyum oynasiga shisha tayoqcha bilan analiz qilinuvchi eritmadan bir tomchi qo‘shilib, yoniga bir tomchi reagent joylashtiriladi. So‘ngra ikkala tomchi shisha tayoqcha yordamida birlashtiriladi. Zarur bo‘lsa, eritma bir oz bug‘latiladi. Agar reaktiv qattiq holatda bo‘lsa, uning kichik zarrachasi analiz qilinuvchi eritmaning chetiga joylashtiriladi. 1-2 min dan so‘ng hosil bo‘lgan kristallar mikroskop ostida kuzatiladi.
Tomchi reaksiyasi - filtr qog‘ozida o‘tkaziladi. Analiz qilinuvchi eritma kapillyar yordamida qog‘ozga o‘tkaziladi. So‘ngra dog‘ markaziga boshqa kapillyar yordamida reaktiv qo‘shiladi. Dog‘ diametri 0,5sm dan oshmasligi kerak.
Cho‘ktirish xromatografiyasi reaksiyalari – tomchi reaksiyalar kabi filtr qog‘ozda bajariladi. Xromatografik dog‘lar bir biridan ajralishi uchun dog‘ markaziga suv tomiziladi.
Puch tajriba – aniqlanuvchi ion bo‘lmagan eritmaga reagent tomizib bajariladi.
Nazorat tajribasi – aniqlanuvchi ion mavjud bo‘lgan eritmaga reagent qo‘shib bajariladi.
Puch va nazorat tajribalar analiz natijalarida ikkilanish bo‘lgan hollarda asosiy tajriba bilan parallel holda solishtirish uchun o‘tkaziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya mashg’uloti №1 Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari. Xavfsizlik texnikasi, kimyoviy uskunalar va ularni ishga tayyorlash
|