|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq fizika-fanini-oqitishda-dasturiy-vositalar-va-virtual-laboratoriyalarACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 613 www.ares.uz
oʻquvchilar tomonidan xaqiqiy bilish imkoniyatlariga mos keladigan yangicha oʻqitish
usulini joriy etishdan iborat boʻladi".[1]
Fizika fanini pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishda oʻquvchilarning
intellektual salohiyatlarini rivojlanishiga yoʻnaltirilgan ilmiy-uslubiy tadqiqotlar eng
muhim dolzarb muammolar boʻlib, fizik hodisaning kompyuter modellari orqali
oʻquvchilarning tafakkurlari rivojlantiriladi.
Hozirgi paytda fizik hodisalarning modellarini, virtual fizik tajribalarni
kompyuter texnologiyalari yordamida bajarish maktab oʻquvchilarining intellektual
salohiyatlarini rivojlanishiga amaliy taʼsir koʻrsatadi.
Koʻplab fizik hodisalarning kompyuter modellari fizik hodisani tushuntirish
uchun juda oson boʻlib, oʻquvchilarning bilish qobilyatlarini, tasavvurlarini
rivojlanishiga xizmat qiladi. Masalan, moddiy nuqta, ideal gaz, garmonik ossilyator,
Rezerford tajribasi modeli, zaryadli zarrachalar shular jumlasidandir.
Fizik modellarni taʼlim sohasida ham keng qoʻllaniladi. Virtual fizik
eksperimentlar shaklidagi oʻquv kompyuter modellari fizikani oʻqitishdagi oʻrni yuqori
darajada.
Virtual fizik eksperimentlar fizika boʻyicha standart laboratoriya ishlarini vizual
namoyish qilishdan tashqari sinf xonasida bajarib boʻlmaydigan turli fizik hodisalarni
ham demonstratsiya qilish mumkin boʻladi. Bu oʻquvchilarning aqliy tafakkurlarini
rivojlanishiga asos boʻlishidan kelib chiqib, fizika fanini pedagogik dasturiy vositalardan
foydalanib oʻqitishni yo'lga qo'yish va bu orqali oʻquvchilarning intelektual
salohiyatlarini rivojlantirishning ilmiy uslubiy tadqiqotlarini olib borish asosiy
maqsadlarimizdan biriga aylanishi lozim.
Fizikani eksperimental qismsiz o'rganish mumkin emas. Ta'limning yangi
standartlariga o'tish zaruriyati, o'quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish
zaruriyati haqida ko'p gapirish mumkin.
|
| |