• Mamlakatninig iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi
  • Latviya Kirish Mamlakatninig umumiy tavsifi Mamlakatninig iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi Mamlakatninig assosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili




    Download 289,25 Kb.
    bet2/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi289,25 Kb.
    #243784
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Latviya

    Mamlakatninig umumiy tavsifi

    Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2018 yil ikkinchi choragi hisobotiga ko‘ra Latviya nominal YaIM hajmi 35.917 mlrd. AQSh dollari, XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo‘yicha esa 18,047 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 99 orinidagi mamlakat . Ushbu kompaniya tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 49.45 mlrd. AQSh dollari bashorat qilinmoqda535. Latviya 1999 yil 10 fevralda Butunjahon Savdo Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan536.
    Latviya kichik ko‘lamli va ochiq iqtisodiyot bo'lib, eksport Yalpi ichki mahsulotning yarmidan ortig'ini tashkil etadi. Uning qulay geografik joylashuvi hududda transport va xizmatlar sohasining ustunlikka egaligi, qishloq xo'jaligi, yog'ochni qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik hamda elektronika sanoati yuqori darajada rivojlangan. Hozirda korruptsiya to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun to'siq bo'lib qolmoqda. Latviyada tug'ilishning pastligi va aholi sonining qisqarishi uning uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy muammo bo‘lib hisoblanadi. Latviya Shimoliy Yevropada eng tez rivojlanayotgan mamlakat hamda Yevropa Ittifoqning yagona bozori tarkibiga kiradigan iqtisodiyotdir.


    1. Mamlakatninig iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi

    Asrlar davomida Hanseziya va Germaniya ta'siri ostida, so'ngra urushlar mustaqillik davrida Latviya geografik joylashuvini Sharqiy-G'arbning muhim savdo sherigi va markazi sifatida qaralgan. Sanoat mahalliy bozorlarga xizmat qilib, yog'ochsozlik, qog'oz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari esa Latviyaning asosiy eksportiga aylandi. Aksincha, Rossiya imperiyasi va sobiq Ittifoqi davrida Latviya milliy iqtisodiyotini mintaqaviy bozorlar bilan birlashtirmoqchi bo'lganlar. Bu mamlakatlarning yirik ichki sanoat rivojiga kata ta‘sir ko‘rsatdi.
    19-asrning ikkinchi yarmida Latviyada sanoatlashish boshlandi va 20-asrning oxiriga kelib mamlakat Boltiqbo'yi davlatlarining eng yirik sanoatiga aylandi. Latviyaning 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so'ng, mamlakat bozor iqtisodiyotiga o'tishi natijasida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. 1990-yillarning o'rtalarida boshlangan iqtisodiyotni diversifikatsiya qilindi. XXI asrning boshlarida Latviyadagi sanoat markazlari xususiylashtirshga erishildi 2008 yil o'rtalarigacha Latviya Yevropada eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega edi. 2003 yilda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 7,5 foizni, inflyatsiya 2,9 foizni tashkil etdi. Sobiq Ittifoq davrining markaziy rejalashtirilgan tizimi erkin bozor tamoyillariga asoslangan tizimga almashtirildi. 2005 yilda yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi 70 foizni tashkil etdi. Yengil sanoat va Riga mintaqaviy moliyaviy hamda tijorat markazi sifatida paydo bo'lishi davlatning sanoat sektori, qishloq xo'jaligining qisqarishiga sabab bo‘ldi. Rasmiy ishsizlik darajasi 7% -10% gacha saqlanib qoldi.
    Latviya iqtisodiyoti 2008 yilning ikkinchi yarmida kreditlashdagi spekulyasiyadan uzoq muddatli va ko'chmas mulk qiymatlarining real bo'lmagan inflyatsiyasidan so'ng barqaror moliyaviy bosqichiga o'tdi. Masalan, 2007 yil uchun milliy daromadlar taqchilligi yiliga yalpi ichki mahsulotning 22 foizidan ko'pini tashkil etgan bo'lsa, inflyatsiya 10 foizga o'sdi. 2009 yilga kelib ishsizlik 23 foizga oshdi va Yevropa Ittifoqida eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi. 2010 yildan buyon iqtisodiy ahvol yaxshilandi, Latviyada XVFning (IMF) boshqaruvchi direktori Kristin Lagardning kuchli o'sishi bashoratlarini ko'rsatgan muvaffaqiyat sifatida baholandi. Latviya iqtisodiyoti 2015 yilda 6,5 foizga, 2016 yilda esa 6,6 foizga o'sdi. Ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, YaIM esa inqirozgacha bo'lgan darajada pastligicha qolmoqda.



    1. Download 289,25 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 289,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Latviya Kirish Mamlakatninig umumiy tavsifi Mamlakatninig iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi Mamlakatninig assosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili

    Download 289,25 Kb.