|
LATVIYADA INFLYATSIYA KO'RSATKICHLARI
|
bet | 5/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 289,25 Kb. | | #243784 |
Bog'liq LatviyaLATVIYADA INFLYATSIYA KO'RSATKICHLARI
Indeks
|
Ma'nosi
|
Davr
|
Iste'mol narxlari indeksi CPI
|
144 ind. P.
|
Sentabr 2023 yil
|
Oziq-ovqat inflyatsiyasi
|
5,7 %
|
Sentabr 2023 yil
|
Yil davomida inflyatsiya darajasi
|
3,3 %
|
Sentabr 2023 yil
|
Oylik inflyatsiya darajasi
|
-0,4 %
|
Sentabr 2023 yil
|
Asosiy iste'mol narxlari indeksi (CPI)
|
130 ind. P.
|
Iyul 2023 yil
|
Asosiy inflyatsiya darajasi
|
8,1 %
|
avgust 2023 yil
|
Kommunal xizmatlar uchun CPI
|
162 ind. P.
|
Sentabr 2023 yil
|
Transport uchun CPI
|
135 ind. P.
|
Sentabr 2023 yil
|
Uyg'unlashtirilgan iste'mol narxlari indeksi (CPI)
|
144 ind. P.
|
avgust 2023 yil
|
Mamlakatninig ishsizlik darajasi analizi
2017 yilning uchinchi choragida Latviyada ish bilan bandlik darajasi 63,60 foizgacha o'sdi. 2017 yil 2-choragida 62,60 foizni tashkil etdi. 2002 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davr oralig‘ida o'rtacha 57,50 foizni tashkil etdi va 2017 yilning uchinchi choragiga kelib 63,60 foizni tashkil etdi. 2010 yilning birinchi choragida past rekord darajadagi ko'rsatkich 50,80 foizni tashkil etdi
3-rasm. Latviyada ishsizlik darajasining yillar mobaynida o’zgarishi (2008- 2018 yil birinchi choragi)
2017 yilning to'rtinchi choragida Latviyada ishsizlar soni 8,1 foizgacha pasaydi, bu o'tgan yilgi 8,5 foizdan. 2008 yilning uchinchi choragidan buyon ishsizlik darajasi eng past ko'rsatkich bo'lib qolmoqda, chunki ishsizlar soni 4,4 mingdan 79,7 mingga kamaydi, ish bilan bandlar soni 902,2 ming kishidan 0,7 ming kishiga tushdi. Shunday bo'lsada, Latviya ishsizligi darajasi Boltiqbo'yi davlatlari orasida eng yuqori (Estoniyada 5,3 foiz va Litvada 6,7 foiz). 2017 yilga kelib ishsizlik darajasi 8,7 foizni tashkil etdi. Latviyada ishsizlik darajasi 2002 va 2017 yillar oralig'ida o'rtacha 11.63 foizni tashkil etdi. Bu 2010 yilning birinchi choragida 21,30 foizni tashkil etgan va 2007 yilning to'rtinchi choragida esa rekord darajadagi ko'rsatkichdan 5,30 foizgacha o'sgan.
Xulosa va takliflar:
O'zbekiston Respublikasi bilan Latviya o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 3-noyabr kuni o‘rnatilgan. Latviya Elchixonasi Toshkentda 1992 yilda ochilgan. O‘zbekiston Elchixonasi esa Latviya poytaxti Rigada 1995 yilda ish boshlagan. O‘zbekiston Latviyaning Markaziy Osiyo hududidagi muhim va asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2013 yilning mayida Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs tashrif buyurdi. Uzluksiz tarzda Tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy konsultatsiyalari o‘tkazilib turiladi va bundan tashqari iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi yi‘gilishlari olib boriladi. 2011 yilning 1 yanvaridan 2012 yilning 31 dekabriga qadar Latviya respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi NATO Elchixonasining majburiyatlarini bajargan. 1994 yil noyabr oyida O‘zbekistondagi LAtviya elchisi va 2002 yilning avgustida tayinlangan Latviyadagi O‘zbekiston elchilari paytida o‘zaro ikki tomonlama aloqa sifat darajasi bo‘yicha yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekistondagi Latviya Respublikasi favqulotda va muhtor elchisi – Edgars Bondars va Latviyadagi O‘zbekiston Respublikasining favqulotda va muhtor elchsi – Afzal Ortikov.
1998 yildan Latviya-o‘zbek hukumatlararo komissiyasi ish boshlagan. Komissiya vazifalariga mutaxassislar darajasida ikki ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalarini ko‘rib chiqish va taklif berish kiradi. 2013 yilning 18-19 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Komissiyaning navbatdagi 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda transport, ta‘lim, turizm, qishloq xo‘jaligi va boshqa masalalarga tegishli savollar muhokama qilindi. Ikkii mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikka tegishli masalalarni ko‘rib chiquvchi yaxshi huquqiy asoso yaratilgan.Latviyaning oily o‘quv yurtlari o‘zbek talabalari uchun Evropa Ittifoqi darajasida ta‘lim olishni taklif qiladi. Latviyada ta‘lim olayotgan chet el talabalarining soni jihatidan O‘zbekiston 3 o‘rinda turadi. 2013 yilda O‘zbekistondan borib tahsil olayotgan talabalar soni 366 kishiga etdi. Oliy o‘quv yurtlari ko‘plab mutaxassisliklar bo‘yicha ta‘lim olishni taklif qiladi. Bank va moliya ishi, texnik ta‘lim, tibbiyot, aviatsiya va boshqalar shular jumlasidandir547.
2014 yil shu yilning 27-29 may kunlari Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinsh boshchiligidagi katta delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning doirasida ikki davlat rahbarlarining yuqori darajadagi uchrashuvi, O'zbekLatviya biznes-forumi, ikki davlat ishbilarmonlari uchun koperatsion birja tashkil etildi. Latviya Iqtisodiyot vaziri Vyacheslavs Dovrovskis - Munosabatlarimiz doimiy xarakter kasb etishida Latviya Savdo sanoat palatasi vakolatxonasining Toshkentda ochilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta'kidlashim kerakki, Latviya iqtisodiyotida bugun xususiy tadbirkorlar katta ulushga ega. Mamlakatda ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng sharoitlar yaratilgan. Erkinlik bilan birga, ularning majburiyatlari ham aniq belgilab berilgan. Hukumat ular tomonidan ilgari suriladigan tashabbuslar, ya'ni chet ellik hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish va biznes g'oyalarni amalga oshirish tashabbuslariga suyanadi. G'oyalar muzokaralar asosida biznes rejalar va aniq loyihalarga aylanganda ularga hukumat tomonidan ko'mak zarur bo'lishi mumkin. Shunda hukumat o'z vakolatlari doirasida ularni qo'llab-quvvatlaydi. Bugungi kunda O'zbekitonda 21 ta, mening mamlakatimida esa 402 ta O'zbekLatviya kapitali asosida ochilgan korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bizning vazifamiz ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, mamlakatda biznes muhitni yaxshilashdan iborat.
2018-yilning 14-aprel kuni O'zbekiston Tashqi savdo vazirligida Latviya Seymi raisi Inara Murnietse boshchiligidagi Latviya delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi. Inari Murnietse so‘zlariga ko'ra, Latviya transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor beradi. Shu munosabat bilan Latviya delegatsiyasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlari o'rtasida aviaparvozlar sonini ko'paytirish masalasini ko'rib chiqish taklif etildi. O'z navbatida, o'zbek tomoni yuk tashish tariflari, shu jumladan temir yo'l transporti orqali tashish uchun chegirmalar taqdim etish masalasini ko'rib chiqishni taklif qildi. «Latviya, O'zbekistonning muhim hamkori bo'lib, uning geografik joylashuvi va rivojlangan transport infratuzilmasi hisobiga Respublikamizning tashqi savdosida muhim rol o'ynaydi. Mavjud transport koridor, Latviyaning Riga va Liepaya shaharlari portlariga chiqishga imkon beruvchi mavjud transport koridori har ikki yo'nalishda yuk tashish hajmini yanada oshirish uchun sezilarli salohiyatga ega. Ikki mamlakat transport tizimlari orqali tovarlarni tranzit qilish uchun tariflarni optimallashtirish, O'zbekiston va Latviya hududlari bo'ylab yuk tashish hajmini sezilarli darajada oshiradi».
Tomonlar, iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiya majlisidan oldin, savollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini tasdiqlashdi. Ta'kidlash joizki, HK ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Latviya tomoni, komissiyaning kelgusidagi majlisi tartibini Latviya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K. Gerxardsning O'zbekistonga tashrifi doirasida muhokama qilinishi haqida ma‘lumot berdi. Hukumatlararo muzokaralardan tashqari, Latviya parlamenti a'zolari ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatishga imkon beruvchi O'zbekiston-Latviya bizneskengashini tashkil etishni taklif qildilar.Uchrashuv doirasida Latviya delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasining Boltiqbo'yi mintaqasida savdo-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surishga tayyor ekanini ta'kidladi. Xususan, ayrim masalalarni muhokama qilish uchun Latviya Respublikasi faol ishtirok etadigan «Shimoliy-Boltiqbo‘yi Sakkizligi» (NB-8) maydonidan foydalanish taklif etildi. Uchrashuv doirasida Latviya tomonidan Farg'onada "Turizm, mehmonxona va restoran xizmatlari" yo'nalishi bo'yicha Axborot tizimlarini boshqarish oliy maktabi filialini ochish va shuningdek, kata tajriba to‘plashga ulgurgan elektron hukumat va yashil texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilishda qiziqish bildirildi
|
| |