|
Lazerlarning yaratilish tarixi gaz lazerlar reja: I. Kirish
|
bet | 8/21 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 54,47 Kb. | | #263539 |
Bog'liq Lazerlarning yaratilish tarixi gaz lazerlar-www.hozir.org(20.3) shartga keltiriladi. Bu yerda 0() - kuchaytirish koeffitsiyentining intensivliklar kichik bo‘lgandagi, ya’ni to‘yinish effekti hisobga olinmagan holdagi qiymati (to‘yinmagan kuchaytirish koeffitsiyenti). (20.3) munosabat tenglikka aylanganda generatsiyaning bo‘sag‘a shartlariga erishilgan bo‘ladi. Yuqorida aytilganlarga mos ravishda generatsiyaning statsionar quvvati quyidagi shart bilan aniqlanadi: (20.4) (20.5) shartlarni topamiz. (20.4) yoki (20.5) shartlar statsionar generatsiya shartlari deyiladi. Yuqorida kiritilgan f kattalik energiyaning nisbiy isroflari yoki qisqacha isroflar deyiladi. Ba’zan f kattalik o‘rniga rezonatorning aslligi deb ataladigan Qr kattalikdan foydalaniladi. Tebranuvchi sistemaning asilligi deb, sistemada jamg‘arilgan energiyaning sistemadan tebranishning bir davrida chiqayotgan energiyaga nisbatiga aytiladi. Optik rezonatorlarda yuqorida aytilgancha ta’riflangan asllik f isroflarga (20.6) munosabat orqali bog‘langan, bu yerda q – rezonatorning L uzunligida joylashgan yarim to‘lqinlar soni. Spontan nurlanishning aktiv rezonatorda kuchaytirilishi va nihoyat, shu rezonatorning kogerent nurlari generatorlariga aylanishi avtotebranuvchi sistemalarda generatsiya o‘z-o‘zidan uyg‘ongan vaqtda rivojlanib boradigan jarayonlarga juda o‘xshashdir. Bunday sistemalarda tebranuvchi sistema bilan tebranishlarni ta’minlab turgan energiya manbai o‘rtasidagi musbat teskari bog‘lanish muhim rol o‘ynaydi. Induktiv musbat teskari bog‘lanishning mohiyati qiyosan sodda bo‘lishini elektron lampali tebranish generatorida ko‘rishimiz mumkin. Optik kvant generatorlarida ko‘zguli rezonator nurlanish maydoni bilan uning energiya manbai- aktiv muhit o‘rtasida musbat teskari bog‘lanish vujudga keltiradi. Rezonatorning ko‘zgulari tufayli yorug‘lik oqimi aktiv muhitda ko‘p marta tarqaladi (shu bilan u kuchayadi). Bu hol generatsiyaning o‘z-o‘zidan uyg‘onishi hamda uni davom ettirish uchun zarur. Lekin rezonatorning lazer ishidagi vazifasi maydon energiyasining zichligini aktiv muhitda ko‘paytirishdangina iborat bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘xshashlikka asosan, avtotebranuvchi rejimning vujudga kelishi uchun teskari bog‘lanish musbat bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, sistemada bo‘lgan hamda teskari bog‘lanish kanali orqali kelayotgan tebranishlar o‘rtasida qat’iy sinfazalik mavjud bo‘lishi shart.
|
| |