• 2.3.. Uzluksiz ishlovchi geliy-neon lazeri
  • Lazerlarning yaratilish tarixi gaz lazerlar reja: I. Kirish




    Download 54,47 Kb.
    bet9/21
    Sana13.06.2024
    Hajmi54,47 Kb.
    #263539
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
    Bog'liq
    Lazerlarning yaratilish tarixi gaz lazerlar-www.hozir.org

    Bundan ko‘rinadiki optik kvant generatorlari fizikaning turli sahalarida paydo bo‘lgan uchta asosiy g‘oyaga asoslangan. Birinchi g‘oya Eynshteynga tegishli bo‘lib, u kogerent bo‘lmagan issiqlik nurlanishi nazariyasida majburiy chiqarish jarayoni mumkin ekanligini postulat qilib aytgan. Ikkinchi asosiy g‘oya muvozanatda bo‘lmagan termodinamik sistemalardan foydalanish bo‘lib, bu sistemalarda elektromagnitik to‘lqinlar yutilmasdan, balki kuchayishi mumkin (V.A.Fabrikant, 1940 yil). Nihoyat, radiofizika sohasiga tegishli bo‘lgan uchinchi g‘oya - kuchaytiradigan sistemani avtotebranuvchi sistemaga, ya’ni elektromagnitik kogerent to‘lqinlar generatoriga aylantirish uchun musbat teskari bog‘lanishdan foydalanishdan iborat.

    2.3.. Uzluksiz ishlovchi geliy-neon lazeri

    Geliy-Neon lazerlari quvvati bir necha o‘n millivattga teng monoxromatik yaxshi dasta nurlantiradi, impulsli va uzluksiz rejimlarda ishlaydi, tuzilishi sodda va ishlatilishi qiyosan bexatardir. Bunday lazerlar spektrning ham ko‘rinuvchan, ham infraqizil sohalarida nurlanish hosil qiladi. Ular nurlanishning to‘lqin uzunligi spektrning ko‘rinuvchi sohasida uning qizil qismiga (l=632,8 nm) to‘g‘ri kelib, spektrning infraqizil sohasida esa to‘lqin uzunligi 1150 va 3390 nm ga teng. Bunday turdagi asboblar laboratoriyada qo‘llaniladigan lazerning keng tarqalgan turi bo‘lib qoldi, bunda nurlanishning parametrlariga qo‘yilgan talablar yuqorida ko‘rsatilgan shartlar bilan cheklanadi. Geliy-Neon lazerining prinspial chizmasi (20.2-rasmda ko‘rsatilgan). Bu erda 1-diametri bir necha millimetr va uzunligi bir necha o‘n santimetrdan 1,5 m gacha va undan ortiq bo‘lgan gaz razryad shisha trubkasi. Trubkaning ko‘ndalang yoqlari trubka o‘qiga Bryuster burchagi hosil qilib joylashgan yassi parallel shisha yoki kvars plastinkalar bilan yopilgan. Bu plastinkalarning trubka o‘qi bo‘yicha tarqalayotgan hamda plastinkalarda yorug‘lik tushish tekisligida qutblangan nurlanish uchun qaytarish koeffitsiyentlari nolga teng.

    rasm. Geliy va neon lazerning prinsipial chizmasi


    Download 54,47 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




    Download 54,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lazerlarning yaratilish tarixi gaz lazerlar reja: I. Kirish

    Download 54,47 Kb.