|
Kukun metallurgiyasining rivojlanishi tarixi
|
bet | 7/13 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 140,26 Kb. | | #146999 |
Bog'liq Lecture 1 - 1.3. Kukun metallurgiyasining rivojlanishi tarixi
- Umuman olganda kukun metallurgiyasining usullari dunyodagi eng qadimiy materiallar ishlab chiqarish usullaridan xisoblanadi. Masalan temir rudalarni maydalab uni ko’mir kukunlari bilan aralashtirib temir kukunlarni ishlab chiqarish eramizdan avvalgi zamonlardan ma’lum bo’lgan. Kukun metallurgiya usuliga tegishli bo’lgan qadimiy manbalar eramizdan avvalga 3000 yillarga to’g’ri kelib bunda Misrda topilgan temir asosli rudalarning strukturasini o’rganish jarayonida aniqlangan. Bundan tashqari xuddi shu usulda qadimiy Xitoyda buddalarning xaykallari yasalgan.
Bu borada olimlarning fikricha keramik materiallar ishlab chiqarishi jarayoni xuddi kukun metalurgiyasining jarayoni kabi bo’lgani uchun, keramik materiallar ishlab chiqarishda giltuproqdan foydalanilgan bo’lsa, shu paytlarda uni o’rnini metall kukunlari bilan almashtirishga urinishlar bo’lgan deb xisoblashadi. O’rta osiyo xududlarida qadimiy Xorazm yerlarida topilgan mexnat qurollari eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli bo’lib uning strukturasini o’rganishda aynan temir kukunlaridan ishlab chiqarilgani aniq bo’lgan. Bu topilgan mexnat qurollarni ishlab chiqarish olimlarning fikriga ko’ra quyidagi bosqichlarda bo’lgan: temir rudasi yaxshilab maydalangan va uni yog’ochko’mir bilan aralashtirilgan, aralashma maxsus qozonlarda qizdirilgan, buni natijasida juda toza mayda temir kukunlari xosil bo’lgan. Bu borada olimlarning fikricha keramik materiallar ishlab chiqarishi jarayoni xuddi kukun metalurgiyasining jarayoni kabi bo’lgani uchun, keramik materiallar ishlab chiqarishda giltuproqdan foydalanilgan bo’lsa, shu paytlarda uni o’rnini metall kukunlari bilan almashtirishga urinishlar bo’lgan deb xisoblashadi. O’rta osiyo xududlarida qadimiy Xorazm yerlarida topilgan mexnat qurollari eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli bo’lib uning strukturasini o’rganishda aynan temir kukunlaridan ishlab chiqarilgani aniq bo’lgan. Bu topilgan mexnat qurollarni ishlab chiqarish olimlarning fikriga ko’ra quyidagi bosqichlarda bo’lgan: temir rudasi yaxshilab maydalangan va uni yog’ochko’mir bilan aralashtirilgan, aralashma maxsus qozonlarda qizdirilgan, buni natijasida juda toza mayda temir kukunlari xosil bo’lgan.
|
| |