12-rasm. AB rusumidagi vertikal avtoklav
Ochiladigan sferik qopqog’da 1 ehtiyot klapan 13 va sinov quyiladigan kran 15 joylashgan. Qopqoq tagida mahsulot sterilizatsiyalangan keyin bir meyorda sovutish uchun ishlatiladigan aylana barbotyor joylashgan. Bu aylana barbotyorga suv tarmog’idan shlang orqali patrubka 14 yordamida suv keladi. Qopqoqni ochib-yopish oson bo`lishi uchun unta prosang 12 biriktirilgan.
Qopqoq va korpus flanetslari 15 sektordan iborat zaxvat yordamida jips yopiladi. Zaxvat belbog’lagich 2 richagli sistema yordamida qisiladi.
Avtoklav ichiga metall savatlar elektrtelfer yordamida ustma-ust quyiladi.
Avtoklavlar vertikal holda montaj qilinadi. Vertikallik holati 3 ta shoqul yordamida tekshiriladi. Avtoklav chuqurlikda joylashtiriladi. AB-2 rusumli avtoklav uchun chuqurlik 2,2 m ; AB-4 uchun 3 m bo`lishi kerak. Avtoklav bir-biridan aylana bo`ylab 2,0944 radius (1200) burchak ostida joylashgan 3 ta oyoqlarida AB-2 avtoklav uchun fundament maydonchalarda, AB-4 uchun fundament maydonchalar yoki polda o`rnatiladi. Avtoklavlar o`rtalaridagi montaj oralig’i- ular markazlari orasidagi masofa 2 m dan kam bo`lmasligi kerak. Ikki qator o`rnatilganda qator orasidagi masofa 3,5 m avtoklav korpusi poldan 0,3 m ga chiqib turishi kerak. Avtoklav o`rnatiladigan chuqurliplar havo kirib chiqadigan ventillyatsiya bilan ta`minlanishi kerak.
Gorizontallik va vertikallikdan og’ish 1 m uzunlikda 0,2 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 5 mm, yuqoridan ko`rinishda montaj o`qlari bo`yicha og’ish ± 5 mm ni tashkil qilishi talab etiladi.
Avtoklavning gorizontallik va vertikallik holati tekshirilgandan keyin (rostlash uchun po`lat tiqinlar ishlatiladi) avtoklavga bug’, qisilgan havo, suv, kondensat trubalari ulanadi.
Avtoklav 0,525 MPa bosim ostida sinovdan o`tkaziladi.
Simobli shisha termometr shkalasi 200º C gacha, manometr 0,6 MPa (6 kg∙k/sm2) gacha shkalasi bo`lishi kerak.
|