|
O`rnatish o`lchamlaridan og`ish qiymatlari quyidagicha
|
bet | 14/22 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #15808 |
O`rnatish o`lchamlaridan og`ish qiymatlari quyidagicha:
Gorizontallik yoki vertikallikdan og`ish - 0,3 mm 1 m uzunlikda;
Balandlik belgisi bo`yicha:
gorizontal apparat - 10 mm;
vertikal apparat- 5 mm
Yuqoridan ko`rinishda montaj o`qlari bo`ylab og`ish - 10 mm
Apparat o`rnatilgandan keyin germetiklikka sinovdan o`tkazadilar va ichiga 0,3 MPa bosimiga bug` beriladi. 10 daqiqa ushlab turiladi, bosim kamaytiriladi va hamma payvand choklar tekshiriladi.
Vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi (9-rasm) silindr qobiq 12 va uning ikki chekkasiga trubalar 11 mahkamlangan truba panjaralar 3 va 9 dan tarkib topgan. Trubalar o`rami qurilmani butun hajmini ikkiga bo`ladi: 1) truba bo`shlig’i; 2) trubalararo bo`shliq. Truba panjaralari 3 va 9 silindrik qobiqqa payvandlash usulida mahkamlangan. Qurilma qobig’iga boltli flanetsli birikma yordamida elliptik qopqoq 1 va taglik 7 mahkamlangan. Isituvchi agent va mahsulotning kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq va qopqoqlarda patrubkalar o`rnatilgan. Mahsulot trubalar bo`shlig’iga yo`naltirilib, yuqori qopqoq patrubkasi 1 dan kirib pastki taglik patrubkasi 8 dan olib chiqiladi. Isituvchi agent trubalararo bo`shliqqa yo`naltirilib, silindrik qobiqning pastki patrubkasi 6 ga kirib, qobiqdagi yuqorigi patrubka 4 dan olib chiqiladi. Muhitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi.
Isituvchi trubalar truba panjarasiga payvandlash yoki razvaltsovka usullari yordamiga mahkamlanadi. Qurilma poydevor asosga tayanch oyoqlar 5 yordamida o`rnatiladi.
|
| |