• 2 Pay va n d l as h m a te r i al l a r i n i t a n l
  • P a y va n d l a s h po l a t si m i
  • S i m m a r k as i Mn C
  • 3 Pay va n d l a s h j i x o z l a r i n i t a n la s
  • 4. Pay va nd k o n s t r u k si y a s i n i s i f a t na
  • Lecture 12 Mavzu: Mashina qismining payvand strukturasi nazorati




    Download 0.54 Mb.
    bet2/2
    Sana03.04.2021
    Hajmi0.54 Mb.
    #14034
    1   2
    1-rasm. Po‘lat list o‘ramlari
    Zagotovka eni 172 mm va qalinligi 2 mm bo‘lgan sovuqlayin juvalangan o‘ram xolatidagi listdan iborat. To‘rtta o‘ram kran yordamida maxsus saqlagich aravaga ikki xolatli, ya'ni birinchisi ishchi, ikkinchisi zaxira xolatiga ega o‘ramni yoyuvchi uskuna shpindeliga yetkazib berishi uchun o‘rnatiladi.

    1-jadval


    Nomer

    Jarayon

    Ishlov beriladigan detal tasviri

    1.

    Po‘lat listni uzatish




    2.

    Tomonlardagi notekislikni
    ketkazish




    3.

    Markirovka shtampovkasi




    4.

    Obodani bukish



    5.

    Eritib uchma – uch
    payvandlash



    6.

    Payvand shlagini olib
    tashlash





    7.

    Payvand chokini prokatlash



    8.

    Yon tomondagi payvand
    shlaklarinidan tozalash



    9.

    Sovutish



    10.

    Qayta yumoloqlash



    11.

    Konus shaklini berish



    12.

    1-shaklni berish





    13.

    2-shaklni berish



    14.

    3-shaklni berish



    15.

    Yakuniy kengaytirish -
    kalibrlash



    16.

    Ventil uchun teshik ochish



    17.

    Diskni obodaga presslab
    joylash



    18.

    Diskni obodaga payvandlash






    2 Payvandlash materiallarini tanlash va ularni asoslash
    Fаоl himоyalоvchi gаzr. Fаоl himоyalоvchi gаzlаr qizigаn vа suyuq mеtаlldа yoki singiydi, yoki ulаr bilаn kimyoviy rеаksiyagа kirishаdi. Fаоl himоyalоvchi gаzlаr sifаtidа po`lаtlаr uchun kаrbоnаt аngidrid gаzi vа mis qоtishmаlаrini pаyvаndlаshdа аzоt gаzi ishlаtilаdi.

    Kаrbоnаt аngidrid gаzining sоlishtirmаоg‘irligi hаvо sоlishtirmаоg‘irligidаn tаxminаn 1,5 mаrtа оg‘ir bo`lgаni uchun himоyalаsh jаrаyoni birmunchаоsоn kеchаdi.

    Kаrbоnаt аngidrid himоyalоvchi gаzining sаrf miqdori mo`ljаldаgidаn ko`prоq
    оlinаdi.
    Kаrbоnаt аngidrid gаzi quyidаgi xususiyatlаrgа egа:
    – bоsim оshgаnidа suyuqliqkа аylаnаdi;
    – bоsimsiz sоvitilgаnidа qаttiq hоlаtgа – quruq muzgа аylаnаdi;
    – quruq muz hаrоrаt оshgаnidа suyuq hоlаtgа o`tmаsdаn, to`g‘ridаn-to`g‘ri
    gаzgа аylаnаdi.
    2 gаzi ГОСТ 8050-85 аsоsan tаyyorlаnаdi vа 3 tа nаvdа yеtkаzib bеrilаdi:
    – оliy nаvli – CО2 tozaligi99,8%;
    – 1 nаv – CО2 tozaligi 99,5%;
    – 2 nаv – CО2 tozaligi98,8%.
    Pаyvаndlаsh ishlаri uchun CО2 gаz yoki suyuq hоlаtdа kеltirilаdi.Suyuq hоlаtdаgi CО2 mаxsus qurilmа yordаmidа gаz hоlаtigа o`tkаzilib so`ng pаyvаndlаsh jоyigа quvur o`tkаzgichlаr yordаmidа yеtkаzib bеrilаdi.

    0°C vа 760 mm simоb ustuni bоsimidа 1 kg suyuq kаrbоnаt аngidrid
    bug‘lаngаnidа 506,8 dm3 gаz hоsil bo`lаdi.
    Suyuq CО2 40 litr suv sig‘imigа egа bo`lgаn bаllоndа25 kgоg‘irlikdа bo`lаdi vа gаz hоlаtigа o`tgаndа12,6 m3 hаjmni egаllаydi. Payvandlash simidan qoplamli elektrodlaning criydigan o'zaklari yasaladi. Flyus ostida va muhofaza gazlari

    muhitida payvandlashda payvand sim eriydigan qoplamsiz elektrod sifatida ishlatiladi.

    Payvandlash po'lat simi
    ГОСТ 2246-70 «Payvandlash po'lat simi»ga ko‘ra payvand sim 3: 0.5; 0.8;
    1: 1.2: 1.4: 1.6: 2; 2.5; 3.0; 4:5:6; 8; 10 va 12 mm diamctrda ishlab chiqariladi. Birinchi yctti diametrli simlarasosan himoya gazlari muhitida yarim avtomatik va avtomatik payvand- lashga mo'ljallangan. Flyus ostida yarimavtomatik va avtomatik payvandlash uchun 2 6 mm diamctrli sim ishlatiladi. Diametri 1.6-12.0 mm bo'lgan simdan elektrodlaning o'zaklari tayyorlanadi. Sim og'irligi ko`pi bilan

    40 kg ga boradigan buxta-o‘ram tariqasida ishlab chiqariladi.
    ГОСТ 2246-70 kimyoviy tarkibi turlicha bo lgan po`lat simlarning quyidagi
    77 ta rusumini ishlab chiqishni nazarda tutadi:
    tarkibida 0,12% gacha uglerod bo‘lgan va oz hamda o`rtacha uglerodli, shuningdek, ba‘zi bir kam legirlangan polatlarni payvandlashga mo‘ljallangan kam uglerodli similar, ular jumlasiga. Св -08, Св-08А. Св-08ЛА, Св-08ГА, Св -1ОГЛ. Св-10Г2 lar kiradi.

    Tegishli rusumlardagi kam legirlangan polatlarni payvandlashda ishlatiladigan marganes, kremniy, xrom, nikel, molibden va titan bilan legirlangan simlar; bunday simlarga jami 30 rusum sim, shu jumladan Св-08ГС, Св-08Г2С, Св-12ГС va boshqa simlar kiradi;

    d) maxsus po‘latlarni payvandlash va eritib yopishtirish uchun mo‘ljallangan ko‘p legirlangan Св - 12X11 НМФ. Св - 12X13, Св-08Х14ГНТ va boshqa rusumdagi similar, jami 41 ta rusum.

    Simning sirti toza va silliq, kuyindisiz, zanglamagan va moysiz bo‘lishi kerak. Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan usullarida ishlatiladigan sim sirtiga mis qoplab chiqarilishi mumkin.Chiqarilgan har qay'si sim partiyasida sertifikat bo‘lishi kerak.Unda sim qaysi zavodda ishlab chiqarilgani.simning nomi va po‘lat markasi, po‘latning kimyoviy tarkibi, sinash natijalari. vazni va boshqa zarur maMumotlar ko'rsatiladi.

    Tadqiqotchilar K.V. Lyubavskiy va N.M. Novojilov 50-yillarning boshlarida karbonat angidrid gazining himoya muhitida payvandlash usulini ishlab chiqdilar, bu usul hozirgi vaqtda hamma mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda.

    2-jadvalda turli po'latlarni payvandlashda ishlatiladigan payvandlash simlarining
    ba'zi bir markalari ko'rsatilgan.
    2-jadval


    Marka

    Ishlatilishi

    Св-08 ГС



    300-400 A tok bilan uglerodli va kam legirlangan po‘ltlarni

    payvandlash uchun

    Св-08 Г2С



    600-750 A tok bilan uglerodli va kam legirlangan po‘ltlarni

    payvandlash uchun

    Св-10 ХГ2С



    Puxtaligi oshirilgan kam legirlangan po‘latlarni payvandlash

    Uchun

    Св-10 ХГ2СМ

    15XMA tipidagi issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun

    Св-08 ХГСМФ

    20XMФ tipidagi issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun

    Св-08 Х3ГСМ

    30XГСА tipidagi po‘latlarni payvandlash uchun

    Св-08 Х14ГТ

    Св-08 Х17Т




    X13, X17 tipidagi xromli po‘latlarni payvandlash uchun

    Св-06 Х19Н9Т

    Св-08 Х19Н10Б



    OX18H0, OX18H0T markali karroziyaga bardoshli po‘latlarni

    payvandlash uchun



    Tariflardan ko`rinib turibdiki mening konstruksiyam uchun payvandlash materiali sifatida CО2 gаzi ГОСТ 8050-85 аsоsan tаyyorlаngаn– оliy nаvli – CО2 tozaligi99,8% ni tanlayman.

    Bu gaz bilan , HR 420LA – kam legirlangan po`latini payvandlash uchun Св-



    08Г2С ГОСТ 2246-70 payvandlash simining 1.2 mm diametrligidan foydalanaman.
    3-jadval


    Sim
    markasi

    Mn

    C

    Si

    Cr

    Ni

    S;P

    vazifasi

    Ko`p emas

    Св-
    08Г2С

    1-2.1

    0.11

    0,05

    0,2

    0,25

    0,03

    CО2 gаzi
    ostida payvandlash uchun

    3 Payvandlash jixozlarini tanlash va asoslash
    Hozirgi kunda texnika rivojlanib bormoqda. Seriyalab ishlab chiqarishda robotlashgan payvanlash jixozlari keng qo‘llanilmoqda. Bu albatta kam ishchi talab etadi va sifatli chok olish yaxshilanadi. Avtomobil diskasini payvandlashda

    4,6 va 8 ta chok mavjud bo‘lib manipulyator bir vaqtning o‘zida bir nechta chok xosil qilishi mumkin. Bunday payvandlash manipulyatorlarini YASKAVA MOTOMAN, PANASONIK kampaniyalarini misol keltirish mumkin. Bu monipulyatorlar ko‘p funksiyali bo‘lib xar qanday payvandlash usulini ishlatsa boladi.
    4. Payvand konstruksiyasini sifat nazorati
    G‘ildirak disklarni yigish jarayonida, g‘ildirak gardishi bilan gildirak diski bir-biriga ximoya gazi muxitida yoyli payvandlanadi. Disk detallarini yoyli payvandlash jarayonida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga bir qancha omillar ta‘sir ko‘rsatadi.

     Material qalinligi;

     Transformator orqali yoyli payvandlash jarayoniga yetkazib berilayotgan tok kuchi va kuchlanish;
     Dastgoxning texnik soz xoldaligi;

     Operator tomonidan dastgoxning tugri sozlanganligi;

     Ishlatilayotgan extiyot qismlar sifati;

    Ximoya gazi ning miqdori;

     Payvandlash tezligi;

     Ishlatilayotgan ximoya gazi turi;

     Ishlatilayotgan ximoya gazi sifati;

     Disk bilan gardishni bir-biriga presslash yo‘li bilan briktirishdagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklar;


    Ushbu omillar mahsulot sifatiga quyidagicha ta‘sir ko‘rsatadi:

    1. Material qalinligining o‘zgarishi mahsulot sifatiga quyidagicha ta‘sir
    ko‘rsatadi;

    Xar qanday payvandlanuvchi material payvandlash uchun unga payvandlash ko‘rsatkichlari tanlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning asosiylari; payvandlanish xolati, payvand chok uzunligi, payvandldash tezligi, ximoya gazi sarf miqdori, tok kuchi (Amper) va kuchlanish (Volt)lardir. Tok kuchi va kuchlanishlarni roslashda asosan material qalinliga e‘tibor beriladi .

    Ushbu ko‘rsatkichlar noto‘gri tanlanishi natijasida, payvand chok va mahsulot yuzasiga shlaglar yopishib qoladi; payvandlash jarayonida xarorat ortib ketadi; briktirilayotgan materiallar teshilib qoladi va xokazolar sodir bo‘lishi kuzatilishi mumkin.



    4-rasm.Disk detallarini bir biriga briktirish usuli.
    2. Transformator orqali yoyli payvandlash jarayoniga yetkazib berilayotgan tok kuchi va kuchlanishlarning noto‘gri rostlanganligi natijasida quyidagi nomuvofiqliklar xosil bo‘lishi mumkin;
    Payvand chokning payvandlanuvchi material ichiga kirish miqdori ozayib ketadi.


    5-rasm. Payvand chokning materialga botishi.
    a. Payvand chok va detal yuzalariga shlaglar yopishib qoladi. b. Payvand sim va ximoya gazi sarfi oshadi.

    c. Payvandlash gorelkasi ehtiyot qismlari ishlash muddati qisqaradi.



    6-rasm. G‘ildiraklarni payvandlashda ishlatiladigan gorelkalar ko‘rinishi va
    ularning turi.
    3. Dastgoxning texnik soz xolat bo‘lmasligi natijasida quyidagi nomuvofiqliklar xosil bo‘lishi mumkin;
    a. Yoyli payvandlash dastgoxiga mahsulot yetib kelishidan oldin maxsus sensor yordamida g‘ildirak belgilangan xolatga keltiriladi. Ushbu sensor yaxshi ishlamasligi natijasida gildirak belgilangan xolatdan chetga chiqib ketadi. Buning natijasida payvand chok belgilanmagan joyga quyiladi.

    b. Payvandlash gorelkasi xolati rostlovchi rezbali brikmalarning rezbasi nosoz xolatga kelishi natijasida, sozlangan dastgox tinimsiz tebranib turadi. Buning oqibatida payvand chokning bir tekkisda quyilishi ta‘minlanmay qoladi. Payvand chok sifati yomonlashadi.
    c. Dastgoxga urnatilgan ximoya gazi reduktorlari yaxshi ishlamay qolishi. Buning natijasida payvand chokida xosil qilinishi kerak bo‘lgan muxit sifati yomonlashadi. Sarflanayotgan gaz miqdorining nazorati yuqoladi

    d. Ximo gazi keluvchi shlangning yorilib qolishi va xar xil begona jismlar tikilib qolishi natijasida payvand chokiga yetarlicha ximoya gazi yetib kelmaydi/ ximoya gazi bosimi pasayib ketadi. Buning natijasida payvand chokida xosil qilinishi kerak bo‘lgan muxit sifati yomonlashadi.
    e. Payvand chokka sim yetkazib beruvchi shlang ichidagi prujina bukilib yoki tikilib qolishi natijasida simning bir maromda yetkazilishi ta‘minlanmay qoladi. Payvand chok sifati yomonlashadi.
    4. Operator tomonidan dastgoxning noto‘gri sozlanishi quyidagi oqibatlarga olib keladi;
    a. Operator tomonidan dastgoxning noto‘gri sozlanishi natijasida payvand
    chok ortiqcha shlaglar bilan quyilishi;

    b. Payvand chokning payvandlanuvchi material ichiga kirish miqdori ozayib ketashi

    7-rasm. Ikkita metalni bir-biriga brikishi va chokning botish chuqurligi.

    c. CHokning bir tekkisda taqsimlanmasligi (g‘ildirak gardishiga yoki g‘ldirak


    diskiga payvand chokning kuproq quyilishi).

    8-rasm. CHokning sakrab quyilishi (bir tekkisda taqsimlanmasligi).
    d. Payvandlash gorelkasi va material o‘rtasida qisqa tutashuv xosil bo‘lishi (buning natijasida jarayor buziladi. CHokning quyilishini aylanib avtomatik taqsimlovchi mexanizm joyda qotib qoladi. Natijada payvand chok g‘ildirakning bir joyiga quyiladi. Bir joyga quyilishi natijasida ortib ketgan xarorat g‘ildirak gardishini teshib qo‘yishiga .

    9-rasm. Payvandlash jarayonida payvand chok materialni teshib o‘tishi.

    e. CHokning uzilib uzilib quyilishi natijasida g‘ildirak payvand choki sifati


    yomonlashishi.


    10-rasm. Payvand chokning uzilib-uzilib quyilishi.

    Payvandlash gorelkasi va g‘ildirak orasidagi masofa me‘yorda bulmasligi.



    5. Yig`ish va payvandlash ishlarini normalash.
    Ikki xil me‘yorlash mavjud: vaqt me‘yori va ishlab chiqarish me‘yori. Vaqt me‘yori bu ma‘lum miqdor detalni sifatli qilib bajarish uchun ishchi sarflashiga yo`l qo‘yiladigan vaqt miqdoridir. Ishlab chiqarish me‘yori deb vaqt birligi ichida bajarilishi mumkin bo'lgan detallar miqdoridir. Ishlab chiqarish me‘yori ko'pincha payvandlash uchun pogon metrlarda, eritib qoplashda esa bir soat ichida eritib qoplanadigan metallning kilogrammda ifodalangan miqdori bilan belgilanadi. Me‘yorlar vositasida mchnatga haq to‘lash rostlanadi.

    Vaqt me‘yori quyidagi elementlardan tashkil topadi:
    a) tayyorlash-tugallash vaqti bu vaqt buyumlar partiyasiga beriladi va topshiriq olish, ko'rsatmadan o'tish, ish bilan tanishish, moslamalar hamda jihozlarni tayyorlash, ishni topshirish vaqtlaridan iborat bo'ladi;

    b) asosiy vaqt tA detalga yoki 1 m chokka yoxud 1 m metallni kesishga beriladi; asosiy vaqt deb faqat payvanlash yoki kesish jarayonining o`ziga (shu jumladan ish ni boshlashdan oldin metallni qizdirishga) sarflanadigan vaqtga aytiladi;

    d) yordamchi vaqt elektrodlarni almashtirishga, chokni o'lchash va ko‘zdan kechirishga, chetlar hamda choklarni tozalash, buyumni o‘rnatish va olib qo`yish, choklarni tamg`alash, boshqa payvandlash joyiga o`tish, dam olish va hokazo ishlarga sarflanadigan vaqtlarni hisobga oladi;

    e) ish o‘rnida xizmat qilish uchun qo‘shimcha vaqt (asboblarni joy-joyiga qo‘yish va yig`ish, ballonlar almashtirish, shlanglar kiygizish, tok va gazlar bosimini rostlash);



    Vaqt normalarini belgilashda sex (korxona)ning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, jihozlarning eng unumli ish rejimlarini hamda mazkur shart- sharoitlarga eng qulay ish usullari va mchnatni tashkil etish formalarini to`la hisobga olish zarur.

    Asosiy vaqt payvandlanadigan metallning xili va qalinligiga, tok, payvandlash usuli, chokning fazodagi holati hamda payvandchi malakasiga bog‘liqdir. Kesishda asosiy vaqt kesiladigan metall qalinligiga bog‘liq boladi.

    Download 0.54 Mb.
    1   2




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 12 Mavzu: Mashina qismining payvand strukturasi nazorati

    Download 0.54 Mb.