|
Tasmali poydevorlar: a – yig‘ma tasmali poydevor; b – monolit tasmali poydevor
|
bet | 2/4 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #257118 |
Bog'liq qurilish texnalogiyasi (1)Tasmali poydevorlar: a – yig‘ma tasmali poydevor; b – monolit tasmali poydevor Tasmali poydevorlarning ancha chuqur joylashtirilishi, yuk ko‘taruvchi devorlarning o‘zaro yaqin joylushuvi binoning ostiga butun yuzasi bo‘ylab kotlovanlar qazilishiga majbur qiladi. Odatda qazilgan grunt maydondan olib chiqarilib uyumga tashiladi va bino yon chetlaridagi bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish uchun grunt olib kelinadi. Ko‘tarish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan gruntlarda poydevorlarni joylashtirish chuqurligi anchaga oshadi, bu esa tayanch qismi rivojlangan tasmali poydevorlarni 76 qurishga majbur etadi, bu esa o‘z navbatida beton sarfining keskin oshishiga olib keladi. Ko‘p qavatli binolar qurilishiga o‘tish zaminga tushadigan yuklarning ortishiga Ko‘p qavatli binolar qurilishiga o‘tish zaminga tushadigan yuklarning ortishiga yangi konstruktiv yechimlarini topishni yoki qoziqli poydevorlardan foydalanishni talab etdi. Qoziqlar turli xil bino va inshootlar ostidagi poydevorlarni qurish, kuchsiz gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish uchun, shpuntli qoziqlar esa kotlovanlar devorlarini mustahkamlash va ularni o‘pirilishdan saqlash uchun qo‘llaniladi. Yig‘ma tasmali poydevorlar o‘rniga qoziqli poydevorlarning qo‘llanilishi qazish ishlarini keskin kamaytirishga, poydevorlar va yerto‘la devorlarini qurish uchun monolit yoki yig‘ma temirbeton hajmini kamaytirishga, ish muddatlarini va poydevorlarni qurishga sarflanadigan mablag‘ni qisqartirishga imkon beradi. Qoziqli poydevorlar tasmali poydevorlardan farqli ravishda kattaligiga ko‘ra kichik va ancha tekis cho‘kishlar bilan tavsiflanadi Tasmali poydevorlar devorlar ostiga asosan monolit yoki yig‘ma bloklardan Tasmali poydevorlar devorlar ostiga asosan monolit yoki yig‘ma bloklardan
|
| |