|
Inshootning bikrligini oshirish, kuchsiz gruntlarda qurishda cho‘kishlarni bir
|
bet | 4/4 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #257118 |
Bog'liq qurilish texnalogiyasi (1)Inshootning bikrligini oshirish, kuchsiz gruntlarda qurishda cho‘kishlarni bir xillashtirish uchun va zilzilaga qarshi tadbirlar sifatida yig‘ma poydevorlar armaturalangan choklar bilan yoki poydevor yostiqchalari ustidan quriladigan yoki devorli poydevor bloklari oxirgi qatori ustidan binoning butun perimetri bo‘yicha bir sathda quriladigan temirbeton belbog‘lar bilan kuchaytiriladi. Montaj qilishni devorlarning burchaklari va kesishish joylarida mayoq bloklarini o‘rnatishdan boshlaydilar. Poydevor bloki kran yordamida uni joylashtirish joyiga uzatiladi, to‘g‘rilanadi va asos ustiga tushiriladi, loyiha holatidan uncha katta bo‘lmagan chetlashishlar tortib turilgan strop holidagi blokni montaj qilish lomchasi bilan siljitilib bartaraf etiladi. Bunda zamin yuzasi buzilmagan bo‘lishi kerak. Blok plan va balandligi bo‘yicha to‘g‘ri vaziyatni egallagandan so‘ng bog‘langan stroplar 80 olinadi. Tasmali poydevor bloklari va yon bo‘shliqlar orasidagi uzilishlar montaj qilish jarayonida qum yoki qumli grunt bilan to‘ldiriladi va zichlanadi. Yig‘ma tasmali poydevorlarni montaj qilish: 2 – devor bloki; 4 – armaturali belbog‘; 5 – qorishmadan tayyorlagan to‘shama; 6 – to‘tashuv joyini monolit beton bilanto‘ldirish; 7 – ilgich.
|
| |