|
quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar quyi qismi armaturalangan tasma va armaturalanmagan yoki kam armaturalangan poydevor devori ko‘rinishida bo‘lib
|
bet | 3/4 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #257118 |
Bog'liq qurilish texnalogiyasi (1)quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar quyi qismi armaturalangan tasma va armaturalanmagan yoki kam armaturalangan poydevor devori ko‘rinishida bo‘lib, uning ustiga bino devorlari tiklanadi. Poydevorlarni va devorlarni monolit temir betondan barpo etish jarayoni o‘z ichiga poydevorlar o‘qlarini rejalash, qoliplarni o‘rnatish, armaturani yig‘ish va o‘rnatish hamda betonlashni oladi. Poydevorlarni qurish texnologiyasini tanlash poydevorlar va xususan binolarning konstruktiv yechimlariga, shuningdek mavjud texnologik jihozlar va mexanizmlarga bog‘liq bo‘ladi. Qolip turini tanlashga betonlanayotgan konstruksiyalarning ko‘rinishi va ularning takrorlanuvchanligi ta’sir ko‘rsatadi. Qoliplar texnik-iqtisodiy hisoblar asosida mumkin bo‘lgan variantlar bo‘yicha tanlanadi. Aniqlovchi ko‘rsatkichlar – material va mehnat sarflari, qolipdan bir marta foydalanish tannarxi. Konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda tasmali poydevorlar bir, ikki va uch bosqichda betonlanadi Bir bosqichli qatlamli betonlash to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli tasmali poydevorlarni tirgak bilan qurishda yoki o‘zgaruvchan kesimli ko‘ndalang kesim yuzasi 3 m2 dan kam bo‘lgan poydevorlar qurishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 3m2 dan ortiq bo‘lgan pog‘onali tasmali poydevorlar ikki bosqichda betonlanadi: avval pog‘onalar, keyin devor. Karkasli binolarda qo‘llaniladigan ustunostili tasmali poydevorlar uch bosqichda betonlanadi. Yig‘ma tasmali poydevorlar hisoblash asosida armaturalangan yig‘ma Yig‘ma tasmali poydevorlar hisoblash asosida armaturalangan yig‘ma poydevor yostiqlaridan iborat bo‘lib, ularning ustiga devor bloklari o‘rnatiladi. Temirbetonli poydevor plita-yostiqlar va betonli devor bloklari unifikatsiyalashtirilgan, nomenklatura ularning to‘rtta guruhga ajratilishini nazarda tutadi, bu guruhlarning har biri qabul qilayotgan yuklanishi bilan farq qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar quyi qismi armaturalangan tasma va armaturalanmagan yoki kam armaturalangan poydevor devori ko‘rinishida bo‘lib
|