Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi




Download 380,9 Kb.
bet3/9
Sana30.05.2024
Hajmi380,9 Kb.
#257856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI XUDOYBERDIYEV SH.A.

1. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi
Toʼldiruvchilar turlanadi:
1)Kelib chiqishi boʼyicha 3 ta guruxga boʼlinadi:
a)tabiiy, bularga saralashdagi jinslar va boyitishdagi chiqindilar;
b)sanoat chiqindilari asosidagi toʼldiruvchilar;
v) sun'iy (maxsus tayyorlangan).
2)Zarrachalar yirikligi boʼyicha toʼldiruvchilar boʼlinadi:

    1. yirik, zarrachalari o'lchami 5 mm dan katta (shag'al, chaqiq tosh);

    2. mayda, zarrachalari oʼlchami 5 mm dan kichik(qum).

3)Zarrachalar shakli boʼyicha:

    1. yumaloq koʼrinishida boʼlgan to'ldiruvchilar (shag'al, tabiiy qum);

    2. noaniq formadagi, burchaksimon koʼrinishidagi toʼldiruvchilar, qaysiki ular maydalab tayyorlanadi(chaqiq tosh, boyitishdan chiqadigan qum);

Shundan kelib chiqqan holda biz sunʼiy gʼovak toʼldiruvchilar sinfiga mansub boʼlgan qurilish materiali bilan tanishamiz.
Issiqlikni izolyatsiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko'taruvchi konstruktsiyalar tayyorlashda yengil g'ovak to'ldiruvchilarni ishlatib samarali yengil betonlar olish imkonini beradi.
Og'ir to'ldiruvchilarni yengil to'ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning xususiyatlarini kerakli darajada o'zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o'tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Shuningdek ayrim g'ovak to'ldiruvchilarning yetarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruktsion yengil betonlar tayyorlanadi. Respublikamizda tabiiy g'ovak to'ldiruvchilar zahirasi chegaralanganligi sababli sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. Shu sababli O'zbekistonning turli rayonlarida sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar(keramzit, agloporit va boshqa) ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor joylarda va unga talab bo'lgan rayonlarda quriladi. Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to'ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to'ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir. Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilarning yuqori sifati va samaradorligi sababli betonlar olishda keng qo'llaniladi.
Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilarning eng ko'p ishlatiladigan turi, bu keramzitdir.
Giltuproqning ba'zi turlari kuydirishda ko'pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag'ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shag'ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g'ovak va yacheykasimon bo'ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo'ng'ir qora, bo'linganda qoramtir bo'ladi.
Gilning ko'pchishi ikkita jarayonga bog'liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o'tishidir. Gaz ajralishi–bu temir oksidlarining organik moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaktsiyasi bo'lib birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog'liq.
Gilning piroplastik holatga o'tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo'lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko'pchiydi va natijada gaz o'tkazmaydigan materialga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho'kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog' jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvarts, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo'shimchalardan iborat 30% dan ko'p gil moddalar bo'lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvarts mavjud bo'ladi. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3 -12% gacha( ba'zida20% gacha), Fe2O3 + FeO- 10%gacha, organik qo'shimchalar 1-2% mavjud bo'lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
Birinchi talab, bu gilning kuydirishda ko'pchishidir. Gilning ko'pchishi- ko'pchish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:

bu yerda: Vk – ko'pchigan keramzit granulalarining hajmi;
Vc – pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko'pchish koeffitsiyentini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:

bu yerda: ρs – quruq xom granulaning zichligi;
ρk – ko'pchigan keramzit granulasining zichligi;
Pp - quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo'yicha yo'qotishi,%
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko'pchish koeffitsiyenti 2 dan kam bo'lmasligi (3-4 bo'lsa yaxshi) kerak. Gil xomashyosiga qo'yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson eruvchanligidir, ya'ni xomashyoni kuydirish 1250 ℃ dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi ko'pchimaydi. Gil xomashyosiga qo'yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko'pchish intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko'pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko'pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo'lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi.
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:
- xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo'natish;
- xomashyoni qayta ishlash va kerakli o'lcham, bir jinsli keramik massaga ega xom granulalarni tayyorlash;
- xom granulalarga termik ishlov berish, ya'ni isitish, kuydirish va sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;
- olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo'yicha taqsimlash;
- g'ovak to'ldiruvchi (keramzit shag'ali)ni omborlarga joylash.
Gil xomashyosini qazib olishda bir cho'michli va ko'p cho'michli ekskavatorlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, toshsimon gilli jinslar esa yil bo'yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib chiqiladi, g'ovak to'ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga bog'liq. Keramzit shag'ali ishlab chiqarishning to'rtta asosiy texnologiyasi mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho'l(shliker). Quruq usul-toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar, gilsimon slantslar) bo'lganda qo'llaniladi. Bu usul juda oddiy bo'lib, xomashyo mahsulot maydalanadi va aylanma pechga kuydirish uchun yuboriladi. Dastlab juda mayda donalar elab olinadi va o'ta yirik bo'laklar esa qo'shimcha maydalanadi. Bu usul agar xomashyo bir jinsli bo'lsa, xavfli qo'shimchalar bo'lmasa va yuqori ko'pchish koeffitsiyentiga ega bo'lsagina o'zini oqlaydi. Xom donalarning namligi 9% dan oshmasligi kerak.
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. Yumshoq gilli xomashyo bu usulda nam holatda valьtslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda (g'isht ishlab chiqarish kabi) qayta ishlanadi. Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo'ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag'alining sifatini belgilaydi. Shu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o'lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o'lchami berilgan xomashyoning ko'pchish koeffitsiyenti va keramzit shag'alining talab etilgan yirikligi bo'yicha o'rnatiladi. Gilning fiziko-mexanik namligi va dispresligi xususiyatlaridan kelib chiqib qayta ishlovchi uskunalar tanlanadi. Xomashyoni qayta ishlashdagi energiya sarfi uning dispresligini ortishi va namligining kamaytirishga qarab oshadi. Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo'lgan granulalar to'g'ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko'proq sarmoyani va energiya sarfini talab etadi. Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizatsiyasi va qo'shimchalar kiritilishi uning ko'pchish koeffitsiyentini oshishiga olib keladi.
Keramzit ishlab chiqarishning poroshok (kukun) -plastik usuli yuqorida keltirilgan plastik usulidan farqi shundaki, gil xomashyodan tuyib kukun olinadi so'ngra suv qo'shib plastik gilli massadan granulalar ishlab chiqariladi. Gilni tuyish qo'shimcha mablag'ni talab etadi. Bundan tashqari agar xomashyo yetarlicha quruq bo'lmasa, u holda uni to'yishdan oldin quritiladi. Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o'zini oqlaydi: agar xomashyo tarkibi bo'yicha bir jinsli bo'lmasa, u holda uni kukun holatida aralashtirish va so'ndirish oson kechadi; agar qo'shimcha kiritiladigan bo'lsa, u holda to'yish vaqtida kiritish bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli qo'shimchalar bo'lgan ohak va gips donalari mavjud bo'lsa, unda tuyilgan holatda butun hajm bo'yicha ular xavf tug'dirmaydi; xomashyoni bunday puxta qayta ishlash uning ko'pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi.
Ho'l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig'imli-gil aralashtirgichlarda suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50% ni tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma pechga uzatiladi. Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda o'rnatiladi. Bu zanjirlar issiqlik almashinuvini ta'minlaydi: ular pechdan chiqayotgan issiq gazlar tasirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so'ng quriyotgan “bo'tqani” granulalarga aylantiradi, shundan so'ng bu granulalar quriydi, qiziydi va kupchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko'p yoqilg'i sarfi, ya'ni shlikerning dastlabki yuqori namligi hisobiga. Afzalligi xomashyoni bir jinslilikka keltirish, qo'shimchalarni oson va bir tekisda kiritish, xomashyodan oxak donalarini va toshsimon qo'shimchalarni yo'qotishning soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning kondagi namligi yuqori bo'lganda tafsiya etiladi. Ho'l usul gilning gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda va keramzit ishlab chiqarish korxonasiga suyuq loy shaklda trubalarda uzatishda ham qo'llaniladi.
Xom granulalarni quritish pishirishda ishlatiladigan aylanma pechlarda yoki alohida quritish agregatlarida amalga oshiriladi. Bu uncha katta bo'lmagan o'lchamlardan (6-14mm) granulalarni quritish rejimi olinadigan keramzit sifatiga jiddiy tasir etmaydi. Bitta aylanma pechda xam isitish va quydirish ishlarini birga bajarilishi bevosita xom granulalar ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlashiga bog'liq. Texnologik nuqtai nazardan pechlarning to'xtovsiz ishlashi uchun xom granulalar zaxirasi mavjud bo'lishi kerak. Shu sababli granulalar quritish barabanida dastlab quritiladi, natijada ularning mustahkamligi ortadi va uzaro yelimlanib qolishini oldini oladi. Barabanda granulalar aylanishida yumaloq shaklni oladi va undagi yoriqlar yopiladi.
Korxonalarda diametri 2,2 va 2,8m, uzunligi – 14m bo'lgan quritish barabanlari keng qo'llaniladi.
Shu bilan birga qatlam tayyorlovchi samarali quritish agregatlari (6.1-rasm) keng qo'llanilib, ularda xom granulalar nol namlikkacha va pishirishdan oldin quritiladi. Qatlam tayyorlovchi quritish agregati balandligi tahminan 10m li vertikal konstruktsiyali ko'rinishda bo'lib, qabul bunkeri, ikkita qiya panjara (xom granulalar o'z og'irligi ta'sirida harakatlanadi), yukni tushirish barabanidan iborat bo'ladi. Xom granulalarni quritish pechdan chiqayotgan issiq gazlar hisobiga amalga oshiriladi va rasmda yo'naltiruvchi chiziqlar bilan qo'rsatilgan. Gazlar dastlab pastki panjaradagi material orasidan o'tadi, so'ngra sirkulyatsion tutun so'ruvchi yordamida yuqori panjaraga, qolgan qismi esa pastga yuboriladi.


Download 380,9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 380,9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi

Download 380,9 Kb.