• 2-rasm. Kuydirish agregati SMS-197
  • -rasm.Qatlam tayyorlovchi quritish agregati




    Download 380,9 Kb.
    bet4/9
    Sana30.05.2024
    Hajmi380,9 Kb.
    #257856
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURS ISHI XUDOYBERDIYEV SH.A.

    1-rasm.Qatlam tayyorlovchi quritish agregati: 1- korpus; 2-qabul bunkeri; 3- material miqdorini ko'rsatuvchi; 4- yuqori qiya panjara; 5-pastki qiya panjara; 6- termopara; 7- to'kuvchi baraban. [1]
    Oddiy sharoitda gilni kuydirishda gaz xosil bo'lishi piroplastikka nisbatan past haroratda sodir bo'ladi,. Masalan, magniy karbonatning dissotsiatsiyasi-600℃ gacha, kaltsiy karbonatining dissotsiatsiyasi(bo'linishi)- 950℃ gacha, gilli minerallarning degidratatsiyasi esa 800℃ gacha haroratda amalga oshadi. Organik birikmalarning yonishi past haroratda boshlanadi, temir oksidlarining tiklanish reaktsiyasi esa- 900 ℃ da yuz beradi. Gilli granularning piroplastik holatga o'tishi - 1000℃ yuqori haroratda yuz beradi.
    2-rasm. Kuydirish agregati SMS-197:
    1-qatlam tayyorlovchi; 2-aylanma pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom granulalar. [1]
    Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati (2-rasm) tarkibiga kiruvchi qatlam tayyorlovchi CMC-197 ishlatiladi.
    Kuydirish qurilmasining mahsuldorligi (m3/yil):
    Mkuy.qur.=C T Ri Ro; (29)
    Bu yerda:
    C-kuydirish qurilmasining pasport bo'yicha bir soatda ishlab chiqarishi, keramzit M500; m3/soat (qurilma CMC-197- 12,4);
    T-ishchi vaqtining yillik fondi, T=8760soat;
    Ri-ishchi vaqti yillik fondidan foydalanish koeffitsiyenti, Ri CMC-197 qurilmasi uchun 0,92;
    Ro-mahsulot chiqishining hajmiy koeffitsiyenti, keramzitning uyma zichligi bo'yicha markasini hisobga olgan xolda (Ro-1,0 marka M500; M400 uchun -1,15; marka M600 uchun – 0,85).
    Keramzitni sovitishning tezligi uning mustahkamlik xususiyatlarini belgilaydi.
    Keramzitni juda tez sovitish, uning donalarini darz ketishiga yoki ularda qo'shimcha zo'riqishga olib keladi, bu esa betonda o'z ta'sirini o'tkazadi. Boshqa tarafdan, keramzitni ko'pchishidan so'ng juda sekin sovitish ham uning sifatini pasaytiradi, bu esa oksidlanish jarayonida FeO ning Fe2O3ga o'tishi bilan tushuntiriladi, natijada mustahkamlik pasayadi.
    Shu sababli keramzitni ko'pchigandan so'ng 800-900℃ haroratgacha juda tez sovitish kerak, natijada granulalar strukturasi mustahkamlanadi va temir oksidlarining qaytarilish reaktsiyasi kuzatiladi. So'ngra 600-700 ℃ haroratgacha 20 minut davomida sekin sovitish tavsiya etiladi, bu o'z navbatida shisha fazalarning katta bo'lmagan termik zo'riqishlarsiz qotishini ta'minlaydi, unda krisstalsimon minerallar shakllanadi va keramzitning mustahkamligi ortadi. Keyingi bosqichda keramzitni bir necha minut davomida nisbatan tezroq sovitish zarurdir. Keramzitni sovitishning birinchi bosqichi aylanma pechda unga tushuvchi havo tasirida bajariladi. So'ngra keramzit havo yordamida baraban tipidagi sovitgich, qatlam sovitgichlarda, aerojelob sovitgichlarda sovitiladi.


    Download 380,9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 380,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.Qatlam tayyorlovchi quritish agregati

    Download 380,9 Kb.