Bu qism dasturi orqali turli ko‘rinishdagi menyularni yaratishimiz mumkin.
Bunday holatda videodarslarimiz menyuga gipermurojaat orqali bog‘lanadi. Hosil
bo‘lgan menyu ilovasi
*.exe
formatida bo‘lganligi bois barcha kompyuterlarda
xatoliklarsiz ishlatish imkoniyati yaratiladi.
Barcha mavzular manashu tartibda tayyorlangandan so‘ng va yuqorida
keltirilgani kabi menyular orqali yaxlit holatga keltirilgach videodarslik tayyor
bo‘ladi. Videodarsliklar bo‘limlar yuzasidan yoki to‘liq darslik yoki fan bo‘yicha
tayyorlanishi mumkin. Shuningdek, biror dasturlarni (masalan, Word, Excel,
Power Point, Photoshop, CorelDraw, Pascal, Delphi, PHP, Macromedia
Dreamweaver, Flash va boshqalarga tayyorlangani kabi) o‘rgatish uchun
mo‘ljallab tayyorlanishi mumkin.
Bunday videodarsliklarda o‘quvchilar soni cheklanmaydi va o‘quvchining
mustaqil ta’lim olishiga, o‘rganishiga, uning bilimlari mustahkamlanishiga zamin
yaratiladi. Mukammal tayyorlangan videodarsliklar o‘z o‘quvchilarini yo‘qotmaydi
va aksincha, dunyoning turli mamlakatlarida tez sur’atlar bilan tarqaladi. Bu esa
o‘qituvchining o‘z fani yuzasidan yoki bilim berishi jihatdan shogirdlarining
ko‘payishiga, ayniqsa masofaviy ta’lim olish orqali o‘quvchilarining ko‘payishiga
sabab bo‘ladi.
Bunday videodarsliklarning sifatli bo‘lishi o‘qituvchining bilimiga,
tajribasiga va axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan videodarsliklar tayyorlash usulidan barcha fan
o‘qituvchilari foydalana olishlari mumkin. Buning uchun chuqur bilim talab
etilmaydi. Elektron darsliklar yaratishning eng qulay usuli biz ko‘rib o‘tgan
videodarsliklar hisoblanib, jamiyatni axborotlashtirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shunday ekan darslarimizni bunday videodarsliklar bilan boyitib borsak,
o‘quvchilarning bilim olishiga yanada kengroq sharoit yaratgan bo‘lamiz.