• Linuksning ozi uchun 10 Gb
  • Linux operatsion tizimni o’rnatish, Tizimni sozlash va ikkilamchi dns xizmatini sozlash. Tarmoq sozlamalari, dhcp serverlarini tarmoqda xizmat ko'rsatishni sozlash




    Download 3,08 Mb.
    bet3/4
    Sana28.05.2024
    Hajmi3,08 Mb.
    #255715
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-maruza

    SWAP


      • Linuksni o'rnatishda birinchi bo'lib swap soxa (рус. раздел подкачки) uchun bitta qism yaratish kerak bo'ladi. Bu soxa doimiy xotira qurilmasidagi joy bo'lib, u virtual ishchi xotira sifatida ishlatilishi mumkin. Virtual ishchi xotira kompyuterga, unda yetarli darajada ishchi xotira (eng. random access memory (RAM); рус. оперативная память) bo'lmaganda ham, og'ir dasturlarni ishlashga majbur qila olish hamda o'ta murakkab vazifalarni bajarish imkonini beradi (sekin bo'lsada, lekin u ishlaydi). Ushbu swap soxaning talab qilingan o'lchami kompyuter fanatlari va xakerlar orasida e'tiqodiy tortishuv mavzusi hisoblanadi hamda u xaqida ko'p varaqli maqolalar yozilishi mumkin. Ko'pincha qo'llaniladigan usuldan foydalanamiz: kompyuteringizdagi ishchi xotiraning ikki baravarigacha o'lchamli swap qism yaratish yetarli.





      • root qism (o'zb. o'zak, asosiy qism yoki katalog, yana root fayl tizimi deb ham atashadi) to'g'ri slesh (/) bilan aniqlanadi. U kataloglar daraxtining cho'qqisi bo'lib, unda Linuks va siz o'rnatgan barcha dasturlar joylashadi. Uni DOS yoki Windows dagi "C:" katalogga ekvivalent desa ham bo'ladi. Demak, ikkinchi bo'lib to'g'ri slesh / bilan aniqlangan asosiy katalog (root) uchun yangi qism yaratish zarur (siz bu qismni Linuksdagi root kabi hosil qilinadigan administrator xuquqli foydalanuvchi bilan chalkashtirmang, bu boshqa "root"!).

    root (/)

      • Ushbu / qismning o'lchami siz nimalarni o'rnatishingiz yoki nimani o'rnatishni rejalaganingiz bilan aniqlanadi. O'zingiz tanlagan Linuks distributivi xaqidagi qo'llanmani oching. Undan aynan shu distributiv uchun tavsiya etilgan eng katta xotira o'lchamini aniqlang. Xozirgi kunda (2017 yil, dekabr oyi) zamonaviy Linuks distributivlarning ko'pchiligi xotira qurilmasidan 7 Gb gacha o'lchamli joy talab qilishadi. Albatta, juda kichik xotira o'lchamiga o'rnatish mumkin bo'lgan disrtibutivlar ham mavjud. Ular maxsus vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Bizning xolda, ko'pchilik ishlatadigan zamonaviy Windows operatsion tizimiga raqabatdosh bo'ladigan, hatto undan ancha ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lgan Linuks distributivini o'rnatish uchun kattaroq xotira soxasi talab qilinadi. Shu sababli doimiy xotira qurilmasida Linuksning o'zi uchun 10 Gb va kelajakda kerakli va qo'shimcha dasturlarni o'rnatishga 20 Gb joy ajratish yaxshi usul hisoblanadi. Shunday qilib, root katalog uchun umumiy xolda 30 Gb xotira soxasi ajratyapmiz. Agar xoxlasangiz bundanda kattaroq o'lcham ham berishingiz mumkin.



      • Oxirida /home katalogi uchun xotirada qism yaratish zarur. Bu qismda foydalanuvchiga, boshqacha aytganda sizga tegishli barcha ma'lumotlar joylashadi. Ko'p foydalanuvchili Linuks desktopda barcha foydalanuvchilarning ma'lumotlari har bir foydalanuvchi uchun alohida tarzda shu katalogda saqlanadi. Ushbu katalogning vazifasiga e'tibor bersak taxminan Windowsdagi "My documents" katalogiga mos keladi. Lekin Windows operatsion tizimini anchadan buyon qo'llayotgan foydalanuvchilar (tajribali foydalanuvchilar) o'zlarining ma'lumotlarini saqlash uchun doimiy xotira qurilmasida ko'pincha "C:" diskdan tashqari yana "D:" mantiqiy disk ham yaratib olishadi. Agar shu holatni hisobga olsak, /home katalog ko'proq Windows operatsion tizimidagi "D:" mantiqiy diskka o'xshab ketadi.





    Download 3,08 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Linux operatsion tizimni o’rnatish, Tizimni sozlash va ikkilamchi dns xizmatini sozlash. Tarmoq sozlamalari, dhcp serverlarini tarmoqda xizmat ko'rsatishni sozlash

    Download 3,08 Mb.