|
Linux operatsion tizimni o’rnatish, Tizimni sozlash va ikkilamchi dns xizmatini sozlash. Tarmoq sozlamalari, dhcp serverlarini tarmoqda xizmat ko'rsatishni sozlash
|
bet | 2/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #255715 |
Bog'liq 2-maruzaMa'lumotlar avtomat swap dan operativ xotiraga o'tadi
Operativ xotiraga sig'magan ma'lumotlar vaqtincha shu fayl yoki razdelda saqlanadi
Virtual xotirasi
Bu texnologiya windows operatsion tizimida "файл подкачки" deyiladi. Bu maqolada Linux operatsion tizimida, bu texnologiyani tushuntirishga harakat qilaman. Swaping(подкачка) texnologiyasining ish printsipi quyidagicha: operatsion tizimda swap fayl (swap file) yoki swap "раздел” (swap partition) ochiladi va operativ xotiraga sig'magan ma'lumotlar vaqtincha shu fayl yoki razdelda saqlanadi, operativ xotira bo'shaganda ma'lumotlar avtomat swap dan operativ xotiraga o'tadi va swap fayl bo'shatiladi. Swap hajmini foydalanuvchilar (Administrator OT) belgilaydi.
Swap fayl yoki swap razdel umumiy holda swap space deb ataladi. Operativ xotira va swap space birgalikda operatsion tizimning virtual xotirasi deyiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, virtul xotirani o'zgartirish mumkin(swap space ni o'zgartirgan holda).
Swap "xotira"ni kamchilik tomoni ham bor. Eng asosiy kamchiligi bu tezlik. Operativ xotiraga qaraganda swap sekinroq ishlaydi. Chunki swap da kompyuterning qattiq diski(vinchester)ga murojaat qilish kerak bo'ladi. Vinchester bilan Input/output(kiritish/chiqarish) amallarini bajarish sekinroq amalga oshadi. Operativ xotirada esa bu tezlik juda katta ko'rsatkichga ega. Operativ xotira Input/output amallarini nanosekundlarda amalga oshiradi, vinchester esa bu amallarni bir necha millisekundlarda. Ko'rinib turibdiki, orasidagi farq bir necha minglarni tashkil qilar ekan.
Linux operatsion tizimini o'rnatishda, swap uchun joy ajratish kerakligini OT eslatib o'tadi, chunki linux tizimi asosan serverlarga o'rnatiladi va serverlarda operativ xotiraning kamayishi ish jarayoniga katta ta'sir qiladi. Shunday ekan swap hajmi qancha bo'lish kerak?
Adabiyotlarda va tajribalarim davomida guvoh bo'lganlarimni yozsam, swap uchun qancha joy ajratilish kerak degan savolga hamma joylarda har xil aytilgan va yozilgan. Ba'zi birovlar operativ xotira hajmi qancha bo'lsa, swap ham shuncha bo'lish kerak deyishadi, ba'zilar esa operativ xotiraning hajmini 2 ga ko'paytirib, olingan natijani swap hajmi qilish kerak deyishadi. Agar men o'zimni fikrimni aytadigan bo'lsam, swap hajmini operativ xotira hajmi bilan bir hil qilgan ma'qulroq. Operatsion tizimni o'rnatgandan so'ng ham swap hajmini o'zgartirish mumkin, shunday ekan sharoitga (bajariladigan amallar)ga qarab swap hajmini o'zgartirib (ma'lum bir vaqt oshirib, ma'lum bir vaqt kamaytirib) qo'yish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Linux operatsion tizimni o’rnatish, Tizimni sozlash va ikkilamchi dns xizmatini sozlash. Tarmoq sozlamalari, dhcp serverlarini tarmoqda xizmat ko'rsatishni sozlash
|