|
-Bob. Amaliy dasturlar bog'lamini yaratish asoslari ………………………
|
bet | 2/25 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 6,2 Mb. | | #241708 |
Bog'liq Lokal binar obrazlar3-Bob. Amaliy dasturlar bog'lamini yaratish asoslari ………………………...
|
**
|
3.1. Amaliy dasturiy vositasining imkoniyatlari ………................................
3.2. OpenCV kutubxonasining asosiy funktsiyalari ……………..................
3.3. Amaliy dasturlarni yaratish texnologiyasi ..............................................
3.4. Yaratilgan dasturiy majmuadan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma …….
3.5. Dastur asosida olingan natijalarni eksperimental tadqiq qilish ………..
|
**
**
**
**
**
|
Xulosa ....................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati .....................................................................
Ilovalar ..................................................................................................................
|
**
**
**
|
Kirish
Hozirgi kun texnikasida tasvirlarga raqamli ishlov berish ta’sir etmagan biror-bir soha yo’q. Tasvirlarga raqamli ishlov berish qo’llash sohasi qandaydir tizimni bayon qilishda uning shartlarini qamrab olishi bo’yicha turlichadir. Oddiy usullaridan biri – manbalari ko’rinishiga muvofiq tegishli tasvirlarni hosil qilishning amaliy soha klassifikatsiyalari (optik, rentgen va boshqalar)dir. Energiyaning asosiy manbai elektromagnit nurlanishlar bo’lib o’tgan tasvirni qo’llash formasiga olib kelishdir. Energiyaning boshqa muhim manbalari deb ulьtratovush to’lqin tasvirlari va elektron mikroskopda qo’llaniladigan elektron tambalar deb qarash mumkin.
Butun dunyo miqyosida ko’pchilik texnologiyalar raqamli shaklga o’tib bormoqda. Shuning uchun ham hayotimizni zamonaviy axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish ancha qiyin bo’lib qoldi. Internet texnologiyasi, har xil ko’rinishdagi aqlli elektron qurilmalar (shaxsiy kompyuterlar, smartfonlar, noubuklar, planshetlar va boshqalar) hayotimizning ajralmas bo’lagiga allaqachon aylanib ulgurdi. Bularsiz hozirgi kundagi hayotimizni tasavvur qilish ancha murakkab bo’lib qoldi. Bilamizki, ushbu elektron-raqamli qurilmalar ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qism qurilmalarning texnik ta’minoti, misol uchun shaxsiy kompyuterdagi monitor, klaviatura, sichqoncha, tizimli blok, qattiq disk, operativ hotira va boshqalar. Ikkinchi qism esa dasturiy ta’minot, ya’ni, elektron qurilmaning ishlashi va undan foydalanish uchun kerak bo’ladigan dasturlar hisoblanadi. Shuning uchun ham eng avvalo dasturiy ta’minotni kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Foydalanuvchi va kompyuter o’rtasidagi muloqotni ta’minlovchi operatsion tizim, kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari o’rtasidagi bog’lanshni amalga oshiradigan drayver dasturlari, kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi va foydalanuvchining kompyuterdan foydalanishini osonlashtiruvchi yordamchi utilita dasturlari, kompyuterda ma’lum bir vazifani bajarishga mo’ljallangan amaliy dasturlar kompyuterning dasturiy ta’minotini tashkil qiladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan Internet texnologiyasiga asoslangan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ham komp’yuterning dasturiy ta’minotini tashkil qiladi. Kompyuterning dasturiy ta’minoti dasturlash tillari deb ataladigan mahsus dasturlar yordamida yaratiladi. Dasturlash tili dasturiy ta'minotni yaratish uchun ishlatiladigan buyruqlar, ko'rsatmalar va boshqa sintaktik vositalar to'plamidir. Hozirgi zamonda dasturchilar programma kodini yozishi uchun foydalanadigan tillar "yuqori darajali dasturlash tillari" deb ataladi. Ushbu kod "quyi darajali til"da kompilyatsiya qilinadi, va bu to'g'ridan-to'g'ri kompyuterning texnik ta’minoti tomonidan bajariladi. Quyi darajali dasturlash tillaridagi kodlar ikkiik sanoq tizimidagi 0 va 1 lar to’plamidan iborat bo’ladi. Ushbu dasturlash tillarida yozilgan dastur matnini tahrirlash dasturchiga bir qancha qiyinchiliklar yaratadi. Shu muammoni inobatga olgan holda dastur sintaksisi insonning tabiiy tilidagi so’zlardan iborat bo’lgan yuqori darajali dasturlash tillari yaratilgan. Hozirgi kunda dasturchilar ko’proq yuqori darajali dasturlash tillaridan foydalanishadi. Har bir narsaning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari bo’lgani kabi, dasturlash tillarining yaratilishi va rivojlanish bosqichlari mavjud. Agar dasturlash tillarining tarixiga kengroq to’xtalib o’tadigan bo’lsak, 1822 yilda Charlz Bebbij differelsial mashinani ihtiro qildi. Ushbu mashina muayyan vazifani bajarish uchun ularni ko’rsatma talab qilingan. Ushbu ko’rsatma keyinchalik dasturlash tili sifatida atalgan. Kompyuter tillari birinchi navbatda ma'lum bir dasturni bajarish uchun aniq qadamlardan iborat bo’lishi kerak edi; ular kompyuterga kiritilgan va keyinchalik amalga oshirilgan bir qator qadamlarga aylandi; keyinchalik bu tillar protsedurali, funksiyali va ob'ektga yo'naltirilgan kabi rivojlangan hususiyatlarga ega bo'ldi. So'nggi ellik yil ichida kompyuter tillarining rivojlanishi bir necha bosqichlardan o’tib, dasturlash tillari hozirgidek har bir sohaga yo’naltirilgan shaklga yetib keldi.
|
| |