• 7.1. Masalaning qo‘yilishi
  • 7.2. Radon almashtirishning umumiy formulasi
  • Lokal binar obrazlar




    Download 6,2 Mb.
    bet14/25
    Sana18.05.2024
    Hajmi6,2 Mb.
    #241708
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
    Bog'liq
    Lokal binar obrazlar

    7. Radon almashtirishi.
    Raqamli tasvirlarni qayta ishlash va tanib olish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy masalalarni hal etishda tasvirlarning identifikatsion belgilarini ajratib olish (aniqlash) masalasi muhim hisoblanadi. Belgilarni aniqlash usullari ko‘p, lekin tasvirning sifatiga va turli halaqitlarga nisbatan turg‘un bo‘lgan ishonchli usulni topish zarur. Hozirgi kunda shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan Radon va unga o‘xshash almashtirishlardan dunyo olimlari keng foydalanmoqdalar .

    7.1. Masalaning qo‘yilishi
    Ta’kidlanadiki, Radon almashtirishi yordamida ishonchli belgilar fazosini qurish mumkin. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda shu narsa ma’lum bo‘lganki, biror ob’ektni odam tanib olishi uchun shu ob’ekt tasviri ko‘z yordamida skanerlanadi (skaner – ko‘z yugurtirish, nusxa olish ma’nosini beradi). Skanerlash jarayoni tasvirdagi axborotlarni ma’lum bir qadam bilan biror to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘qish orqali amalga oshiriladi. To‘g‘ri chiziqlarni turli burchaklarda ( ) qurish orqali ko‘plab skanerlash natijalarini olish mumkin. Demak, turli burchaklarda va ma’lum bir qadam (odatda 1 qadam olinadi) bilan to‘g‘ri chiziqlarni qurish va shu to‘g‘ri chiziqlarga mos kelgan tasvir piksel ranglari yig‘indisini hisoblash orqali tasvirning Radon matritsasini shakllantirish algoritmini ishlab chiqish masalasi paydo bo‘ladi.
    Tasavvurga ega bo‘lishimiz uchun, berilgan kulrang tasvir (odam yuzi) uchun 45 da 10 qadam bilan qurilgan chiziqlar hamda ularga mos tushgan piksel ranglari summasi (yoki integral proeksiya qiymati) quyidagi rasmda (5.7-rasm) keltirilgan. Ta’kidlash kerakki, qiymatlar umumiy summaning piksellar soniga nisbati, ya’ni o‘rtacha qiymati bilan berilgan.


    5.7-rasm. 45 da 10 qadam bilan qurilgan
    chiziqlarga mos integral proeksiyalar.

    7.2. Radon almashtirishning umumiy formulasi
    Berilgan tasvirda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab proeksiyani hisoblash formulasi quyidagicha bo‘ladi:
    . (1)
    Bu erda l to‘g‘ri chiziqning barcha nuqtalari quyidagi formulani qanoatlantirishi kerak:
    , (2)
    bu erda s – perpendikulyar masofa.
    U holda (1) formulani quyidagicha yozish mumkin:
    , (3)
    bu erda δ(•) - delta (yoki Dirak) funksiya.
    (3) formulaning diskret ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
    , (4)
    bu erda W – tasvirning eni (ustunlar), H – tasvirning bo‘yi (qatorlar).


    Download 6,2 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




    Download 6,2 Mb.