|
Lokal binar obrazlar
|
bet | 15/25 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 6,2 Mb. | | #241708 |
Bog'liq Lokal binar obrazlar7.3. Olingan natijalar
YUqoridagi formulalar asosida algoritm va amaliy dastur (S++ dasturlash tilida) yaratildi. Quyida odam yuzi tasviri (5.8-rasm) hamda boshqa ob’ekt tasviri (5.9-rasm) uchun Radon matritsalarni qurish natijalarini ko‘rishimiz mumkin.
a)
|
b)
|
5.8-rasm. Odam yuz tasviri (a) va uning Radon matritsasi (b).
|
a)
|
b)
|
5.9-rasm. Kapalak tasviri (a) va uning Radon matritsasi (b).
|
7.4. Radon matritsasi asosida identifikatsion belgilarni ajratib olish
Radon matritsasining o‘zi bizga to‘laligicha tasvir belgilarini berishi mumkin. Tasvirlarni o‘xshashligini taqqoslashda undan foydalanish mumkin. Masalan, har bir ustun bo‘yicha (0○ dan 180○ gacha) alohida vektorlarni belgi sifatida qarab, ularni solishtirish mumkin. Vektorlarni solishtirishda Korrelyasiya (Correlation), Xi-kvadrat (Chi-Square), Kesishma (Intersection) yoki Bxattachariya masofasi (Bhattacharyya distance) kabi usullardan foydalanish mumkin.
SHuningdek, belgi sifatida Radon matritsasining konturlarini, momentlarini, LBP (Local Binary Patterns – lokal binar obrazlar) yoki LDP (Local Directional Patterns - lokal yo‘nalgan obrazlar)larini olish mumkin.
Radon almashtirishi yordamida raqamli tasvirning turli tipdagi belgilarini ajratib olish mumkin. Bu belgilar asosida tasvirlarni tahlil qilish, yoxud identifikatsiyalash mumkin bo‘ladi. Bu toifadagi belgilar tasvirning sifatiga, joylashuviga hamda masshtabiga invariant hisoblanadi. Lekin, hisoblash amallarining ko‘pligi ushbu usuldan “aniq vaqt” (real time) rejimida tezkor foydalanish ikoniyatlarini cheklaydi.
|
| |