|
Tasvir elementlarining yorug‘lik darajalarining statistik hususiyatlariga asoslangan tekstura belgilari
|
bet | 18/25 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 6,2 Mb. | | #241708 |
Bog'liq Lokal binar obrazlarTasvir elementlarining yorug‘lik darajalarining statistik hususiyatlariga asoslangan tekstura belgilari
Teksturalarni aniqlashda tekstura haqidagi axborot elementlar yorug‘ligining fazoviy munosabatlari bilan aniqlanadi. Teksturani sifatlovchi belgilar sifatida ko‘pincha bir va ikki o‘lchamli statistik hususiyatlardan foydalaniladi.
Teksturalarning bir o‘lchamli xususiyatlari. Bu xususiyatlar birinchi navbatda manba tasvirning elementlari yorug‘lik qiymatlari gistogrammasi asosida olinadi. , bu erda - h rang qiymatli elementlar soni, N0 - tasvirdagi barcha elementlar sonidir. Demak:
O‘rta qiymat:
Dispersiya:
Asimmetriya:
Ekssess: ;
Entrogiya: ;
Energiya: .
Teksturaning statistik xususiyatlarini hisoblashning boshqa usuli quyidagialgoritmni qo‘llashdan iborat:
1. Elementlar yoki o‘rtacha qiymati olingan elementlar guruxi bo‘yicha absolyut qiymatli ayirma hisoblanadi. Bu juftliklar o‘zaro masofada desak, u holda yorug‘lik darajasi farqi bo‘ladi.
2. Ayirmalar gistogrammasi aniqlanadi. YOrug‘lik qiymati m darajaga bo‘lingan va funksiya extimollik zichligi ning f tashkil etuvchisining qiymati funksiya f ga teng bo‘lish extimolligi bo‘lsin. Nx×Ny o‘lchamli diskret tasvir uchun ni butun qiymatli larda qabul qiladigan har bir qiymatning sonini hisoblash yo‘li bilan oson topish mumkin. Agar tekstura yirik zarrali va tekstura elementi o‘lchamiga nisbatan kichik bo‘lsa, ehtimollik zichligi egri chizig‘i tor hamda f=0 da maksimumga erishadigan bo‘ladi. Aksincha, mayda zarrali bo‘lsa, ehtimollik zichligi egri chizig‘i keng bo‘ladi.
3. Olingan gistogramma - ehtimollik zichligi egri chizig‘i bo‘yicha teksturani sifatlovchi belgilar hisoblanadi. Ulardan eng keng tarqalganlari quyidagi ning turli qiymatlari uchun koordinatalar markaziga nisbatan hisoblanadigan to‘rt belgilar:
1) Farq(kontrast)
2) Taqsimotning 2-burchak momenti
3) Entropiya ;
4) O‘rtacha qiymat .
Tekstura belgisi sifatida nuqta atrofidagi yorug‘lik qiymatlarining keskin o‘zgarishlari sonini ham olish mumkin. Avval biror element yordamida konturi kuchaytirilgan S(j,k) tasvir hosil qilinadi, bunda yorug‘lik keskin o‘zgargan nuqta qiymati 1 ga, aks holda esa 0 ga tenglab olinadi. Bu jarayonda odatda deyarli o‘zgarmas yorug‘likli sohada kontur ajratishdagidan ko‘ra pastroq qiymatli bo‘sag‘a olinadi va har bir nuqta uchun uning (2w+1)×(2w+1) atrofida quyidagi tekstura belgisi aniqlanadi:
Teksturalarning ikki o‘lchamli statistik belgilari.Bu belgilar tasvir elementlari yorug‘ligi tenglamalarining ikki o‘lchamli hususiyatlari asosida aniqlanadi. Buning uchun qo‘shni elementlar qiymati fazoviy munosabatlari matritsasi elementlari kattaligining turli tarqalish mezonlaridan foydalaniladi (bu elementlarining burchak joylashishini hisobga olgan holda).
Har bir element atrofidagi 8 ta qo‘shnidan 4 ta gorizontal o‘qqa nisbatan 00;450;900;1350 burchak hosil qiluvchi juftliklar tuziladi. Agar tasvirda m xil yorug‘lik darajasi qatnashsa, o‘zaro masofa va burchak ostida joylashgan nuqtalarning oldindan berilgan ikki qiymatga teng bo‘lish ehtimolligi zichligini aniqlay olamiz. Bu erda zichlik har bir elementi shu ikki elementning i,j qiymatga ega bo‘lishi ehtimolligidan iborat bo‘lgan matritsa ko‘rinishidadir. Bu matritsa yondoshlik yoki bir vaqtda ro‘y berish matritsasi deb ataladi (BVRBM). Ko‘rinib turibdiki burchak kattaligini 450 gradusdan kvantlaganda bunday matritsadan 4 tasini qurish mumkin. Agar masofa elementlar oralig‘idagi masofaga teng bo‘lsa, bu matritsaning har bir elementi tasvirni elementlar bo‘yicha yoyish jarayonida i-darajali yorug‘likdan j-darajasiga o‘tish ehtimolligi mos keladi. Hosil qilingan BVRBM asosida teksturaning 20 ga yaqin statistik belgilari aniqlanadi. Ulardan eng ko‘p uchraydiganlarini quyida keltiramiz.
1. Tiniqlik (kontrast) ning o‘z bosh diogonaliga nisbatan inersiya momentini beradi va yorug‘lik darajasining yoyilib ketish, ya’ni maxalliy o‘zgarish mezoni sifatida keladi.
2. Taqsimotning 2-burchak momenti tasvir gomogenligi mezonidir, ya’ni: U ning o‘zaro taqriban teng qiymatlarga ega bo‘lgan, ya’ni barcha juftliklar o‘zaro yaqin ehtimollik bilan uchragan xollarda minimumga ega.
3. Korrelyasiya koefitsenti . Bu erda -mos ravishda matritsa satr va ustunlari bo‘yicha xisoblangan o‘rtacha qiymat va dispersiyalardir. Bu belgi tasvir satr va ustunlarning o‘xshashligi mezonidir. Agar matritsada yorug‘lik qiymatlari tekis taqsimlangan bo‘lsa, bu belgi maksimumga erishadi.
4. Entropiya Agar lar o‘zaro teng bo‘lsa maksimumga erishadi.
5. Dispersiya .
6. Teskari differensial moment .
7. Yig‘indining o‘rtacha qiymati
Keltirilgan belgilar masofa va burchak funksiyalari hisoblnadi. Ko‘pincha va kabi tanlanadi. SHu o‘rinda, statistik belgilarni hisoblash oson amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tish lozim.
|
| |