|
Amaliy dasturlar bog'lamini yaratish asoslari
|
bet | 20/25 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 6,2 Mb. | | #241708 |
Bog'liq Lokal binar obrazlarAmaliy dasturlar bog'lamini yaratish asoslari
Amaliy dasturiy vositasining imkoniyatlari
1. OpenCV haqida
OpenCV (Open Source Computer Vision Library) bu – kompyuterli ko‘rish va tasvirlarga ishlov berish algoritmlari hamda sonli algoritmlarning ochiq kodli bibliotekasidir. C/C++ da yaratilgan.Ilmiy va tijoriy maqsadlarda erkin foydalanish mumkin.
OpenCV bibliotekasining asosiy modullari quyidagilardan iborat:
cxcore - yadro, asosiy ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlarini o‘z ichiga oladi, ya’ni:
- ko‘p o‘lchovli sonli massivlar ustida asosiy amallar;
- matritsali algebra, matematik funksiyalar, tasodifiy sonlar generatori;
- xotiraga yozish / XML ga/dan ma’lumotlar tuzilmasini tiklash;
- 2D grafikaning asosiy funksiyalari.
CV – tasvirlarga ishlov berish va kompyuterli ko‘rish moduli. Quyidagi funkitsyalari mavjud:
- tasvirlar ustida asosiy amallar (filtrlashlar, geometrik almashtirishlar, rang fazolarini almashtirish va h.k.);
- tasvirlarni tahlil qilish (farqli belgilarni tanlash, morfologiya, kontur ajratish, gistogrammalar);
- harakat tahlili, ob’ektni kuzatish;
- ob’ektlarni topish, xususan yuz tasvirini;
- kameralarni kalibrlash, fazoviy tuzilmalarni qayta tiklash elementlari.
Highgui - tasvirlar va videoni kiritish/chiqarish, foydalanuvchi interfeysini yaratish moduli. Quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
- kameradan va video fayldan tasvirni olish, statik tasvirlarni o‘qish/yozish;
- oddiy UI ni tashkillash uchun funksiyalar.
OpenCV ning keyingi versiyalarida modullar funksional foydalanish bo‘yicha kichikroq modullarga ajratildi. Xususan:
opencv_core – yadro: asosiy tuzilmalar, hisoblashlar (matematik funksiyalar, tasodifiy sonlar generatsiyasi, dikret Fure va Kosinus almashtirishlash, XML da kiritish/chiqarish v sh.k.);
opencv_imgproc – tasvirlarga ishlov berish (filtrlar, almashtirishlar va h.k.);
|
| |