Teksturalarni tuzilishiga qarab tavsiflash usuli
Keyingi vaqtda teksturani tashkil etuvchi elementlarning o‘lcham va shakllarini tahlil etish, mahalliy (lokal) belgilarni hisoblash, tekstura elementlarini tasvir bo‘ylab taqsimlanishini tekshirish asosida tuzilishiga qarab tavsiflash usullari tobora keng ahamiyat kasb etmoqda. Bunga sabab teksturaning birjinsli elementlari kamayishi bilan statistik usullarning unumdorligi kamayib ketishidir.
Teksturalarni takrorlanishlar uzunligi bilan tavsiflash. Takrorla-nishlar uzunligiga asoslangan belgilar quyidagicha aniqlanadi. uzunligi j, burchak yo‘nalishi chiziqlar soni bo‘lsin. Ularning yorug‘lik darajalari i-oraliqda joylashgan bo‘lsin. U holda quyidagi belgilarni hisoblash mumkin:
1. O‘zgarmas yorug‘lik darajasi zichligiga ega chiziqlar ta’sir kuchi: ixtiyoriy yorug‘lik darajasi uchun chiziq uzunligi oshishiga qarab oshib boradi.
2. YOrug‘lik darajasi taqsimoti: o‘zgarmas yorug‘lik zichligiga ega chiziqlar soni yorug‘lik darajasi bo‘yicha teng taqsimlanganda (birjinsli bo‘lmagan) minumumga ega bo‘ladi.
3. O‘zgarmas yorug‘lik zichligiga ega chiziqlar uzunliklari taqsimoti Tekis taqsimot bo‘lganda (takrorlanish uzunliklari birjinsliligi) minimumga ega bo‘ladi.
4. O‘zgarmas yorug‘lik zichligiga ega chiziqlarning nisbiy soni bu erda N - tasvirni yoyish elementlari soni. Agar barcha chiziqlar kichik uzunlikli bo‘lsa maksimumga erishadi.
Tasvir yorug‘ligining mahalliy (lokal) ekstremumlari.Teksturalar tahlilida tasvir yorug‘ligining mahalliy ekstremumlarini qo‘llash tekstura haqidagi eng muhim ma’lumotlarni tasvir yorug‘ligining mahalliy ekstremumlarning nisbiy chastotasidan olinadi degan ichki sezgi asosidagi farazga asoslangan. Ularni o‘lchash deganda tasvirni biror yo‘nalishda ko‘rib chiqilayotganda shu yo‘nalishdagi mahalliy ekstremumlarining sonini aniqlash tushiniladi. Aniqlangan ekstremumlarning ichidagi tasodifiylari (kichik kattalikdagi) tashlab yuboriladi va asosiy ekstremumlar tanlab olinadi. Buning uchun sonli tasvirlarga ishlov berishda adabiyotlarda “sirg‘alish” (proskalzыvanie) nomi bilan ma’lum bo‘lgan uzluksiz jarayonning diskret ekvivalentidan foydalaniladi. Aytaylik Xk – ko‘rilayotgan yo‘nalishdagi Xk-chi nuqta yorug‘lik darajasi, Yk esa yorug‘lik darajalarining tasodifiy tebranishlari tekislangan holdagi shu nuqta yorug‘lik qiymati bo‘lsin. Agar T berilgan bo‘sag‘a qiymati va boshlang‘ich qiymat X1=Y1 bo‘lsa, u holda keyingilari quyidagi qoida bo‘yicha aniqlanadi.
Agar bo‘lsa, u holda .
Agar bo‘lsa, u holda .
Agar bo‘lsa, u holda
Tuzilishiga ko‘ra tavsiflashning ustunligi shundan iboratki, bu usulda elementlarning yorug‘ligiga ko‘ra shakliga alohida ahamiyat beriladi. Lekin bu usullar ba’zi kamchiliklardan holi emas. Masalan bu turdagi ko‘pgina usullar faqat tuzilishi yaqqol aks etgan binar tasvirlargagina qo‘llanadi. Undan tashqari bu usullar yordamida tasvirlashning iloji bo‘lmagan teksturalar mavjud. Odatda bu usullar murakkab hisoblashlar hamda katta hajmli tezkor xotirani talab qiladi.
|