Teksturaviy tasvirlarni qayta ishlash va ularning belgilarini aniqlash usullari




Download 6,2 Mb.
bet16/25
Sana18.05.2024
Hajmi6,2 Mb.
#241708
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Lokal binar obrazlar

Teksturaviy tasvirlarni qayta ishlash va ularning belgilarini aniqlash usullari.

Ishlov berish va tahlil etish lozim bo‘lgan tasviriy axborotning anchagina qismini odatda oddiy qilib tekstura deb ataluvchi teksturali tasvirlar tashkil etadi. Bunday tasvirlarga er yuzasidagi bulutlar qatlami, oy sirti, metallarning sirti g‘adir-budurligining mikroskopdan olingan va tibbiy-biologik suratlari, shuningdek, bir xil takrorlanuvchi shaklli tasvirlar (masalan, shaxmat doskasi), tekstil (to‘qimachilik) gazlama (mato)lari, qurilish materiallarining teksturali tasvirlari kabilarni (3.29 - 3.32 rasmlar) misol keltirish mumkin.


Teksturalarni: a) kelib chiqishiga ko‘ra: sun’iy - birjinsli maydon - (fon)dagi grafik belgilar, naqshlar; tabiiy - qum, suv, o‘t-o‘lan, mato, o‘rmon, yog‘och yoki metallning kesimi va hakozolarga; b) sirtining tuzilishiga ko‘ra tuzilmalar, ya’ni to‘g‘ri yoki deyarli to‘g‘ri geometrik davriy yoki deyarli davriy takrorlanuvchi elementlardan tuzilgan shakllar, masalan g‘isht, devor, kafel, pol; stoxastik – korrelyasiya qonuniyatiga bo‘ysunuvchi tosadifiy sonlar ketma-ketligi ma’lum algoritmlar bo‘yicha akslantirish yo‘li bilan sintez qilingan; v) tekstura qismlari o‘lchamlari nisbati bo‘yicha - mayda zarrali, o‘rta zarrali, yirik zarrali teksturalarga; g) tekstura qismlari shakliga ko‘ra – to‘lqinsimon, chavkar, noto‘g‘ri chiziqli va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Ko‘plab ilmiy - amaliy masalalarda tahlil etiladigan juda ko‘p tabiiy ob’ektlarning yuzasi ma’lum shakllarning davriy takrori, ya’ni tekstura sohalari uchraydi. SHuning uchun teksturalarga ishlov berish, tahlil va tavsif etish usullarini o‘rganish muhim masaladir.

3.29-rasm. SHaxmat doskali tekstura.


3.30-rasm. Tekstil gazlama (mato)ning teksturali tasviri.


3.31-rasm. Qurilishda g‘isht devorning teksturali tasviri.


3.32-rasm. Qurilishda plita devorning teksturali tasviri.

Teksturani sifatli darajada (ko‘z bilan baholashda) bir yoki bir nechta mayda zarrali, katta zarrali, tekis, tartibsiz, chiziqsimon va hokazo sifatlar bilan tavsiflash mumkin.


Ba’zan teksturani turli sohalarning ichidagi tasvir elementlarining tarkibiy tuzilish aloqalarini aks ettirgan sohalar sifatida ham ta’riflaydilar.
YOki tekstura deb tasvirning biror bo‘lagidagi elementlarining fazoviy qurilishiga ham aytiladi. Bu qurilish shu bo‘laklarda yorug‘lik darajasi yoki rang taqsimotiga bog‘liqdir. Agar bo‘lakdagi yorug‘lik yoki ranglar o‘zgarishi soni etarlicha katta bo‘lsa, u teksturali deb hisoblanishi mumkin.
Teksturani yanada mufassalroq tavsiflaydigan bo‘lsak, u quyidagi xususiyatlarga ega: 1) unda umumiy bo‘lakka nisbatan etarlicha kichik bo‘lgan, ko‘rinishi shu bo‘lakda davriy takrorlanuvchi «shakl» sifatidagi kichik atrof topish mumkin; 2) bu «shakl» biror-bir tartibda joylashgan oddiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan; 3) oddiy qismlar deb taxminan birjinsli bo‘lib butun (teksturali) sohada deyarli bir xil ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘laklarga aytiladi.
Tasvirlarning teksturaviy tahliliga yakkalangan ob’ekt - «tekstal» va ko‘plab usullarda hosil etish mumkin bo‘lgan, bir xil deb qabul etish mumkin bo‘lgan ko‘rinish – «tekston» tushunchalari kiritilgan. Bir o‘lchamli yoki «chiziqli» deb ataladigan tekstonlar mavjud. Ular biror tor va uzun ob’ektning ko‘ndalang tuzilishi, chegarasining ko‘rinishi, sirtning turli qismlari orasidagi bo‘linish chizig‘i va boshqalarni bildiradi. Bunday tekstonlarga xaritalardagi yo‘l va chegaralar va boshqa ma’lum oraliqda bir xil bo‘ladigan egri chiziqlarni kiritish mumkin.
Tekstonlarni tahlil etish va tanish jarayonida yuqorida aytilgan o‘xshash oddiy qismlarning o‘zaro munosabati muhim ahamiyatga ega, chunki tekstura xuddi shu qismlarning turli shaklidagi birlashmalarning davriy takrorlanishidan hosil bo‘ladi. Teksturalarda xususiy oddiy qismlar, ular orasidagi munosabat ahamiyatga ega bo‘lsa, tekstonlarda qismlarning butun bir to‘plami va ularning fazoviy munosabatlarini aniqlovchi xususiyatlar (belgilar) muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda tekstura bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar echilmoqda. Ularni 3 ta yirik guruhga ajratish mumkin: 1) teksturalarni tanish yoki sinflarga ajratish maqsadida tahlil etish masalalari; 2) tasvirdagi ob’ektni tekstura haqidagi axborot yordamida aniqlash masalalari; 3) teksturalar farqi yordamida tasvirlarni bo‘laklash masalalari.



Download 6,2 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Download 6,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Teksturaviy tasvirlarni qayta ishlash va ularning belgilarini aniqlash usullari

Download 6,2 Mb.