2.3.Nashrlarning huquqiy egalari va mualliflar bilan
tuziladigan shartnomalar shakli
Mazkur bo‘limda qonunchilik asosida tuziladigan shartnomalar
shakli ko‘rib chiqiladi. Bu esa kelgusida mualliflik huquqlarini
buzmagan holda yuridik hujjatlarni shakllantirish asos qilib olinadi.
Shartnomalar universal xarakterga ega bo‘lsada, bu bo‘limda axborot
kutubxona muassasalari bilan mualliflar o‘rtasida tuziladigan shartnoma
va kelishuvlarga to‘xtalib o‘tiladi.
Asar mualliflari o‘zlarining asarlarini bepul tarzda, foydalanuvchi
ro‘yxatdan o‘tgach, foydalanish statistikasi mavjud bo‘lgan holda yoki
pullik asosda taqdim etishlari mumkin. Lekin har qanday holatda ham
kutubxona muassasalari mualliflar bilan litsenzion shartnomalar
tuzishlari shart. Shartnomalar bo‘yicha qat’iy standartlar yo‘q, lekin
muallif bilan shartnomalar imzolanganda ma’lum fikrlar mavjuddir. Bu
qanday nuqtayi nazarlar?
Qoida tarzida litsenzion kelishuvlar quyidagi tushunchalarga
tegishli qismlardan tarkib topgan:
Shartnoma tomonlari;
Deklarativ qismi;
Shartnoma talqini;
Ta’riflar;
Qonunni tanlash;
Shartnomaning asosiy qismi;
Mazkur litsenziya tomonidan beriladigan huquqlar;
Qo‘llashdagi cheklovlar;
Qo‘llanilish va tugash muddati;
48
Litsenziyalangan materiallardan foydalanishga imkon yaratish va
yetkazish;
Litsenzion to‘lov;
Litsenziator harakatlari (axborot-kutubxona muassasasi);
Bajarilish va baholash;
Kafolat, majburiyatlar, yo‘qotishlar kompensatsiyasi;
Fors-major;
Foydalanish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish
(Переуступка);
Ogohlantirishlar;
Nizolarning hal etilishi;
Qo‘shimcha hujjatlar;
Imzolar.
Quyida
mualliflar
tomonidan
O‘zbekiston
Respublikasi
qonunchiligi
va
xalqaro
tajribalar
asosida
shakllantirilgan
shartnomalarning standart shakllari berilgan. Bu shakllar muallif
talablari, aniq vaziyatlar asosida o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi lozim.
|