|
M. A. Raxmatullayev, B. I. GaniyevaBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariHuquqiy cheklovlar
Huquq me’yorlari asosida har bir kutubxona foydalanuvchilarini o‘z
fondlarida saqlanayotgan hujjatlar mualliflik huquqi, intellektual mulk
himoyasi ostidagi ekanligi yoxud boshqa qonuniy hujjatlar asosida
himoyalanishini tushuntirishlari lozim Bu maqsadlar uchun odatda
broshyuralar, mualliflik huquqi to‘g‘risida nusxalash va foydalanish
haqida axborot varaqalari orqali tarqatiladi.
Mualliflik huquqi muallif vafotidan keyin 70 yilgacha amal qiladi.
Britaniya kutubxonasida bunday mualliflarning asarlarini nucxalashda
asarning huquq egalaridan ruxsat olinishi yoki nusxa olish uchun haq
to‘lanishi lozim. (copyright fee). Lekin bu tartib notijorat maqsadda
foydalanuvchilar uchun qo‘llanilmaydi.
AQSHning
Kongress
kutubxonasi
materiallarni
nusxalash
borasidagi siyosatda mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Qonunga asoslanadi.
Huquq egalari nusxalashga, asarni ijro etishga ruxsat berishda bitta
chegaralanish, bu «halol foydalanish» («fair use») doktrinasidir.
Kodeks halol foydalanishda har bir konkret holat uchun to‘rtta
faktorni aniqlab beradi:
1.
Foydalanishning maqsad va xarakteri – tijorat maqsadlaridami
yoki notijorat ta’limiy maqsadlardami ;
2.
Asarlarga bo‘lgan mualliflik huquqlarining tabiati;
3.
Mualliflik
huquqi
qonuni
bilan
himoyalangan
asardan
foydalanilgan qismining hajmi va ahamiyati;
4.
Potensial bozorda mualliflik huquqi qonuni bilan himoyalangan
asardan foydalanishdan keladigan samaradorlik hamda uning qiymatga
ta’siri.
AQSHda asardan «halol foydalanish»ning quyidagi holatlarini
ko‘rib o‘tish mumkin:
tanqidiy tahlilda yoki havola keltirishda illustratsiyalarning
sharhlashda qo‘llanilishi;
ilmiy yoki texnik ishlarda illustratsiya, kuzatishlarni yoritib berish
maqsadlarida asardan qisqacha parchalarni keltirish mumkin
|
| |