26
Kutubxona ID – password
Foydalanuvchilar haqida
ma’lumot
Ko‘rib o‘tilayotgan OO‘Yu korporativ tarmog‘ida ma’lumot
bazalari boshqaruvi (administrirovanie)
markazlashgan holda amalga
oshiriladi. Bibliografik yozuvlar sifati yuqori malakali mutaxassislar
tomonidan tekshiriladi. Ma’lumot bazalarini
yangi resurslar bilan
to‘ldirilishi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV) tomonidan
darslik,
o‘quv
qo‘llanmalarni
raqamlashtirish
va
elektron
kataloglashtirishga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar bilan qo‘llab-
quvvatlanishi ostida amalga oshiriladi.
Yig‘ma elektron katalog MARC21 kommunikativ formati asosida
shakllantiriladi. Turli kommunikativ
formatlar asosida faoliyat
yurituvchi AKMlari ISO 2709 standarti va konvertordan foydalanishlari
mumkin. UNIMARC formati asosida tashkil etilgan AKMlariga esa
bibliografik yozuvlarni MARC21 formatiga
konvertatsiya qilishga
yordam beriladi.
OO‘Yu Axborot-resurs markazlarining (ARM) korporativ tarmog‘i
mijoz-server modeliga asoslanadi.
Bu model quyidagi xususiyatlariga asosan xarakterlanadi:
kuchaytirilgan xarakteristikaga ega server yig‘ma elektron
katalogni (YEK), OO‘Yu elektron kataloglarini va to‘liq
matnli
ma’lumot bazalarini shakllantirish uchun o‘rnatiladi;
AKT bosh serverda o‘rnatiladi. ARMlar ehtiyoj tug‘ilganda bosh
serverdagi ma’lumotlarni o‘z serverlariga yuklab olishlari mumkin;
ma’lumot bazalari boshqaruvi markazlashgan holda amalga
oshiriladi. Administratorlar axborot xavfsizligini
nazorat qiladilar,
viruslar hujumi, YEKdagi ma’lumotlarni takroriy aks ettirilishidan
himoya qiladilar;
har bir ARM o‘zi mustaqil ravishda o‘zining
elektron katalogini
shakllantirishi yoki boshqa ARM xodimlari tomonidan kiritilgan yig‘ma
elektron katalog markazidan (YEKM) bibliografik yozuvlarni almashish
mumkin;
yuqori tezlikdagi Internet,
Intranet talab etiladi, chunki ma’lumot
bazasiga murojat etuvchilar hajmi ko‘pchilikni tashkil etadi;
27
markaziy bosh serverda har bir ARM uchun diskli axborot muhiti
tashkil etiladi.