M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/142
Sana14.09.2024
Hajmi3 Mb.
#271075
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Bog'liq
1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

1.3.
 
Korporativ tarmoqlarda axborot resurslaridan 
foydalanish
Elektron kutubxonaning milliy resurslari, axborot-kutubxona 
resurslari, 
shuningdek, 
jahon 
axborot 
resurslari 
asosida 
shakllantirishning eng samarali yo‘llaridan biri bu AKMlarning 
korporativ hamkorligi hisoblanadi. Kompyuterlashgan kutubxonadan 
virtual kutubxonagacha bo‘lgan turli xil turdagi, turli darajadagi 
kutubxonalar o‘rtasida operativ ravishda ma’lumotlar almashishni yo‘lga 
qo‘yish murakkab jarayonlardan biridir. Bu axborot va dasturiy 
moslashgan, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarini intensiv joriy 
qilish, elektron-kutubxonalarni shakllantirish AKMlarning korporativ 
tarmog‘ini rivojlantishga asos bo‘ladi. 
Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tarmog‘i – bu 
boshqaruv-iqtisodiy nuqtayi nazardan mustaqil bo‘lgan AKMlarining 
foydalanuvchilarga axborot kutubxona xizmati ko‘rsatishda sifat va son 
jihatdan yangi xizmat turlarini joriy etishdagi birlashuvidir. 
Korporativ tarmoq ilmiy-ta’limiy va ilmiytexnik axborotlarni 
tarmoqlarda, jumladan, axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ida 
shakllantirish, moddiy va insoniy resurslarni iqtisod qilishda muhim 
hisoblanadi. AKMlarni korporativ tarmog‘ini birlashuvida korporativ 
kataloglashtirish tizimini yaratish muhim omillaridan biridir.


20 
Korporativ kataloglashtirish – bu bir qancha tashkilotlarga 
(kutubxona, ARM, AKM) kelayotgan yangi hujjatlarning elektron 
kataloglarini shakllantirish va ulardan foydalanishni amalga oshirishdagi 
tashkilotlarning birga olib borayotgan ish faoliyatidir. Korporativ 
kataloglashtirishning quyidagi asosiy qonun-qoidalarini ko‘rsatish 
mumkin: 
1 Dasturiy axborot mosligi
2 O‘z xohishiga ko‘ra a`zo bo`lish 
3 Texnik tayyorliki 
4 Tashkiliy tayyorliki
5 Kadrlar tayyorgarligi 

Download 3 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish